Mexanik harakat. Moddiy nuqta, traektoriya, ko’chish, yo’l tushunchalari
Download 2.68 Kb.
|
Mexanik harakat
Mexanik harakat. Moddiy nuqta, traektoriya, ko’chish, yo’l tushunchalari. Vaqt o’tishi bilan jismning fazodagi vaziyatini boshqa jismlarga nisbatan o’zgarishiga mexanik harakat deyiladi. Mexanika shu jumladan kinematikaning asosiy vazifasi harakat qilayotgan jismning istalgan paytdagi vaziyatini (o’rnini) aniqlashdan iborat. Ammo kinematikada jism harakati uni yuzaga keltiruvchi sabablar hisobga olinmagan holda o’rganiladi. Jismning mexanik harakatini o’rganishda absolyut qattiq jism va moddiy nuqta tushunchalaridan keng foydalaniladi. Mexanik harakati o’rganilayotgan sharoitda, jismning shakli va o’lchami o’zgarishsiz qolsa, bunday jismga absolyut qattiq jism deb ataladi. Shuningdek, ko’p hollarda harakat qilayotgan jismning o’lchamlari hisobga olinmaydi. Masalan, Toshkenddan biror tezlik bilan Samarqand shahriga jo’nagan avtomobilning 2 soatdan keying o’rnini aniqlashda mashinaning o’lchami hisobga olinmaydi. Chunki, mashinaning o’lchami 2 soat davomida yurgan masofasiga nisbatan hisobga olinmas darajada kichik. Download 2.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling