Mexanika. 3-test


Download 60 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi60 Kb.
#1336797
Bog'liq
Mexanika 36 ta


Mexanika. 3-test.
1. Bronomashina qandaydir v0 doimiy tezlik bilan harakatlanib, biror paytdadan boshlab 2 m/s2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakatlana boshladi. Shu paytdan boshlab 5 s davomida u 100 m yo’l o’tdi. v0 ni niaqlang. (m/s).
A) 2 B) 5 C) 10 D) 15
2. Massasi 1 t bo’lgan avtomobil dvigatelining 500 N tortish kuchi ta’sirida joyidan qo’g’alib, 30 s da qanday (m) yo’l o’tadi? Qarshilik kuchini hisobga olmang.
A) 125 B) 225 C) 450 D) 600
3. Biror tezlanish bilan gorozontal harakatlanayot-gan vagonda chilvirda 4 kg massali yuk osilib turibdi. Bunda chilvir vertikaldan 300 burchakka og’adi. Chilvirning taranglik kuchini (N) aniqlang. g=10 m/s2, sin300=0,5, cos300=0,87
4. Gidravlik domkratning yuzi 2 sm2 bo’lgan kichik porsheniga 1000 N kuch ta’sir qiladi. Agar katta porshenning yuzi 300 sm2 bo’lsa, bu domkrat qanday eng katta massali (t) yukni ko’tara oladi?
A) 1,5 B) 15 C) 150 D) 1500
5. Hajmi V=0,7 dm3 bo’lgan titan ( 4,5 g/sm3) bo’lagining suvdagi vazni P qanday? g=10 m/s2.
A) 17,5 B) 21 C) 24,5 D) 26
6. Vaznsiz qo’zg’almas blok orqali ipga massalari 6 va 4 kg bo’lgan ikki yuk osilgan. Ishqalanish kuchi yo’q. Agar bu yuklar sistemasi o’ziga qo’yib berilsa blokka qanday kuch (N) bilan ta’siq qiladi?
A) 60 B) 48 C) 120 D) 96
7. Aylanayotgan gorizontal diskda aylanish o’qidan 50 sm masofada 0,3 kg massali shayba yotibdi. Shayba bilan disk orasidagi ishqalanish koeffitsi-yenti 0,2 ga teng. Shayba sirpanib diskdan diskdan tushib ketishi uchun diskning tezligi kamida qanday bo’lishi kerak?
A) 1 B) 0,5 C) 2 D) 1,5
8. Jism tezligi proyteksiyasining vaqtga bog’lanishi (m/s) ko’rinishga ega. Ko’chish proyek-siyasining vaqtga bog’lanishi qanday?
A) B) C)
D)
9. Jim qonun bo’yicha harakatlanadi. Uning boshlang’ich 4 sekunddagi yo’lini (m) aniqlang.
A) 10 B) 16 C) 5 D) 12
10. Vaznsiz qo’zg’almas blok orqali o’tkazilgan vaznsiz cho’zilmas ipga massalari 6 va 4 kg bo’lgan yuk osilgan. Ishqalanish yo’q. Agar bu sistema o’ziga qo’yib berilsa, yular qanday tezlanish (m/s2) bilan harakat qiladi?
A) 2 B) 1 C) 4 D) 3
11. Jism yerdan 30 m/s tezlik bilan gorizontga 300 burchak ostida otildi. U yerga necha sekunddan so’ng yerga tushadi?
A) 2 B) 1,5 C) 6 D) 3
12. 20 m/s tezlik bilan tekis harakatlanayotgan 300 m uzunlikdagi poyezd uzunligi 400 m bo’lgan ko’prikka kira boshladi. U necha sekundda ko’prikdan o’tib ketadi?
A) 30 B) 25 C) 40 D) 35
13. 2 m/s2 tezlanish bilan gorizontal harakatlanayot-gan vagonda 100 g massali yuk ipga osilib turibdi. Ipning taranglik kuchini aniqlang (N). g=10m/s2.
A) B) C) D)
15. Jism qiyalik burchagi 300 bo’lgan qiya tekislikdan 3 m/s2 tezlanish bilan sirpanib tushmoqda. Qiya tekislik va jism orasidagi ishqalanish koeffitsiyentini aniqlang.
A) 0,33 B) 0,23 C) 0,56 D) 0,47
16. Bikrligi 100 N/m bo’lgan prujina ikkita teng bo’lakka bo’lindi. Har bir prujinaning bikrligi qanday bo’ladi (N/m)?
A) 25 B) 50 C) 100 D) 200
17. Qandaydir jismning bir nuqtasiga qiymati 3 N dan bo’lgan ikkita kuch 1200 burchak ostida ta’sir etmoqda. Shu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping.
A) 1,5 B) 3 C) 4,5 D) 6
18. Massasi 2 kg bo’lgan jism 5 m/s2 tezlanish bilan harakatlanmoqda. Shu jismga ta’sir etuvchi kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nimaga teng (N)?
A) 2,5 B) 0,4 C) 10 D) 50
19. 0,8 kg massali yuk ta’sirida po’lat prujina 2 sm ga cho’zildi. Prujinaning bikrligini toping (N/m).
A) 16 B) 400 C) 40 D) 4000
20. Massasi 70 kg bo’lgan odamning 5 m/s o’zgarmas tezlikda harakat qilayotgan liftdagi og’irligini aniqlang (N).
A) 1050 B) 350 C) 0 D) 700
21. Tezligi 18 km/soat, massasi 20 kg bo’lgan jism ishqalanish kuchi ta’sirida 25 m yo’l o’tib to’xtadi. Ishqalanish kuchi necha nyutonga teng? g=10 m/s2.
A) 20 B) 10 C) 5 D) 2
22. Javoblar ichidan mosini toping. Agar jism … ta’sirida harakatlansa, u vaznsizlik holatida bo’ladi.
A) faqat elastiklik kuchi B) faqat og’irlik kuchi
C) markazga intilma kuch D) harakatlanmasa
23. Lift o’zgarmas 0,5 m/s2 tezlanish bilan tushmoqda. Liftdagi 20 kg li bolaning og’irligi qancha bo’ladi? g=10 m/s2
A) 180 N B) 170 N C) 190 N D) 200 N
24. Vaznsiz qo’zg’almas blok orqali ipga massalari m va 2m bo’lgan ikki yuk osilgan. Ishqalanish kuchi yo’q. Agar bu yuklar sistemasi o’ziga qo’yib berilsa qanday tezlanish bilan harakat qiladi?
A) g B) g/2 C) g/3 D) g/5
25. Mashina yo’ldagi egrilik radiusi 50 m bo’lgan burilishdan 36 km/soat tezlik bilan hech qanday sirpanishsiz o’tgan bo’lsa, g’ildirakning yo’lga sirpanish ishqalanishi koeffitsiyentining eng kichik qiymati qanday?
A) 0,15 B) 0,2 C) 0,25 D) 0,3
26. Massasi 1000 kg bo’lgan kosmik kema dviga-telining tortish kuchi qanday bo’lganda, kosmonavt qo’shimcha yuklanish olmaydi? g=9,8 m/s2.
A) 98 kN B) 9,8 kN C) 980 kN D) 9800 kN
27. Agar ikki jism orasidagi tortish kuchi 64 marta ortgan bo’lsa, ular orasidagi masofa qanday o’zgargan bo’ladi?
A) 8 marta kamaygan B) 8 marta ortgan
C) 64 marta ortgan D) 64 marta kamaygan
28. Gorizontga nisbatan burchak ostida turgan qiya tekislikda m massali jism turibdi. Ishqalanish koeffitsiyenti bo’lsa, jismga ta’sir etuvchi ishqalanish kuchining ifodasini toping.
A) B) C) D)
29. Yuqoriga 0,5g tezlanish bilan tik ko’tarilayotgan m massali jismning og’irligi nimaga teng bo’ladi?
A) 2mg B) 1,5mg C) mg D) 0,5mg
30. 112 N kuch bilan 8 kg massali jismni vertical yuqoriga ko’targanda, u qanday tezlanish oladi m/s2?
A) 24 B) 12 C) 2 D) 4
31. Tinch turgan, massasi 100 g bo’lgan aravachaga 2 N ta’sir qila boshlasa, u 5 s da qancha masofani bosib o’tadi (m)?
A) 100 B) 50 C) 250 D) 125 E) 10
32. 11 N kuch ta’sirida massasi 1 kg bo’lgan jism vertical yuqoriga 50 m ko’tarildi. Jismning oxirgi tezligini aniqlang (m/s).
A) 10 B) 50 C) 20 D) 60
33. Toshkent avtomobil halqa yo’lining uzunligi 70 km. Avtomobil shu yo’lni ikki marta aylanib o’tganda, uning bosib o’tgan yo’l l va kochish moduli S nimaga tneg?
A) l=140 km; S=0 B) l=70 km; S=0
C) l=S=0 D) l=S=140 km
34. Yuqoriga tik otilgan toshning maksimal ko’tarilish balandligini 4 marta ortirish uchun uning boshlang’ich tezligini necha marta ortirish kerak?
A) 4 B) 2 C) 16 D) 8
35. 5 m balandlikdagi ikkinchi qavatning derazasidan 10 m/s bilan koptok otildi. Qancha vaqt (s) o’tgandan keyin koptok yerga tushaid?
A) 2 B) 1 C) 4 D) 3
36. Jism harakat boshlangandan so’ng oltinchi sekundda 11 m masofa bosib o’tgan bo’lsa, uning tezlanishi (m/s2) qanday?
A) 2 B) 1 C) 8 D) 4
Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling