Metrologiya sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar
Sifat boyicha Yevropa tashkiloti
Download 35.57 Kb.
|
METROLOGIYA SOHASIDAGI XALQARO VA MINTAQAVIY TASHKILOTLAR
10.4. Sifat boyicha Yevropa tashkiloti
Sifatni nazorat qilish Yevropa tashkiloti YeOKK (Yevropeyskaya organizatsiya po kontrolyu kachestva) birinchi konferentsiyasi chaqirilgan yili – 1957 yilda tashkil topdi, biroz keyinroq uning nizomi ham tasdiqlandi. YeoKKning har yili konferensiya o‘tkazishdan asosiy maqsadi mahsulot sifatini boshqarish boyicha tajriba almashinish, sifatning nazariy va Amaliy masalalarini hal qilish, bu sohadagi so‘nggi yutuqlarni targ‘ibot qilish, sifatning aktual mummolari boyicha fikr almashinish, yangi muammolarni izlab topish va sifatga taalluqli ko‘pgina boshqa masalalarni ko‘rib chiqishdir. 1992 yili Yevropa iqtisodiy uyushmasi (YeES) doirasida umum Yevropa bozori tashkil qilinishi bilan YeOKKning rahbariy hujjatlari qaytadan ko‘rib chiqildi. U 1998 yilning 1 iyulidan boshlab o‘z nizomini o‘zgartirib, hozirda sifat boyicha Yevropa tashkiloti (YeOK) deb ataladi. Sifat boyicha Yevropa tashkilotining hozirgi vaqtdagi asos bo‘luvchi hujjatlari YeOKning nizomi, ish tartibi qoidalari, qumita va seksiyalari uchun qoidalar hamda besh yilga mo‘ljallangan asosiy masalalar boyicha yo‘nalish rejalari mavjuddir. YeOK tarkibida 26 ta to‘la huquqli a’zolari, 12 ta muxbir a’zolari hamda 37 ta alohida muxbir a’zolari va 10 ta faxriy a’zolari bor. Qardosh tashkilotlarning 11 tasi bilan o‘z bitimlariga egadir. YeOk maxsus bitimlari asosida sifat boyicha Argentina, Braziliya, Isroil, Kolumbiya, XXR, Yangi Zelandiya, AQSH, Chili, Janubiy Koreya va Yaponiyalarning mintaqaviy, milliy va kasaba uyushmalari bilan hamdo‘stlik aloqalari o‘rnatilgan. YeOKning Oliy lavozimi egasi, uning prezidenti bo‘lib, u har ikki yilda saylanadi. Asosiy ma’muriy idoralari – kengash, ijroiya qumitasi va sekretariatdir. YeOKning ish yuritish rasmiy tillari – ingliz va fransuz tillaridir. Bu tashkilot o‘zining ilmiy – texnikaviy jurnaliga ega, jurnal yiliga 4 marta chop etiladi. Hozirgi vaqtda YeOkning 12 ta texnikaviy qumitalari mavjud bo‘lib, ular ishonchlilik, statistik usullar, atamalar, iste’mol masalalari boyicha standartlashtirish, sifatni boshqarish, kadrlar tayyorlash, funktsional – baholashni tahlil qilish, sifat sohasida siyosat olib borish, sertifikatlashtirish va sifat tizimlarining nazorati, EHMning matematik ta’minlanishida sifat, sifat tugaraklari, mahsulot sifatini metrologik ta’minoti bilan shug‘ullanadi. Undan tashqari 7 ta turli seksiyalari mavjuddir: ● avtomobil; ● energetika; ● qurilish; ● oziq – ovqat; ● farmatsevtika; ● sifat masalalari bo‘yicha maslahatlar ko‘rsatish. Texnikaviy qumitalar va tarmoq seksiyalari YeOKning to‘la huquqli vakillaridan tashkil topadi. Ular o‘z navbatida YeOKning a’zo mamlakatlarining milliy tajribalariga suyanadi va xalqaro miqyosda mahsulotning sifatini ta’minlaydigan tashkilotlarning hujjatlaridan foydalanadi. Download 35.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling