Mexanika 1-laboratoriya ishi fizik kattaliklarni o`lchash. O`lchash xatoliklarini hisoblash Ishning maqsadi
Download 78.6 Kb.
|
1-Lab (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xatoliklarni aniqlashda ishlatiladigan ba ‘zi formulalar
- Nazorat savollari
O`lchashlarning yozilish tartibi
O`lchanayotgan fizik kattaliklar ikki va undan ortiq bo`lib, ulardan faqat bittasi funksiya rolini, qolganlari esa argument vazifasini o`taydi. Xullas, ular orasidagi funksional bog`lanish tenglik yoki tenglama ko`rinishida beriladi. Shu tenglikning chap tomonidagi kattalikning qiymati uning o`ng tomonidagi kattaliklar qiymatini hisoblash orqali quyidagi tartibda topiladi. Tenglikning o`ng tomonida qatnashuvchi barcha kattaliklarning qiymatlari yetarli darajada aniq o`lchanadi va uning chap tomonidagi kattalik (funksiya)ning qiymati berilgan tenglik yordamida hisoblanadi. O`lchash natijalarini hisoblab chiqishda ulardan avvalo eng ishonchlilari olinadi. Noaniqroq bo`lgan natijalar tashlab yuborilib, o`lchash takrorlanadi. Har bir olchash natijasining o`rtacha arifmetik qiymati, uni aniqlashdagi o`rtacha absolut xatolik va nisbiy xatolik topilib, natija quyidagicha yoziladi: Xatoliklarni aniqlashda ishlatiladigan ba ‘zi formulalar 1-jadval
O`lchangan kattalik o`lchov birliklarida ifodalanadi. Masalan: hajm uzunlik birligini uchinchi (kub) darajasi bilan aniqlanadi. Jism hajmi ko`pincha, (yoki sm3) kub santimetr, kub metr (m3), yoki litr (1) orqali ifoda etiladi. Massa moddiy jism miqdorining o`lchovidir. Massa odatda gramm (g) yoki kilogramm (kg) larda ifoda etiladi. Zichlik moddaning hajm birligidagi miqdori hisoblanadi. Uning birligi hajm birligida mavjud bo`lgan massa orqali aniqlanadi. Zichlikning eng keng tarqalgan birligi g/sm3 yoki kg/ m3 sifatida ifoda etiladi. 1mashq. Quyidagi amallami bajaring va to`g`ri qiymatlami ко`rsating. 15,315·7.9= D. 15,3:7,9= 16,47-4,2= E. 1,2·103-0,001= 3,14:360= 2.mashq. Quyidagi xatolik sistematik yoki tasodifiy xatolik ekanligini aniqlang. Jism massasi 6 marta o`lchanganda tarozi massaning to`rtta har xil qiymatini ko`rsatdi. Xatolik ___________________ Elektron tarozi massani o`lchayotganda har safar 0,12 g ga kichik qiymatni ko`rsatmoqda. Xatolik ___________________ Chizg`ich bilan kubning to`rtta tomoni o`lchanganda to`rt xil qiymatni ko`rsatdi. Xatolik ___________________ 4. Termometr har o`lchanganda temperaturani 0,2° yuqori bo`lgan qiymatlami ko`rsatdi. Xatolik ___________________ 3.mashq. Shtangensirkul yordamida kubning tomonlarini quyidagi qiymatlari o`lchandi: 12,32 sm, 12,35 sm, 12,34 sm, 12,38 sm, 12,32 sm, 12,36 sm va 12,38 sm. Bu qiymatlardan foydalanib kub tomonining o`rtacha qiymati, absolut xatolik, o`rtacha absolut xatolik, standart xatolikni aniqlang. Nazorat savollari O`lchash deb nimaga aytiladi? O`lchashning qanday turlari mavjud? O`lchash xatoligi deganda nimani tushunasiz? Bevosita o`lchashda qanday xatoliklarga yo`l qo`yiladi? Absolut xatolik nima va u qanday aniqlanadi? Nisbiy xatolik nima va u qanday aniqlanadi? O`lchashlaming yozilish tartibi qanday? Sekundomer bilan o`lchash aniqligini qanday qilib oshirish mumkin? Sekundomerdan foydalanish qoidalarini izohlang. Download 78.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling