Mexanik tozalash inshootlaridan o‘tgan oqava suv aerotenkaga tushadi


Download 12.99 Kb.
Sana30.03.2023
Hajmi12.99 Kb.
#1309286
Bog'liq
1 qushimcha


Zavod va fabrikalarning ifloslangan oqava suvlarini tozalash jarayoni bilan tanishib chiqqansiz. Endi Toshkent shahrining kanalizatsiya tarmoqlariga tushadigan oqava suvlarning taqdiri to‘g‘risida gapirib berish vaqti keldi.
Toshkent shahrining barcha hududlaridan yig‘iladigan oqava suvlar kanalizatsiya quvurlari orqali kanallarga tushishdan avval, aeratsiya stansiyalari deb nomlangan maxsus korxonalarga ishlov berish uchun yuboriladi.
Toshkentda bunday stansiyalardan ikkita: Salor va Bo’zsuv. Salor aeratsiya stansiyasi shaharning janubiy qismida, Salor kanali Qorasuv kanaliga tushadigan joydajoylashgan.
Bo'zsuv aeratsiya stansiyasi shahardan janubi-g‘arbda, Qoraqamish va Quyi Bo’zsuv kanallari tutashgan nuqtada joylashgan.
Aeratsiya stansiyalarida oqava suvlar mexanik va biologik usul bilan tozalanadi, so‘ngra maxsus filtrlarda yana bir bor tozalanadi.
Mexanik tozalovchi inshootlar mayda teshikli panjaralar, qum tutgichlar va birlamchi tindiruvchilardan iboratdir. Panjaralar oqava suvdagi yirik narsalar: latta, qog'oz va axlatlami olib tashlash uchun mo'ljallangan.
Panjaralar - bu katta metal ramkalardir, ularning ichiga qator parallel metal o’qlaro'matilgan.
Panjaradan o‘tgan suv qum tutgichlarga tushadi va undagi og‘ir mineral aralashma (qum, tuproq) olib tashlanadi.
Qum tutgichlardan o‘tib suv mexanik tozalashning so‘nggi bosqichi - "birlamchi tindiruvchilarga” tushadi. Ushbu tindiruvchilar silindr shaklidagi katta hovuzlardir, ularning markaziga oqava suv yuboriladi. Suv markazdan hovuz devorlari tomonga harakatlanganda uning tezligi kamayadi, natijada suvdagi erimaydigan aralashmalar cho'kadi.
Cho‘kkan aralashmalami chiqarib tashlash uchun birlamchi tindiruvchilarda maxsus moslamalar - "qum cho’michlar” bor. Cho‘kadigan moddalami olib tashlashdan tashqari suv yuziga chiqadigan aralashmalami olib tashlash uchun mo`ljallangan moslamalar ham bor. Ular "yog‘ tutgichlar” deb ataladi.
Mexanik tozalash inshootlaridan o‘tgan oqava suv aerotenkaga tushadi.
Aerotenkalar - bu maxsus dahlizlarga bo‘lingan to‘rtburchakli hovuzlardir, ularda oqava suv va faol qum aralashmasi bo`ladi. Faol qum oqava suvdagi zararli moddalami yeydigan ko'plab mikroorganizmlardan iborat. Ushbu mikroorganizmlar yashashi uchun kislorod kerak, buning uchun aerotenka tubiga havo beruvchi aeratorlar o‘rnatilgan. Oqava suvdagi moddalar bilan oziqlangan mikroorganizmlar o‘sadi va ko‘payadi, natijada faol qumning hajmi va vazni oshadi. Faol qum suvdan ikkilamchi tindirgichlarda ajratiladi, unda faol qum cho‘kadi, tozalangan suv esa tindiriladi.
Ikkilamchi tindirgichlarda suv qolgan moddalardan tozalanadi, mikroorganizmlaming o‘sishi va ko‘payishi natijasida tashkil topgan faol qumning ortiqcha miqdori maxsus inshootlar - "qum zichlagich”largaquritish uchun yuboriladi.
Oqava suvning so’nggi tozalanishi filtr va baraban to ‘rlarda amalga oshiriladi, so'ngra tozalangan suv Bo’zsuv va Salorga oqiziladi.

Download 12.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling