Meva evolyutsiyasi Reja


Download 1.51 Mb.
bet1/6
Sana04.01.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1076780
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
meva evolyutsiyasi


Meva evolyutsiyasi

Reja:

  • Meva o’simliklarining individual rivojlanishi.
  • Meva daraxtlarining o’sish davrlari.
  • TROPIK MEVALAR - qo'shimcha kuch manbai
  • Meva haqida tushuncha.
  • Mevalarning klassifikatsiyasi.

Meva o’simliklarining individual rivojlanishi.

Meva o’simliklarining individual rivojlanishi. I.V.Michurin o’simliklarni tashqi muhit sharoiti bilan bog’liq holda o’rgandi va ularning rivojlanish tarixini hisobga oldi. U organizm qanday tashqi muhit sharoiti ta’sirida shakllangan bo’lsa, butun rivojlanish siklida ham xuddi shunday sharoitni talab qilishini aniqladi.

Meva o’simliklarning individual rivojlanishi, ya’ni ontogenez ularning urug’i unib chiqqanidan boshlab, to o’simlik butunlay qurib qolguncha o’tadigan davrni o’z ichiga oladi. Ontogenezda asosan bir-biri bilan bevosita munosabatda bo’lgan o’sish, rivojlanish, qarish va yosharish protsesslari boradi.

Bitta duragay o’simlikdan vegetativ (payvandlash, qalamcha, bachki novdasini ekish) yo’li bilan ko’p ming nusxa yangi o’simlik hosil qilish mumkin. Bularning hammasi birgalikda klon : klonni tashkil etgan ayrim o’simliklar individ deb ataladi. Duragayning ikkinchi formasi klon individ, uchinchi formasi esa uchinchi klon individ hosil qiladi va hokazo.

Urug’ ko’chatning individual rivojlanishi zigotadan, ya’ni sperma bilan tuxum xujayraning qo’shilishi natijasida hosil bo’lgan bitta xujayradan boshlanadi va o’simlikdagi barcha qism (organ) larning qurishi bilan tugallanadi.

Vegetativ yo’l bilan ko’paytiriladigan o’simliklarda individual rivojlanishning boshlanishi vegetativ qismlardan yangi o’simlik hosil bo’lish vaqtiga to’g’ri kelmaydi. Bu holda yangi o’simlik urug’dan o’sib chiqqan ona individning hayot siklini davom ettiradi. Shuning uchun individ termini faqat boshlang’ich urug’ ko’chatga, ya’ni urug’idan o’sib chiqqan o’simliklarga taalluklidir, faqat shular barcha individual rivojlanish stadiyalarini o’tadi. Mazkur ko’chatlarning ayrim qismlaridan ko’paytirilgan o’simliklar esa individ emas, balki klon individi deb ataladi. I.V.Michurin meva o’simliklari urug’ ko’chatining yoshini : embrionlik, yoshlik (yuvinil). Mahsuldorlik va qurish (qarish) davrlaridan iborat 4 davrga bo’lingan.


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling