Metrologiya, metrologik xizmat va ta’minot. Reja


Download 63.69 Kb.
bet3/7
Sana13.05.2023
Hajmi63.69 Kb.
#1457466
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Metrologiya, metrologik xizmat va ta’minot.

O‘lchash asbobi deb, o‘lchash uchun qo‘llaniladigan va me’yorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnik vositaga aytiladi.
O‘lchash asboblari ko‘rsatuvchi, qayd qiluvchi, kombinatsiyalangan, integrallovchi va jamlovchi asboblarga bo‘linadi. Ko‘rsatuvchi asboblarda raqamli qiymatlar shkala yoki raqamli tablodan o‘qiladi. Qayd qiluvchi asboblarda ko‘rsatishlarni yo diagramma qog‘ozida yozib olish yoki raqamli tarzda chop etish ko‘zda tutiladi. Kombinatsiyalangan asboblar o‘lchanayotgan kattalikni bir vaktning o‘zida ko‘rsatadi hamda qayd qiladi. Integrallovchi asboblarda o‘lchanayotgan kattalik vaqt bo‘yicha yoki boshqa erkin o‘zgaruvchi bo‘yicha integrallanadi. Jamlovchi asboblarda ko‘rsatishlar turli kanallar bo‘yicha unga keltirilgan ikki yoki bir necha kattaliklarning yig‘indisi bilan funksional bog‘langan bo‘ladi.

O‘lchash asboblari va o‘zgartkichlari o‘lchanayotgan kattalikning turiga qarab tegishli nomlarga ega bo‘ladi, masalan, termometrlar, manometrlar, difmanometrlar, sarf o‘lchagichlar, satx o‘lchagichlar, gaz analizatorlari, konsentratomerlar, nam o‘lchagichlar va h.k.


O‘lchash axborotini namoyon qilishiga ko‘ra asboblar quyidagilarga bo‘linadi: shkalali (analog), raqamli va o‘ziyozar asboblar.
Analogli o‘lchash asboblari yoki bevosita ko‘rsatuvchi asboblar elektr o‘lchashlar va umuman o‘lchash texnikasida keng o‘rin olgan asboblardan hisoblanadi. Bu turdagi asboblarda ko‘rsatuv qaydnomasi uzluksiz (funksional) ravishda o‘lchanayotgan kattalik bilan bog‘liqlikda bo‘ladi. Bu turdagi asboblarning struktura sxemasi rasmda ko‘rsatilgan.

Analogli o‘lchash asbobining struktura sxemasi.


O‘lchash informatsiyasiga nafaqat miqdor bo‘yicha talablar, balki sifat bo‘yicha ham talablar qo‘yiladi. Bunga uning (o‘lchashning) aniqligi, ishonchliligi, tan narxi va samaradorligi kabi tavsiflar kiradi.


Bu sifat tavsiflarining barchasining asosida metrologik ta’minot yotadi. Metrologik ta’minotni shunday ta’riflash mumkin:

  • o‘lchashlar birliligini ta’minlash va talab etilgan aniqlikka erishish uchun zarur bo‘lgan texnikaviy vositalar, tartib va qoidalarning, me’yorlarning, ilmiy va tashkiliy asoslarning belgilanishi va tadbiq etilishi.

Ushbu tavsifdan kelib chiqib aytish mumkinki, metrologik ta’minotning vazifasiga quyidagilar yuklatilgan:

  • o‘lchash vositalarining ishga yaroqliligini tashkil etish, ta’minlash va tadbiq etish;

  • o‘lchashlarni amalga oshirish, uning natijalarini qayta ishlash va tavsiya etish borasidagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tadbiq etish;

  • hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish;

  • o‘lchash vositalarining davlat sinovlari;

  • o‘lchash vositalarining va uslublarining metrologik attestatsiyasi va hokazolar.


Download 63.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling