Meva bog‘ini barpo qilish maydonini rejalashtirish usullari reja: Intensiv bog‘ 2
Download 23.5 Kb.
|
HISOBOT
Kurash choralari. Kasallikka qarshi kurashda agrotexnik choralar profilaktik xarakterga ega. Kaliy o‘g‘itini ko‘proq berish kerak, shunda o‘simlikning kasallikka chidamliligi oshadi. Kuzda tok kesishda zararlangan novdalar yokib yuboriladi. Qator oralari tuproq qatlamini ag‘darib chuqur haydash, zarur begona o‘tlar bosishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik kerak. Antraknoz bilan zararlangan tokzorlar, kuzda ko‘mishdan oldin 3 foizli Bordo suyuqligi (100 l suvga 3 kg mis kuporosi + 3 kg ohak) bilan barcha zang va novdalari yuvish darajasida purkaladi. 5° li ohak-oltingugurt qaynatmasi ham samaralidir. Bahorda, o‘tgan mavsumda zararlangan tokzorlar kurtak chiqarishi bilanoq 1 foizli Bordo suyuqligi (100 l suvga 1 kg mis kuporosi va 1 kg ohak) bilan purkaladi. Bu davrda ohak oltingugurt qaynatmasini (ISO) 1 gradusligini qo‘llasa ham bo‘ladi. Topsin (100 l suvga 100 g) yoki Vektra (100 l suvga 30 g) preparatlari ham samaralidir. 10–12 kun o‘tgach tokzorlar qayta purkaladi. Tomorqada ham kurtak yozila boshlaganda 1 foizli Bordo suyuqligi sepiladi (10 l suvga 100 g mis kuporosi + 100 g ohak) 7–10 kun o‘tgach takrorlanadi. Bakterial rak (buqoq). Kasallikni keltirib chiqaruvchi bakteriyalar tokning zanglarida va ildizga yaqin qismida yug‘onligi 10–15 sm. gacha bo‘lgan rak shishlarini keltirib chiqaradi. Tokning rivojlanishi susayadi, ayrim zang va novdalarni ba’zan tok tupining o‘zini ham quritadi. Kuzda yaxshi yopilmagan va sovuqlardan shikastlangan tokzorlar rak kasaliga ko‘proq chalinadi. Kurash choralari. Bu kasallik odatda zararlangan toklardan tayyorlangan ko‘chatlar orqali tarqaladi. Shuning uchun qalamchalar nihoyatda sog‘lom tuplardan olinishi kerak. Zararlangan novda va zanglar tokzordan olib chiqib tashlanadi va yoqib yuboriladi. Bordo suyuqligi va ohak-oltingugurt qaynatmasi antraknoz kasalligiga qarshi qanday qo‘llansa, rak kasalligiga qarshi ham shunday purkash sifati yuqori bo‘lishi kerak. Xloroz (tok barglarini sarg‘ayishi). Bu kasallikga chalingan tokzorlarda novdalar o‘sishdan to‘xtaydi, to‘pgullar sarg‘ayib to‘kilib ketadi, barglar rangini yo‘qotadi va qurib qoladi. Xlorozga qarshi tok yoshini hisobga olgan holda bir tupga 0,3–1 kg hisobida temir kuporosi ishlatiladi. Preparat kuzda 25–30 sm chuqurlikda qazilgan tup atrofidagi ariqlarga solinib, ustiga tuproq tashlanadi va sug‘oriladi. Sernam yerlar tuprog‘i yumshatiladi va nami qochiriladi. Download 23.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling