Mexanika – mashinasozlik fakulteti


Download 117.69 Kb.
bet1/4
Sana21.04.2023
Hajmi117.69 Kb.
#1376456
  1   2   3   4
Bog'liq
Kasbiy psixologiya

Mexanika – mashinasozlik fakulteti

26-20 TMJ guruh talabasining

“Kasbiy psixologiya” fanidan tayyorlagan taqdimot loyihasi.


Qabul qildi: Usmonova M
Tayyorlovchi: Bo’riyev A


Mavzu:Motivlarning turlari.

Motiv (psixologiyada) — inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab boʻluvchi omil, vaj. Motiv shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo boʻluvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot, ideal va boshqa motivlar jumlasiga kiradi. Hozirgi zamon psixologiyasida Motiv atamasi subʼyektni faollashtiruvchi turli hodisa va holatlarni ifodalash uchun qoʻllanadi. Xatti-harakat va faoliyat motivlarining majmuasi motivatsiya deyiladi. Motiv ehtiyoj negizida vujudga keladi va shakllanadi. Ehtiyojning barqarorlashuvi motivatsiyaning samarali shakllanishini taʼminlaydi. Harakat faoliyatning tarkibi boʻlganligi tufayli u faoliyatning maqsadi va motiv orqali boshqariladi. Baʼzan "Motiv" tushunchasini "emotsiya", "maqsad", "ustanovka" atamalari bilan almashtirish hollari uchraydi. Goho turtki, qoʻzgʻovchi, undovchi tushunchalari bilan aynanlashtiriladi

Turli kasb egalari faoliyati motivlarini o‘rganishda motivlar xarakterini bilish va ularni o‘zgartirish muammosi ahamiyatga ega. Shunday motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bo‘lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D.Maklelland, D.Atkinson va nemis olimi X.Xekxauzenlar hisoblanadi. Ularning fikricha, odamda turli ishlarni baajarishini ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: muvaffaqiyatga erishish motivi hamda muvaffaqiyatlardan qochish motivi. Odamlar ham u yoki bu turli faoliyatlarni kirishishda qaysi motivga mo‘ljal qilishlariga qarab farq qiladilar. Masalan, faqat muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo‘lsa ham yutuqqa erishish ular uchun oliy maqsad bo‘ladi. Ular hali ishni boshlamay turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odamlar ularning barcha harakatlarini ma’qullashlarini biladilar. Bu yo‘lda ular nafaqat o‘z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha tashqi imkoniyatlar –tanish-bilishlar, mablag‘ kabi omillardan ham foydalanadilar. 


Download 117.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling