Mexanik va elektromagnit tebranishlarning o’xshashligi. Xususiy elektromagnit tebranishlar
Download 1.16 Mb.
|
Fizika maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mexanik va elektromagnit tebranishlarning o’xshashligi
- Xususiy elektromanit tebranishlar
- Xususiy elektromagnit tebranishlar tenglamasi
Reja : Mexanik va elektromagnit tebranishlarning o’xshashligi. Xususiy elektromagnit tebranishlar. Xususiy elektromagnit tebranishlar tenglamasi. Mexanik va elektromagnit tebranishlarning o’xshashligi Mexanikada prujinaga osilgan va ishqalanishsiz harakatlanuvchi yuk eng sodda tebranuvchi sistema bo'ladi. Mexanikada ma'lumki, muvozanat vaziyatidan chetga chiqarib qo'yib yuborilgan yuk garmonik tebrana boshlaydi, bu tebranishlarda muvozanat vaziyatidan siljish vaqt o'tishi bilan sinus qonuniga ko'ra o'zgaradi. Quyidagi rasm : Yuk chekka vaziyatlarda turganida uning kinetik cncrgiyasi nolga teng, biroq prujinaning potensial energiyasi maksimumga yctadi. Yuk muvozanat vaziyatidan o'tishida v aksincha, yukning kinetik energiyasi eng katta qiymatga erishadi va bu holda cho'zilmagan va siqilmagan vaziyatda bo'lgan prujinaning potensial cnergiyasi nolga teng bo'ladi. Prujinali mayatnikning mexanik tebranishini qaraymiz : C boshlang’ich muvozanat vaziyatida : F = 0; a = 0; v = 0. A chetki vaziyatida : F = Fmax; a = a max; v = 0. C tebranganda muvozanat vaziyatidaa : F = 0; a = 0; v = v max. D chetki vaziyatda : a = amax; F = Fmax; v = 0. Xususiy elektromanit tebranishlar Kondensator G’altak | | We.max=(CUm*Um)/2 Wm.max=(LIm*Im)/2 Elektromagnit tebranishlar — elektromagnit maydonni hosil qiluvchi elektr va magnit maydonlarning oʻzaro bogʻlangan takrorlanuvchan oʻzgarishlari. Tebranish konturida hosil qilinadi. Tebranish konturidagi dastlab zaryadlangan kondensator qoplamalari induktivlik gʻaltagi orqali ulansa, konturda kondensator zaryadining va gʻaltakda tokning erkin tebranishlari yuzaga keladi. Xususiy elektromagnit tebranishlar tenglamasi Elektr yurituvchi kuchi e bo’lgan tok manbai, elektr sig’imi C bo’lgan kondensatror, induktivligi L bo’lgan g’altak va qarshiligi R bo’lgan rezistordan iborat bo’lgan mujassamlashgan zanjir tuzamiz : Kuchlari ta'sirida vujudga kehb tebranish sistemasining o'zida davom etadigan mexanikaviy tebranishlar xususiy tebranishlar deb ataladi. Bunday tebranishlar tebranish sistemasi muvozanatining har qanday buzilishlarida paydo bo'ladi. Xuddi shunga o'xshash, tebranish konturining o'zida bo'ladigan jarayonlar ta'sirida yuzaga keladigan elektr tebranishlar xususiy elektr tebranishlar deb nom olgan. Mexanikaviy va elektr tebranishlari orasidagi o'xshashlikdan foydalanib, aniq nazariyaga murojaat qilmasdan ham elektr tebranishlar davrini hisoblash mumkin. Mexanikadan malumki prujinaga osilgan yukning tebranishlar davri quyidagi : (1.1) formula bilan ifodalanadi, bu yerda m - yukning massasi, k - prujinaning elastikligi. Elektr tebranishlar bo'lgan holida massa rolini induktivlik L, elastiklik rolini esa sig'imga teskari bo'lgan kattalik, ya'ni llC o'ynaydi. Endi (1.1) da m ni L ga va k ni llC ga almashtirib, quyidagini topamiz: (1.2) So'nmas elektr tebranishlar chastotasi (1 sekunddagi tebranishlar soni) quyidagiga teng bo'ladi: (1.3) doiraviy chastota (2n sekunddagi tebranishlar soni) esa (1.4) Agar (1.2) formu1ada L ni genri hisobida, C - farada hisobida ifodalansa, u ho1da T davr sekund hisobida ifoda1anadi. Manbalar royxati : 1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Elektromagnit_tebranishlar 2.https://elib.buxdupi.uz/books/Elektromagnetizm.%20Izbosarov%20B.F,%20Kamolov%20I.R.pdf 3. https://fayllar.org/pars_docs/refs/104/103442/103442.pdf 4.https://fizika.edu.uz/
Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling