Metrologiya bo‘yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatining tahlili
Download 8.71 Kb.
|
METROLOGIYA BO‘YICHA XALQARO TASHKILOTLAR FAOLIYATINING TAHLILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 310-guruh talabasi Ergashev G`ayratjon
METROLOGIYA BO‘YICHA XALQARO TASHKILOTLAR FAOLIYATINING TAHLILI Xalqaro standartlashtirish tashkiloti Birinchi standartlashtirish milliy tashkiloti – Britaniya Assotsiatsiyasi (Britich Enginezing Standards Accociation) 1901 yilda tashkil etilgan bo‘lib, biroz keyinroq, birinchi jahon urushi davrida Daniya byurosi, Germaniya qumitasi (1918 y), Amerika qumitasi (1918 y) va boshqalar tashkil topdi. Standartlashtirish sohasidagi ishlar xalqaro markaz kerakligini taqozo qildi. Shu maqsadda 1926 yili standartlashtirish milliy tashkilotlarning Xalqaro Assotsiatsiyasi (ISA) paydo bo‘ldi. ISA ning tarkibiga 20 ta mamlakat vakillari kirdi. 1938 yili Berlin shahrida standartlashtirish boyicha Xalqaro sezd ochildi. Unda texnikaning turli sohalari boyicha 32 ta qumita va kichik qumitalar tuzildi. 1939 yili boshlangan ikkinchi jahon urushi ISA ning faoliyatini to‘xtatib qoydi. Hozirgi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standards Organization) 1946 – 1947 yillari tashkil topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. Bu nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat ko‘rsatib, rivoj topmoqda. ISO ning tuzilishidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – xalqaro miqyosdagi mol almashinuvida va o‘zaro yordamni yengillashtirish uchun dunyo ko‘lamida standartlashtirishni rivojlantirishga ko‘maklashish hamda aqliy, ilmiy, texnikaviy va iqtisodiy faoliyatlar sohasida hamdo‘stlikni rivojlantirishdir. Sifat boyicha Yevropa tashkiloti Sifatni nazorat qilish Yevropa tashkiloti YeOKK (Yevropeyskaya organizatsiya po kontrolyu kachestva) birinchi konferentsiyasi chaqirilgan yili – 1957 yilda tashkil topdi, biroz keyinroq uning nizomi ham tasdiqlandi. YeoKKning har yili konferensiya o‘tkazishdan asosiy maqsadi mahsulot sifatini boshqarish boyicha tajriba almashinish, sifatning nazariy va Amaliy masalalarini hal qilish, bu sohadagi so‘nggi yutuqlarni targ‘ibot qilish, sifatning aktual mummolari boyicha fikr almashinish, yangi muammolarni izlab topish va sifatga taalluqli ko‘pgina boshqa masalalarni ko‘rib chiqishdir. 1992 yili Yevropa iqtisodiy uyushmasi (YeES) doirasida umum Yevropa bozori tashkil qilinishi bilan YeOKKning rahbariy hujjatlari qaytadan ko‘rib chiqildi. U 1998 yilning 1 iyulidan boshlab o‘z nizomini o‘zgartirib, hozirda sifat boyicha Yevropa tashkiloti (YeOK) deb ataladi. Sifat boyicha Yevropa tashkilotining hozirgi vaqtdagi asos bo‘luvchi hujjatlari YeOKning nizomi, ish tartibi qoidalari, qumita va seksiyalari uchun qoidalar hamda besh yilga mo‘ljallangan asosiy masalalar boyicha yo‘nalish rejalari mavjuddir. YeOK tarkibida 26 ta to‘la huquqli a’zolari, 12 ta muxbir a’zolari hamda 37 ta alohida muxbir a’zolari va 10 ta faxriy a’zolari bor. Qardosh tashkilotlarning 11 tasi bilan o‘z bitimlariga egadir. YeOk maxsus bitimlari asosida sifat boyicha Argentina, Braziliya, Isroil, Kolumbiya, XXR, Yangi Zelandiya, AQSH, Chili, Janubiy Koreya va Yaponiyalarning mintaqaviy, milliy va kasaba uyushmalari bilan hamdo‘stlik aloqalari o‘rnatilgan. YeOKning Oliy lavozimi egasi, uning prezidenti bo‘lib, u har ikki yilda saylanadi. Asosiy ma’muriy idoralari – kengash, ijroiya qumitasi va sekretariatdir. YeOKning ish yuritish rasmiy tillari – ingliz va fransuz tillaridir. Bu tashkilot o‘zining ilmiy – texnikaviy jurnaliga ega, jurnal yiliga 4 marta chop etiladi. 310-guruh talabasi Ergashev G`ayratjon Download 8.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling