Metrologiya


Download 0.66 Mb.
Sana28.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1014537
Bog'liq
Xalqaro birliklar sistemasi (SI)










Metrologiya (yunoncha: metron — oʻlchov va logos — taʼlimot) — oʻlchovlar, ularning bir xilligini taʼminlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yoʻllari haqidagi fan; Fanning rivojlanishi bilan ayrim birliklar va ularning kattaliklarini tasodifiy tanlashdan birliklar tizimlarini tuzishga oʻtildi. M.da fizik kattaliklar va kattaliklar birliklari tizimlarini tuzish prin-siplari oʻrtasidagi aloqalar, shuningdek, anik, birliklar tizimining nazariy tomonlari koʻriladi. Hozirgi vaqtda yuzdan ortiq davlat rasman qabul qilgan Xalqaro birliklar tizimi SI keng qoʻllaniladi. Nazariy M. oʻlchashlar anikligi (oʻlchashlar xatoligi) ni va noaniqligini baholash usullariga bagʻishlangan. Bunda ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, shuningdek, matematikaning boshqa boʻlimlaridan keng foydalaniladi.
Oʻlchashlarning bir xilligiga erishish uchun qoʻllaniladigan barcha oʻlchash vositalari toʻgʻri darajalanishi va ularni davriy qiyoslash yoki kalibrlashdan oʻtkazish lozim. Buning uchun kattaliklar birliklarining etalonlari — oʻlchash vositalari, kattaliklar birliklarini asliday qaytarish va ularning oʻlchamlarini boshqa oʻlchash vositalariga oʻtkazish uchun moʻljallangan barqarorligi yuqori va aniq maxsus texnik vositalar qoʻllanilgan.

Kundalik hayotda, ilm-fan jarayonida, texnika-texnologiyada, ishlab chiqarishda umuman olganda barcha sohada biron bir parametrlarni ishlatishda o’lchov birliklariga duch kelamiz. Hozirgi kunda biz Xalqaro birliklar sistemasi (SISysteme International) dan foydalanamiz. Bungacha SGS, MTS, MKSA, MKKGS kabi bir necha xil birliklar tizimlari mavjud bo’lgan. Xalqaro birliklar sistemasi (keyingi o’rinlarda XBS deb ishlatiladi) qabul qilinishidan oldin xalqaro miqiyosda qabul qilingan birliklar tizimlari ko‘payib ayni bir kattalikka tegishli qiymatni turli tizimlarda turlicha ifodalash, kattalikni o‘zini esa har xil ta’riflashga majbur bo‘ladigan vaziyat yuzaga kelgan edi. Bu holat hisoblashlarda, xalaqaro savdo munosabatlarida va ilmiy natijalarni ifodalashda bir qancha murakkabliklarni keltirib chiqarar edi.

Shu tariqa 1956- yilda yagona birliklar tizimining loyihasini ishlab chiqdi va unga Xalqaro Birliklar Tizimi (Systeme International; SI) nomini berdi. 1960- yilda yagona xalqaro birliklar tizimi loyihasi O’lchov va Tarozilar Xalqaro Qo’mitasi (O‘TXQ) tomonidan ma’qullandi va uning asosidagi ilmiy hisobot ma’ruza Parijda bo’lib o’tgan XI O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiaysiga taqdim etildi va tasdiqlandi.
Xalqaro birliklar sistemasi (SI)ga asosiy 7 ta va qo’shimcha 2 ta birlik kiradi. Ular quyida keltirilgan:
Asosiy birliklar

  1. Uzunlik – metr [m]

  2. Vaqt – sekund [s]

  3. Massa – kilogramm [kg]

  4. Temperatura – kelvin [K]

  5. Modda miqdori – mol [mol]

  6. Tok kuchi – amper [A]

  7. Yorug’lik kuchi – kandella [kd]

Qo’shimcha birliklar

  1. Yassi burchak – radian [rad]

  2. Fazoviy burchak – steradian [sr]

SIga kirmaydigan kattaliklar:



Javohir Ochilov TDTU 2022

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling