Metrologiya o’lchashlar haqidagi fandir


Metrologik o‘lchashlarga bo‘lgan talabning oshishi


Download 247.84 Kb.
bet10/15
Sana16.04.2023
Hajmi247.84 Kb.
#1359430
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Metrologik o‘lchashlarga bo‘lgan talabning oshishi.
Oʻlchashlarga qoʻyiladigan umumiy talablar MИ 2091-90 “OʻDT. Kattliklarni oʻlchash. Umumiy talablar" tavsiyalari bilan oʻrnatiladi. Oʻlchashlarga tayyorgarlik koʻrishda ba’zi normativ-texnik hujjatlarda umumiyqabulqilingan va belgilangan qoidalarga muvofiqligini hisobga olish kerak: - oʻlchash natijalari GOST 8.417 talablariga javob beradigan kattalik birliklarida ifodalanishi kerak;
- oʻlchashlar sinovdan va qiyoslash (kalibrlash)dan oʻtgan oʻlchash vositalari yordamida amalga oshirilishi kerak;
- eng mas’uliyatli, takrorlanadigan va murakkab oʻlchashlarni amalga oshirish qoidalarini oʻlchash usullari bilan tartibga solish tavsiya etiladi;
-oʻlchashlarni rejalashtirishda oʻlchash topshirigʻining toʻgʻri qoʻyilganligini tahlil qilish, oʻlchash xatoligi, oʻlchashlar soni, operatorning malakasi, oʻlchash natijalarini taqdim etish shakli uchun talablarni belgilash va ularning bajarilishini ta’minlash choralarini koʻrish kerak.
Oʻlchash topshirigʻining toʻgʻri qoʻyilganligini tahlil qilish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- oʻlchash obyektning xususiyatlariga mos keladigan modelni tanlash. Modelni tanlashda tanlangan modelning oʻlchash obyekti bilan mos kelmasligi va oʻlchash uchun sarflanadigan vaqt davomida oʻlchanadigan fizik kattaliklarning beqarorligi tufayli yuzaga keladigan xatoliklarning miqdori ruxsat yetilgan oʻlchash xatoligi chegarasining 10% dan oshib ketmasligi kerak;
- oʻlchanadigan parametrlar nomenklaturasini aniqlash;
- oʻlchash natijasining taxminiy aniqligini va uni taqdim etish shaklini baholash. Oʻlchash natijalari xatoligiga qoʻyiladigan talablar oʻlchash topshirigʻining maqsadiga mos kelishi kerak.
Oʻlchash natijasi odatda oʻlchash amalga oshirilganda paydo boʻladigan xatolik koʻrsatkichi bilan birga keladi. Oʻlchash topshirigʻining maqsadiga qarab, oʻlchash natijasining xatoligi uning tarkibiy qismlari yoki ehtimoliy ishonchliligini koʻrsatadigan umumiy xatolik bilan ifodalanishi mumkin.
Oʻlchashlarga qoʻyiladigan talablar qatoriga quyidagilarni ham kiritish mumkin:
1) Oʻlchashlar birliligini ta’minlashning davlat tomonidan tartibga solish sohasiga tegishli oʻlchashlar attestatlangan oʻlchash usullari (usullari) boʻyicha amalga oshirilishi kerak, tekshiruvdan oʻtgan tasdiqlangan turdagi oʻlchov vositalaridan foydalangan holda toʻgʻridan-toʻgʻri oʻlchashlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan oʻlchash usullari bundan mustasno. Oʻlchov natijalari Oʻzbekiston Respublikasida foydalanish uchun roʻxsat kattalik birliklarida ifodalanishi kerak.
2) Bevosita oʻlchashlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan oʻlchash metodlari (usullari) oʻlchash vositalari uchun ekspluatasiya hujjatlarga kiritiladi. Ushbu oʻlchash usullarining oʻlchashlar uchun qoʻyilgan majburiy metrologik talablarga muvofiqligini tasdiqlash oʻlchash vositalarining turlarini tasdiqlash jarayonida amalga oshiriladi. Boshqa hollarda, oʻlchash usullarining oʻlchashlar uchun belgilangan majburiy metrologik talablariga muvofiqligini tasdiqlash oʻlchash usullarini attestatlash orqali amalga oshiriladi.

Download 247.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling