Metrologiya standartlashtirish maxsulot sifat menejmenti


Download 23 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi23 Kb.
#1039090
Bog'liq
O’ZBEKISTON RES-WPS Office



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI SHAHRISABZ FILIALI
OZIQ OVQAT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI SANOAT UZUMCHILIK FAKULTETI KIMYOVIY TEXNOLOGIK VA SIFAT MENEJMENTI KAFEDRASI
5310900 “METROLOGIYA STANDARTLASHTIRISH MAXSULOT SIFAT MENEJMENTI”
2-21 GURUH TALABASI
SHOYMIRZAYEV SHOHRUHNING
Kurs ishi
OZIQ OVQAT MAHSULOTLARI BILAN KONTAKTLASHGAN MATERIALLAR


Bajardi: Shoymirzayev.Sh
Tekshirdi: Ochilova.S


Mavzu: Oziq ovqat mahsulotlari bilan kontaktlashgan materiallar.
Reja:

  1. Kirish

  2. Oziq ovqat mahsulotlari tarkibi

  3. Oziq ovqat mahsulotlari va qoʻshimcha moddalar

  4. Oziq ovqat mahsulotlari bilan kontaktlashgan materiallar tasnifi

  5. Xulosa

  6. Foydalinilgan adabiyotlar


Kirish
«Texnologiya» so'zi ikkita tushunchani birlashtiradi: «techno»-kasb, san'at, texnika va «logos»-o'rganish, fan. Demak «texnologiya» so'zi materialni qayta ishlash vositalari va uslublari to'g'risidagi fan ma'nosini anglatadi. Zamonaviy oziq-ovqat texnologiyasi amalda barcha fundamental fanlarga tayanadi. Xomashyoni qayta ishlash, tayyor mahsulotga aylantirish kabi murakkab jarayonlar fizika, kimyo, biokimyo, mikrobiologiya va boshqa fanlar qonuniyatlariga asoslangan. Bu sohalardan chuqur bilimlarga ega bo'lgan kishi haqiqiy bilimdon texnolog bo'lishi mumkin. Istalgan xossalarga va shaklga ega mahsulotni eng arzon narxda ishlab chiqarish juda maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, bu oziq-ovqat mahsulotlariga taalluqli. Demak, texnologiya iqtisodiyot bilan ham chambarchas bog'liq. Oziq-ovqat texnologiyasi amaliy xarakterga ega fan sohasi bo'lib, ovqatlanish mahsulotlari ishlab chiqarish usullarini o'rganish bilan shug'ullanadi. Zamonaviy oziq-ovqat sanoati o'ziga xos ajoyib texnologiya, jihoz va uskunalarga ega o'nlab tarmoqlarni qamrab oladi. Bu tarmoqlarning korxonalarida don, un, yorma, omixta yem, non, makaron, qandolat, moy va yog'lar, shakar, go'sht, sut, konservalangan mahsulotlar, spirt, pivo va inson ovqadanishi uchun zarur bo'lgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarilmoqda. «Oziq-ovqat texnologiyasi» yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan bo'lajak bakalavrlar barcha ovqatlanish mahsulotlarining ishlab chiqarish texnologiyalari asoslarini bilishilari shart. Shu maqsadda «Oziq-ovqat texnologiyasi» yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlash namunaviy o'quv rejasiga asoslanib, mualliflar «Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari» deb nomlangan ushbu darslikni yaratdilar. Ushbu darslikning maqsadi - talabalarni oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyalarining ilmiy asoslari, oziq-ovqat sanoati texnologik jarayonlarining prinsipiaI sxemalari, oziq-ovqat mahsulotlarining issiqlik



Download 23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling