Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti


Sinov laboratoriyalarining akkreditlash bo‘yicha Xalqaro


Download 365.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana30.04.2023
Hajmi365.75 Kb.
#1408759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-a

Sinov laboratoriyalarining akkreditlash bo‘yicha Xalqaro 
konferensiyasi (ILAK) 
ISO va MEK ishlab chiqqan xalqaro qoidalarga asosan 
laboratoriyalarni akkreditlashdan maqsad sinov laboratoriyalarni aniq 
sinovlar yoki aniq tur sinovlari (ISO/MEK Rukovodstvo 2.86) 
o‘tkazishga huquq berishdan iborat.
Akkreditlangan 
sinovlar 
tushunchasi 
mahsulotni 
sertifikatlashtirish faoliyati bilan chambarchas bog‘langandir. 
ILAK (International Laboratory Accreditation Conference) 
birinchi marta 1977 yili Kopengagen (Daniya)da chaqirilgan. ILAKning 
yaratilishidan ko‘zda tutilgan maqsad – sinov laboratoriyalarining 
akkreditlash milliy tizimlarini o‘zaro tan olish bilan amaldagi va xalqaro 
bitimlardagi ma’lumotlarni, mahsulotni sinash natijalarini va boshqa 
mahsulot sifati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirishga harakat qilish. 
1980 yilda chaqirilgan ILAKning konferentsiyasida milliy 
tizimlarining akkreditlangan laboratoriyalarini o‘zaro tan olish bo‘yicha 
amaldagi ikki va ko‘p tomonlama bitimlar haqida ma’ruza tayyorlashga 
qaror qabul qilindi. Ish jarayonida ikki xil xalqaro bitimlar borligi 
namoyon bo‘ldi: 
1. Laboratoriyalarni akkreditlamasdan sinov natijalarini va sertifikat 
bayonnomalarini o‘zaro tan olish bitimi; 
2. Sinov laboratoriyalarining akkreditlash milliy tizimlarini o‘zaro tan 
olish bitimi (tan olishni sertifikatga yozish bilan). 
Shu masalalar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi va ularning natijalariga 
ko‘ra shunday bitimlar zarurligi qayd qilindi. 
Laboratoriyalarni akkreditlash masalalari hozirgi kunda aktual 
bo‘lib, ular bilan bog‘liq bo‘lgan materiallarni sistemali ravishda chop 
etilish zarurati to‘g‘ildi. Shu masalalarda har doim ILAK o‘z 
materiallarining chop etilishini «Metrologiya» jurnali tahririyati bilan 
hamkorlikda amalga oshirilishiga qaror qildi. 
1983 yili ILAK tashabbusi bilan sinov laboratoriyalari uchun sifat 
bo‘yicha qo‘llanma tuzishga tavsiyaviy loyiha tayyorlandi, 1986 yili esa 
bunday tavsiya qabul qilindi. ISO va MEK lar tomonidan qayta 
ishlangan bu hujjat ISO/MEK 49 qo‘llanmasi nomi bilan ma’lumdir. 
ILAK tomonidan ishlab chiqarilgan xalqaro hujjatlar mahsulotni 
chetga chiqaradigan va chetdan mol olib keladigan mamlakatlardagi 
savdo – iqtisodiy siyosatiga katta ta’sir o‘tkazmokda. Bunga misol 
tariqasida YeeS mamlaktalari tomonidan 1989 yili qabul qilingan 
akkreditlanuvchi 
laboratoriyalarga 
talablar 
asosini 
belgilovchi 
akkreditlash va sertifikatlashtirish idoralari uchun zarur Yevropa EN – 
45000 standartini ko‘rsatish mumkin. 

Download 365.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling