Mevali daraxtlarni yoshartirish


Download 106.2 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.05.2023
Hajmi106.2 Kb.
#1424048
Bog'liq
Mevali daraxtlarni yoshartirish - Vikipediya



Mevali daraxtlarni
yoshartirish
Mevali daraxtlarni yoshartirish
— yangi
novdalar oʻsib chiqishi uchun
daraxtlarning eski va qurigan shoxlarini
kesish; daraxt umrini uzaytirish va hosil
berishini tiklash usullaridan biri. Mevali
daraxtlar kariganida, asosiy shoxlarini
tiklash, novdalarining oʻsishini
tezlashtirish hamda meva hosil qiluvchi
organlarini shakllantirish maqsadlarida
qoʻllaniladi. Koʻpgina 25—30 yoshdagi


olma, nok, 15—20 yoshdagi oʻrik, 8—12
yoshdagi olxoʻri, gilos va boshqa
yoshartiriladi. Asosan, fevral— mart
oylarida utkaziladi. Yoshartirishning
yengil, kuchli hamda butab yoshartirish
xillari bor. Yengil yoshartirishda asosiy
shoxlar, qulay tomonga rivojlangan yon
shoxlar yuqorisidan, kuchlisida asosiy
shoxlarning uchdan ikki qismi kesiladi.
Bunda ulardan bir nechta yangi novda
oʻsib rivojlanadi. 3—4 yildan soʻng ulardan
yangi shox-shabba shakllantiriladi. Butab
yoshartirish da asosiy shoxlar
qisqartirilib, ulardagi 1—2 yillik
novdalarning ayrimlari olib tashlanadi. Bu
usulda zaxira oziq moddalar
daraxtlarning koʻp gullashi uchun sarf


boʻlmaydi, tutgan mevalar toʻkilib
ketmaydi.
Yoshartirilgan olma va nok daraxtlari 4-
yilda, oʻrik, shaftoli 2-yildayoq hosilga
kiradi. Shoxlarning kesilgan joyiga bogʻ
malhami yoki alif aralashtirilgan moyli
boʻyoq surib qoʻyiladi. Yoshartirishdan
oldin daraxt oʻsayotgan atrof yerning 1
m2 ga 5–6 kg chirigan goʻng yoki goʻng
bilan mineral oʻgʻit aralashmasi solib,
chopiladi, qondirib sugʻoriladi. Toʻgʻri
yoshartirilgan mevali daraxt yana 10—15
yil va undan ham uzok, hosil beradi (yana
q. Butash, Daraxtlarga shakl berish,
Kallaklash).


Rixsivoy Joʻrayev.
[1]
1. 
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar


Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
(https://uz.wikipedia.org/w/index.php?ti
tle=Mevali_daraxtlarni_yoshartirish&acti
on=edit) Vikipediyaga yordam
berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Mevali_daraxtlarni_yosharti
rish&oldid=2848272" dan olindi


Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentabr 2022, 12:06 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 106.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling