Mexanik qismini tortish elektradvigatelini jihoslarini tamari
Download 106.45 Kb.
|
KOMILOV RAJABBOY POYEZ
R2 nom= (0,98ё0,99)Z2 nom. (7)
Agar dvigatel rotori «uchburchak» usulda ulangan bo‘lsa (6) formula bo‘yicha «yulduz» usulida ulangan rotorning fazasiga ekvivalent bo‘lgan qarshilik hisoblanadi. U holda «uchburchak» bo‘yicha ulangan rotor fazasi qarshiligini quyidagi formula bo‘yicha aniqlaymiz: R2D = 3R2е. (8) Momentning nisbiy qiymati quyidagi formula bilan aniqlanadi: (9) bu yerda: — mashina o‘qidagi moment yoki elektromagnit momentning nominal qiymati. Dvigatelning elektromagnit momenti uning o‘qidagi momentdan yuzaga kelgan uyurma tok, gisterezis, ventilyatsiya, podshipnik va cho‘tkalardagi ishqalanishlar bilan bog‘liq bo‘lgan isroflar kuzatiladi. Shuning uchun (9) formuladagi qiymat ustida to‘xtalib o‘tamiz. Bu momentning qiymati o‘zgarmas tok dvigateli uchun tarmoqning nominal kuchlanishi va qo‘zg‘atish chulg‘ami hamda yakor zanjiridagi tokning qiymatlari nominal qiymatga ega bo‘lganda, asinxron mashinalar uchun esa tarmoq kuchlanishi hamda chastotasi va stator toki nominal qiymatga ega bo‘lganda aniqlanadi. Ketma-ket hamda aralash qo‘zg‘atish chulg‘amli va universal dvigatellar uchun burchak tezlikning nisbiy qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi. (10) Ammo asinxron mashinalar va mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli o‘zgarmas tok dvigatellari uchun bu ko‘rsatkich quyidagicha aniqlanadi, ya’ni (11) Asinxron dvigatelning sirpanishi: S = (w0 - w)/w0 = 1- n, (12) bu yerda: w0 = 2pfp-1; p — mashinaning juft qutblari soni. O‘zgarmas tok dvigateli mexanik tavsifining ifodasini aylanayotgan mashinaning yakor zanjiridagi elektr yurituvchi kuchlarining muvozanatidan kelib chiqqan holda aniqlaymiz: Ut = E + IR + DUr, (13) bu yerda: Ut — ta’minot tarmog‘i kuchlanishi, V; DUr — cho‘tkalardagi kuchlanish tushishi, V. EYK va dvigatelning elektromagnit momentining qiymati quyidagicha aniqlanadi: (14) (15) bu yerda: N — yakor chulg‘amidagi aktiv o‘tkazgichlar soni; a — yakor chulg‘ami parallel shoxchalari soni; Ф — bitta qutbning magnit oqimi, Vb; w — yakorning burchak tezligi, 1/s; I — yakor toki, A; R — yakor zanjiri qarshiligi, W. U bilan yakorga berilayotgan kuchlanishni belgilaymiz va uni tarmoq kuchlanishi Ut va DUshch ning ayirmasiga teng deb hisoblaymiz. Bundan tashqari yakor qarshiligi Rya va yakor zanjiri qarshiligi R bir-biridan farq qiladi. Bunda R qo‘shimcha qarshiliklar va yakor qarshiligining yig‘indisiga teng. (14) va (15) tenglamalarga ko‘ra E va M parametrlar SI birliklar tizimida olinadi, u holda CE = CM = pN(2pa)-1. Agar dvigatel yakorining burchak tezligi aylanish chastotasi n (ayl/min) bilan almashtirilsa, u holda quyidagini olamiz: (16) (14) va (16) ifodalardagi qiymatlarni (13) formulaga qo‘ysak, o‘zgarmas tok dvigatelining mexanik tavsifi tenglamasiga ega bo‘lamiz: (17) bu yerda: R — dvigatel yakor zanjirining qarshiligi bo‘lib, u yakor chulg‘ami qarshiligi rya, qo‘shimcha qutblar rqk va qoplovchi chulg‘amlar rqch qarshiliklar yig‘indisidan iborat. Dvigatel nominal rejimda ishlayotganini hamda o‘zgarmas DPo‘zgarmas va o‘zgaruvchan DPo‘zgaruvchan isroflar teng ekanliklarini hisobga olgan holda quyidagini yozish mumkin: I2nomRya = Po‘zg.nom = (UnomInom - Pnom)/2; (18) rya = 0,5(1-hnom), (19) bu yerda: rya — dvigatel yakori qarshiligining nisbiy qiymati; Rya= r · Rnom nominal rejimda ishlayotgan mashina yakor zanjiri qarshiligining absolut qiymati. Yakor reaksiyasini amalga oshirish maqsadida dvigatel qo‘shimcha qutblarga ega, deb hisoblaymiz. Yakor zanjirining qarshiligi R, u yerdan oqayotgan tokning qiymatiga bog‘liq bo‘lmagan holda cho‘tkalardagi kuchlanish tushishi hisobga olinadi. U holda qo‘zg‘atish chulg‘amidan oqayotgan tok o‘zgarmas va buning natijasi o‘laroq magnit oqimi ham o‘zgarmas bo‘lganligi uchun dvigatel mexanik tavsifining tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: (20) bu yerda: KE = CEФ; KM = CMФ; w0 — ideal salt yurish tezligi, Ф = Фnom bu (20) tenglamadan dvigatelning elektromexanik tavsifi tenglamasini olish mumkin: w = w0-(R/KE)•I. (21) Bu (20) va (21) ifodalar K = R/(KEKM)-1 va w0 o‘zgarmas qiymatlarida to‘g‘ri chiziq tenglamasiga aylanadi, ya’ni: w = w0-KM yoki w = w0 - K1I, (22) 2- rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatelining kuchlanish o‘zgarmas bo‘lgandagi va yakor zanjiridagi qarshiliklar o‘zgargandagi (a), kuchlanish nol bo‘lgandagi (b) mexanik tavsiflari bu yerda: K va K1 — mexanik va elektromexanik tavsiflari qiyaligi burchagining tangensiga teng. Bu parametrlarning mexanik tavsif qiyaligi koeffitsiyentlari bilan bog‘liqligini aniqlash mumkin K = bwnom/Mnom; K1 = KMwnom b/Mnom. (20) tenglamaga muvofiq dvigatel sun’iy mexanik tavsiflarining ikki turini (tarmoq kuchlanishi o‘zgarmas bo‘lib, yakor zanjiri qarshiligi R ning qiymatini o‘zgartirganda, R ning qiymati o‘zgarmas bo‘lib, yakorga berilayotgan kuchlanishni o‘zgartirganda) kuzatish mumkin. Tavsiflarning birinchi turi ko‘p nurli yulduzdan iborat bo‘lib, barcha nurlar koeffitsiyenti w0 va M = 0 nuqtada kesishadi. Har bir nurning qiyaligi yakor qarshiligi Rya va yakorga ulangan qo‘shimcha qarshilik Rq larning yig‘indisi bo‘lgan R qarshilikning qiymatiga bog‘liq. Agar Rq = 0 ga teng bo‘lsa, tabiiy mexanik tavsifni, Rq№0 da esa turli qiyaliklarga ega bo‘lgan sun’iy tavsiflarni olamiz (2-rasm, a). Xususiy holda, ya’ni U = 0 bo‘lganda mexanik tavsiflar koordinata boshida kesishib, (w0 = 0, M = 0) ko‘p nurli yulduz ko‘rinishida bo‘ladi. Download 106.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling