Meva tarkibidagi quruq moddalarni aniqlash


Download 392.95 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi392.95 Kb.
#1502397
Bog'liq
Meva tarkibidagi quruq moddalarni aniqlash.


Meva tarkibidagi quruq moddalarni aniqlash.
Meva-sabzovot xom ashyolari va qayta ishlangan mahsulotlarning muhim ko’rsatkichlaridan biri ular tarkibidagi mineral birikmalardir. Tekshirilayotgan moddani qizdirib keyin kuydirilgan qoldig’i kul hisoblanadi. Meva-sabzavot mahsulotlarining mineral tarkibiy qismiga metallar va metalloidlar kiradi. Metallar ko’p miqdorda Ma, K, Ca, Mn, Fe va ozroq miqdorda, metalloidlardan esa S1, P, V va boshqalar kiradi. Yuqoridagi mineral moddalar odam organizmida muhim ahamiyatga egadir. Analiz qilinayotgan mahsulotdagi mineral moddalar miqdori va tarkibi kuydirib kuli olingandan keyingi tarkibga mos kelmaydi chunki, mahsulot kuydirish jarayonida xilma-xil o’zgarishlarga uchraydi. Meva-sabzavotlarda tabiiy holda bor bo’lgan mineral moddalardan tashqari ularni qayta ishlash jarayonida ayrim qo’shimchalar (osh tuzi, soda va boshqalar) qo’shiladi yana shu narsa ehtimoldan holi emaski, mahsulot qayta ishlanayotganda metall bo’lakchalari, qum, mineral qo’shimchalar og’ir metallar (mis, qalay, qo’rg’oshin) qo’shilib ketishi mumkin. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayonida xom ashyo va mahsulotga texnik-kimyoviy nazorat asosida tavsifnoma berishda faqat undagi mineral tarkibiy qism emas, balki metall qo’shimchalari, xloridlar, og’ir metallar, qum borligi ham hisobga olinadi. Mahsulot kulini miqdoriy aniqlash uchun namlikni aniqlashda qolgan qoldiqlardan foydalanish mumkin. Analiz qilinishi kerak bo’lgan mahsulotlarning o’rtacha namunasidan tortib olinishi mumkin. Birinchi holda toza toblangan va analitik tarozida tortilgan farfor tigelda 2-3 g maydalangan modda olinadi. Ikkinchi holda tortib 10 g gacha ko’paytiriladi, kuydirishdan oldin tigelda quritiladi. Tigeldagi quruq modda asta-sekin qizdiriladi, keyin tigelning qopqog’i yo’ilib, qip-qizil cho’g’ holiga kelguncha qizdiriladi. So’ngra qopqog’i ochib qo’yiladi. Toza-toza oqimtir yoki sarg’ishroq rangdagi kulning ko’rinishi mahsulotning to’liq kuydirilganligini ko’rsatadi. Kul nihoyatda gigrosko’ik, shuning uchun tigelni juda tezlik bilan tortish kerak. Yuqoridagi formulada kulning foiz miqdori quruq modda tortimi hisobida qilingan bo’lsa, ho’l mahsulotlar tortimida kulning foiz miqdorini hisoblashda 100- V yoziladi.

Download 392.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling