Mexanika. Moddalar 3 xil holatda bo’ladi: Qattiq Suyuq Gaz Qattiq jism


Suyuqliklarda  elektr tokini musbat va manfiy ionlar tashiydi


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana15.12.2020
Hajmi0.6 Mb.
#167498
1   2   3
Bog'liq
Abitiurientlar uchun juda qulay (Fizikadan ta'riflar.)


Suyuqliklarda  elektr tokini musbat va manfiy ionlar tashiydi. 

168.Elektrolitlar-O’zidan elektr toki o’tkazuvchi suyuqliklar elektrolit  eritmalari   deyiladi. 

169.Elektrolitik  dissiotsiyatsiya- Neytral molekulalarning  musbat va manfiy ionlarga ajralish hodisasi elektrolitik   

dissiotsiyatsiya deyiladi. 

170.Rekombinatsiya-Musbat   va manfiy ionlarning qaytadan birikib neytral molekula hosil qilishi       rekombinatsiya  

deyiladi. 

171.Elektroliz- Elektrolit eritmasi orqali  elektr toki o’tayotganda  elektrodda modda  ajralib chiqish hodisasi elektroliz  

deyiladi. 

       Tok manbaining manfiy qutbiga ulangan elektrolit  katod  deyiladi. 

       Tok manbaining musbat qutbiga ulangan elektrolit  anod  deyiladi. 

       Katodga tomon musbat ionlar harakatlanadi va ular kationlar deyiladi. 

       Anodga tomon manfiy  ionlar harakatlanadi va ular anionlar deyiladi. 

172.Elektrolizga  oid  Faradeyning 1-qonuni- Elektrolit  eritmasi orqali tok o’tayotganda elektrodda ajralib chiqadigan  

modda massasi  moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti, tok kuchi va vaqtning  ko’paytmasiga teng. 

173.Elektrolizga  oid  Faradeyning 2-qonuni- Moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti uning kimyoviy ekvivalentiga  

proporsionaldir. 



Yarim o’tkazgichlarda elektr tokini elektronlar va teshiklar tashiydi. 

       Yarim o’tkazgichlarga: germaniy, kremniy,endiy, selin, meshyak kabilar kiradi. 

174.Xususiy   o’tkazuvchanlik- Sof yarim  o’tkazgichning o’tkazuvchanligi  xususiy o’tkazuvchanlik deyiladi. 

175. Aralashmali   o’tkazuvchanlik- Agar bir tipdagi yarim o’tkazgichga  ozgina miqdorda boshqa tipdagi yarim  

o’tkazgich aralashtirilsa , uning o’tkazuvchanligi   aralashmali   o’tkazuvchanlik deyiladi. 

176.Donor  aralashma- Elektronlar soni teshiklar soniga nisbatan  ko’p bo’lgan aralashma donor aralashma deyiladi. 

177.Akseptor   aralashma- Elektronlar soni teshiklar soniga nisbatan  kam  bo’lgan aralashma akseptor aralashma    

deyiladi. 

178.p-tipdagi yarim o’tkazgich- Akseptor    aralashmali   yarim o’tkazgich  p-tipdagi yarim o’tkazgich deyiladi. 

179.n-tipdagi yarim o’tkazgich- Donor    aralashmali   yarim o’tkazgich  n-tipdagi yarim o’tkazgich deyiladi. 

180.p-n o’tish- p va n tipdagi yarim o’tkazgichlarning  bir-biriga tegish joyidan elektr toki o’tishi p-n o’tish deyiladi. 

       p-n o’tish 2 xil bo’ladi: 



 

 

1.To’g’ri   o’tish 



2. Teskari   o’tish. 

181. To’g’ri   o’tish- p-n o’tishda elektr tokini asosiy zaryad tashuvchilar tashisa, bunday o’tish to’g’ri o’tish deyiladi. 

182. Teskari   o’tish- p-n o’tishda elektr tokini asosiy  bo’lmagan zaryad tashuvchilar tashisa, bunday o’tish teskari    

o’tish   deyiladi. 

183.Yarim o’tkazgichli diod-  Elektr tokini bir tomonlama o’tkazuvchi  yarim o’tkazgichli asbob  yarim o’tkazgichli diod  

deyiladi. 

184.Tranzistor-Elektr signallarini kuchaytirish  uchun xizmat qiladigan yarim o’tkazgichli asbob  tranzistor deyiladi. 

Vakuumda elektr tokini elektronlar oqimi tashiydi

185.Termoelektron emissiya- Issiqlik ta’sirida metal  sirtidan  elektronlarning uchib chiqish hodisasi termoelektron  

emissiya deyiladi. 

186.Vakuumli  diod- Elektr  tokini bir tomonlama o’tkazuvchi vakuumli asbob  vakuumli diod deyiladi. 



Gazlarda elektr  tokini  musbat ionlar va elektronlar tashiydi. 

187.Gaz  razryadi- Gaz orqali elektr toki o’tishi gaz razryadi deyiladi. 

       Gaz razryadi 2 xil: 

1.Nomustaqil razryad 

2.Mustaqil razryad. 

188. Nomustaqil razryad- Tashqi ionlashtiruvchi ta’sir olib tashlangandan do’ng to’xtaydigan razryad nomustaqil razryad  

deyiladi. 

189. Mustaqil razryad- Tashqi ionlashtiruvchi ta’sir olib tashlangandan do’ng to’xtamaydigan razryad mustaqil razryad  

deyiladi. 

        Mustaqil razryad turlari: 

 1.Miltillama razryad 

 2.Elektr  yoyi 

 3.Tojli razryad 

 4.Uchqunli razryad. 

        

Miltillama razryad  juda past kuchlanishlarda va  tok kuchlarida hosil bo’ladi. Reklama chiroqlarida foydalaniladi. 

Elektr  yoyi  50-100 A tok kuchida va taxminan shunday kuchlanishlarda sodir bo’ladi.Undan payvantlash  ishlarida  

va projektorlarda  foydalaniladi. 



Tojli razryad o’tkazgichning uchli qismlarida paydo bo’ladi. Tojli razryad energiya isrofiga sababchi bo’lganligi  

uchun o’tkazgichning uchli qismlari olib tashlanadi. 



Uchqunli razryad juda yuqori  kuchlanishlarda va  tok kuchlarida sodir  bo’ladi. Yashin misol bo’ladi. 

 190.Plazma-Qisman yoki to’liq ionlashgan gaz plazma deyiladi. 

     

                         



Molekulyar kinetik nazariya 

191.Issiqlik  harakati- Jismni  tashkil  qiluvchi zarrachalarning tartibsiz xaotik harakti issiqlik harakati deyiladi. 

192.Issiqlik  hodisalari-Issiqlik  harakatiga bog’liq bo’lgan hodisalar issiqlik hodisalari deyiladi. 

193.Molekulyar  kinetik  nazariya- Issiqlik  hodisalarini barcha jismlar eng mayda zarralardan tuzilgan degan tasavvur  

asosida o’rganadigan nazariya molekulyar kinetik nazariya deyiladi. 

        Molekulyar kinetik  nazariyaning asosiy qonun-qoidalari 3 ta: 

1.Barcha jismlar eng mayda zarrachalardan tuzilgan. 

2.Bu zarralar tartibsiz harakat qiladi. 

3.Bu zarralar o’zaro ta’sirda bo’ladi. 

194.Braun  harakati- Suyuqlikda erimaydigan qattiq jism zarralarining hech qachon to’xtamaydigan tartibsiz (xaotik)  

harakati Braun  harakati deyiladi. 

195.Ideal  gaz-Molekulalari  orasidagi o’zaro ta’sir e’tiborga olinmaydigan gaz  ideal  gaz deyiladi.  

196.Ideal  gaz- Gaz  qonunlariga  to’liq  bo’sunadigan gaz ideal gaz deyiladi. 

Gaz  parametrlari  3 ta: 

1.Harorat 

2.Hajm 


3.Bosim. 

197.Issiqlik  muvozanati-

Gaz  parametrlari istalgancha  uzoq  vaqt o’zgarmay qoladigan holat issiqlik muvozanati deyiladi.  

198.Nisbiy  molekulyar  massa- Tayinli bir modda molekulasi massasining uglerod atomi massasining 12 dan 1 qismiga  

nisbati nisbiy  molekulyar massa deyiladi.  

199.Modda  miqdori- Tayinli bir moddadagi  molekulalar  sonining 0.012 kg ugleroddagi atomlar  soniga  nisbati modda  

miqdori deyiladi.    

200. 1  mol- Moddaning  shunday miqdoriki , undagi molekulalar  soni 0.012 kg ugleroddagi  atomlar soniga teng. 

201.Molyar hajm-Normal sharoitda 1 mol gaz egallaydigan hajm molyar hajm deyiladi. 


 

 

202.Normal sharoit-Atmosfera bosimi 100 kP



a

 va harorat 0 

o

C bo’lgandagi sharoit normal sharoit deyiladi. 



203.Loshmidt soni-Normal sharoitdagi 1 m

3

 hajmdagi ideal gaz molekulalari soni Loshmidt soni deyiladi. 



204.Molyar massa- 1 mol miqdorda olingan modda massasi molyar massa deyiladi. 

205.Konsentratsiya-Hajm birligidagi molekulalar soni konsentratsiya deyiladi. 

206.Boltsman doimiysining fizik ma’nosi- 1ta gaz molekulasining haroratini 1 K ga o’zgartirish uchun 

23

10



38

,

1



 J  



energiya berish zarur. 

207.Universal gaz doimiysining fizik ma’nosi- 1 mol gazning haroratini 1 K ga o’zgartirish uchun 8,31 J  

energiya berish zarur. 

208.Izojarayon-Gaz parametrlaridan biri o’zgarmas bo’lganda sodir bo’ladigan jarayon izojarayon deyiladi. 

209.Boyl-Mariot qonuni-Ma’lum bir massali gazning harorati o’zgarmas bo’lganda,bosimi va hajmining ko’paytmasi  

o’zgarmaydi. 

210.Izotermik jarayon-Harorat o’zgarmas bo’lganda sodir bo’ladigan jarayon izotermik jarayon deyiladi. 

211.Gey-Lyussak qonuni- Ma’lum bir massali gazning bosimi o’zgarmas bo’lganda,hajmining haroratga nisbati  

o’zgarmaydi. 

212. Izobarik jarayon-Bosim o’zgarmas bo’lganda sodir bo’ladigan jarayon izobarik jarayon deyiladi. 

213.Sharl qonuni- Ma’lum bir massali gazning hajmi o’zgarmas bo’lganda,bosimning haroratga nisbati o’zgarmaydi. 

214. Izoxorik jarayon-Hajm o’zgarmas bo’lganda sodir bo’ladigan jarayon izoxorik jarayon deyiladi. 



Termodinamika 

215.Termodinamika-Issiqlik hodisalarini barcha jismlar eng mayda zarrachaardan tuzilganligini e’tiborga olmasdan  

o’rganadigan fizika bo’limi termodinamika deyiladi.  

216. Termodinamikaning 1-qonuni-Sistema bir holatdan ikkinchi holatga o’tganda ichki energiyaning o’zgarishi tashqi  

kuchlar ishi bilan sistemaga uzatilgan issiqlik miqdorining yig’indisiga teng. 

Termodinamikaning 1-qonunining izojarayonlarga tadbiqi: 

1.Izotermik jarayonda sistemaga uzatilgan issiqlik miqdori gaz bajargan ishga teng. Ichki energiya  

   o’zgarmaydi. 

2.Izoxorik jarayonda ish bajarilmaydi. Sistemaga uzatilgan issiqlik miqdori ichki energiyaning o’zgarishiga  

   teng. 

3.Adiabatik jarayonda tashqi muhit bilan issiqlik almashinmaydi.Ichki energiyaning o’zgarishi tashqi kuchlar  

 bajargan ishga teng.  

217.Adiabatik jarayon-Tashqi muhit bilan issiqlik almashmaydigan qilib izolyatsiyalangan sistemada sodir bo’ladigan  

jarayon adiabatik jarayon deyiladi. 

218.Karno sikli- 2ta adabata va 2ta izotermadan iborat sikl Karno sikli deyiladi 

219.Issiqlik mashinasi-Yoqilg’ining ichki energiyasini mexanik energiyaga aylantiruvchi mashina issiqlik mashinasi  

deyiladi. 

220. Termodinamikaning 2-qonuni-Tabiatdagi barcha jarayonlar qaytmas jarayonlardir.Issiq jismdan sovuq jismga  

issiqlikning o’tishi qaytmas jarayondir.Ya’ni sovuq jismdan issiq jismga issiqlikni o’z-o’zidan o’tkazib  

bo’lmaydi. Termodinamikaning 2-qonuni issiqlik hodisalari uchun energiyaning saqlanish qonunini  

to’ldiradi. 

Optika 

 

221.Optika-Fizikaning yorug’lik o’rganadigan bo’limi optika deyiladi. 

222.Geometrik optika-Yorug’likni yorug’lik nuri to’g’risidagi tasavvurlar asosida o’rganadigan optikaning bo’limi  

geometrik optika deyiladi. 

223.Yorug’lik nuri-Yorug’likning tarqlish yo’nalishini ko’rsatadigan to’g’ri chiziq yorug’lik nuri deyiladi. 

Yorug’likning qaytishi 2 turli bo’ladi: 

1.Ko’zu qaytish 

2.Diffuz qaytish 

Ko’zgu qaytish yo’naltirilgan holda qaytishdir. 

Diffuz qaytish sochilgan holda qaytishdir. 

Diffuz qaytish tufayli biz tevarak atrofdagi jismlarni ko’ramiz. 

224.Ko’zgu qaytish-Sirt notekisliklarining o’lchamlari yorug’lik to’lqinining uzunligi qadar bo’lgan holdagi qaytish  

ko’zgu qaytish deyiladi. 

225.Diffuz qaytish- Sirt notekisliklarining o’lchamlari yorug’lik to’lqinining uzunligidan ancha katta bo’lgan holdagi  

qaytish diffuz qaytish deyiladi. 

226.Yorug’likning qaytish qonuni-Tushuvchi nur, qaytgan nur va nurning tushish nuqtasida sirtga o’tkazilgan  

perpendikulyar bir tekislikda yotadi.Qaytish burchagi 

 tushish burchagi 



ga teng. 



 

 

227. Yorug’likning qaytish qonuni-Tushuvchi nur, singan nur va nurning tushish nuqtasida 2 muhit chegarasiga  



o’tkazilgan perpendikulyar bir tekislikda yotadi.Tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga  

nisbati berilgan 2 muhit uchun o’zgarmas kattalikdir. 

228.Absolyut sindirish ko’rsatkichi-Muhitning vakuumga nisbatan sindrish ko’rsatkichi absolyut sindirish ko’rsatkichi  

deyiladi. 

229.Nisbiy sindirish ko’rsatkichi- Ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan sindrish ko’rsatkichi nisbiy sindirish  

ko’rsatkichi deyiladi. 

Sindirish ko’rsatkichi katta bo’lgan muhit optic zichligi katta muhit deyiladi. 

Yorug’lik optik zichligi katta muhitdan optik zichligi kichik muhitga o’tganda to’la qaytish hodisasi ro’y beradi. 

230.To’la qaytish- Yorug’lik optik zichligi katta muhitdan optik zichligi kichik muhitga o’tganda, 

o

90



bo’lgan  

holdagi qaytish to’la qaytish deyiladi. 

231.To’la qaytishning chegaraviy burchagi- Yorug’lik optik zichligi katta muhitdan optik zichligi kichik muhitga  

o’tganda 

o

tushish burchagi to’la qaytishning chegaraviy burchagi deyiladi. 



232.Linza- 2 tomoni sferik sirt bilan chegaralanga shaffof jism linza deyiladi. 

Linzalar 2 turli bo’ladi: 

1.Qavariq linza 

2.Botiq linza 

Qavariq linza yig’uvchi linzadir. 

Botiq linza sochuvchi linzadir. 

233.Qavariq linza-O’rtalari chetlariga nisbatan yo’g’on bo’lgan linza qavariq linza deyiladi. 

234.Botiq linza-O’rtalari chetlariga nisbatan ingichka bo’lgan linza botiq linza deyiladi. 



Qavariq linza turlari:   

1. Ikki yoqlama qavariq- 

    

2. Yassi qavariq-   



3. Botiq qavariq-   

Botiq linza turlari:   

1. Ikki yoqlama botiq-  

 

2. Yassi botiq-  



3. Qavariq botiq-

 

Yaqindan ko’rish nuqsoni bor ko’zlar uchun sochuvchi linzadan ko’zoynak tayyorlanadi. 



Uzoqdan ko’rish nuqsoni bor ko’zlar uchun yig’uvchi linzadan ko’zoynak tayyorlanadi. 

Yig’uvchi linzada tasvir yasashning 5 ta holati: 

1.Buyum fokus bilan linza oralig’ida joylashgan bo’lsa, tasvir mavhum,to’g’ri kattalashgan bo’ladi. 

2.Buyum fokusda joylashgan bo’lsa, tasvir cheksizlikda hosil bo’ldi. 

3.Buyum fokus bilan ikkilangan fokus oralig’ida joylashgan bo’lsa, tasvir haqiqiy, teskari,kattalashgan  

   bo’ladi. 

4.Buyum ikkilangan fokusda joylashgan bo’lsa,tasvir haqiqiy,teskari va tasvir o’lchami buyum o’lchamiga  

   teng bo’ladi. 

5.Buyum ikkilangan fokusdan uzoqda joylashgan bo’lsa,tasvir haqiqiy,teskari kichiklashgan bo’ladi. 



Sochuvchi linzada tasvir yasash: 

Sochuvchi linzada buyum qayerda jooylashishidan qat’iy nazar tasvir focus bilan linza oralig’idahosil bo’ladi va  

tasvir mavhum,to’g’ri,kichiklashgan bo’ladi. 

Yig’uvchi linzada tasvir yasashda 3 ta nurning yo’li quyidagicha bo’ladi: 

1.Bosh optik o’qqa parallel nur linzada singach,fokus  orqali o’tadi. 

2.Optik markaz orqali o’tuvchi nur sinmasdan o’tadi. 

3.Fokus orqali o’tuvchi nur linzada singach,bosh optic o’qqa parallel yo’naladi. 

235.Yupqa linza-Qalinligi sferik sirt radiusiga nisbatan juda kichik bo’lgan linza yupqa linza deyiladi. 

236.Linzaning optik kuchi-Fokus masofaga teskari bo’lgan kattalik linzaning optik kuchi deyiladi. 

237.Lupa-Kattalshtirishi 2,5 dan 25 gacha bo’lgan yig’uvchi linza lupa deyiladi. 

Lupada tasvir to’gri,mavhum kattalashgan bo’ladi. 

Inson ko’zida tasvir haqiqiy, teskari, kichiklashgan bo’ladi. 

 

To’lqinlar 

 


 

 

238.To’lqin-Vaqt o’tishi bilan tebranishlarning fazoda tarqalishi to’lqin deyiladi. 



To’lqinlar 2 turli bo’ladi: 

1.Ko’ndalang to’lqin 

2.Bo’ylama to’lqin 

239.Ko’ndalang to’lqin-Tarqalish yo’nalishi tebranish yo’nalishiga perpendikulyar bo’lgan to’lqin ko’ndalang to’lqin  

deyiladi. 

240. Bo’ylama to’lqin-Tarqalish yo’nalishi tebranish yo’nalishi bilan bir xil bo’lgan to’lqin bo’ylama to’lqin deyiladi. 

Kondalang mexanik to’lqinlar faqat qattiq jismlarda va suyuqlik sirtlaridagina tarqala oladi. 

Bo’ylama mexanik to’lqinlar suyuqliklarda ham, gazlarda ham qattiq jismlarda ham tarqala oladi. 

241.Tovush to’lqinlari-Chastotasi 17 Gs dan 20 ming Gs gacha bo’lgan to’lqinlar tovush to’lqinlari deyiladi. 

242.Infratovush to’lqinlari-Chastotasi 17 Gs dan kam bo’lgan tovush diapazonidagi to’lqinlar infratovush to’lqinlari  

deyiladi. 

243. Ultratovush to’lqinlari-Chastotasi 20 ming Gs dan katta bo’lgan tovush diapazonidagi to’lqinlar ultratovush  

to’lqinlari deyiladi. 

Tovushning qattiqligi amplitudaga, balandligi chastotaga bog’liq. 

Tovush to’lqinlari vakuumda tarqalmaydi. 

Tovushning havoda tarqalish tezligi havoning zichligiga bog’liq emas, haroratga bog’liq va harorat ortish bilan  

ortadi.  

244.Gyugens prinspi-Fazoning to’lqinlar g’alayoni yetib brogan istalgan nuqtasi ikkilamchi to’lqinlar manbaiga aylanadi. 

245.Gyugens-Frinel prinspi-Fazoning to’lqinlar g’alayoni yetib brogan istalgan nuqtasi ikkilamchi to’lqinlar manbaigina  

bo’lib qolmasdan balki, interferensiyalash natijasi hamdir aylanadi. 

246.Interferensiya-To’lqinlarning o’zaro qo’shilishi natijasida bir-birini kuchaytirishi yoki zaiflashtirishi interferensiya  

deyiladi. 

247.Interferensiya-Fazoning biror nuqtasida to’lqinlar energiyalarining butunlay qayta taqsimlanishini yuzaga keltirgan  

holda qo’shilishi interferensiya deyiladi. 

248.Maksimumlar sharti-Fazoning biror nuqtasida o’zaro qo’shiluvchi to’lqinlarning yo’l ayirmasi butun son marta  

to’lqin uzunligiga teng bo’lsa bu to’lqinlar bir-birini kuchaytiradi. 

249. Minimumlar sharti-Fazoning biror nuqtasida o’zaro qo’shiluvchi to’lqinlarning yo’l ayirmasi toq son marta yarim  

to’lqin uzunligiga teng bo’lsa bu to’lqinlar bir-birini susaytiradi (zaiflashtiradi). 

250.Difraksiya-To’lqinlarning to’siqlarni aylanib o’tish hodisasi difraksiya deyiladi. 

Yorug’lik to’lqinlarining difraksiyasi tirqish yoki to’siq o’lchamlari yorug’lik to’lqinining uzunligi qadar bo’lgan  

hollarda kuzatiladi. Shuningdek, yorug’lik difraksiyasi manbaadan buyumgacha va buyumdan ekrangacha bo’lgan  

masofa buyum o’lchamlaridan juda katta bo’lgan hollarda ham kuzatiladi. 

Yorug’lik difraksiyasi difraksion panjara yordamida kuzatiladi. 

Yorug’lik-elektromagnit to’lqin hisoblanadi. 

 

 

Elektromagnit to’lqinlarning to’lqin uzunligi kamayish tartibi: 

1.Past chastotali to’lqinlar 

2.Radioto’lqinlar 

3.Infraqizil nurlar 

4.Ko’rinadigan yorug’lik 

5.Ultrbinafsha nurlar 

6.Rentgan nurlar 

7.Gamma nurlar 

Radio to’lqinlar quyidagi guruhlarga bo’linadi: 

1.Uzun to’lqinlar  

)

1000


(

m



 

2.O’rta to’lqinlar 

)

1000


100

(

m





 

3.Qisqa to’lqinlar 

)

100


10

(

m





 

4.Ultra qisqa to’lqinlar 

)

10

(



m



 

Ko’rinadigan yorug’lik to’lqinlari taxminan 320 nm dan 760 nm gacha to’lqin uzunligida bo’ladi. 

Nyutonning ta’rificha ko’rinadigan yorug’lik to’lqinlari 7 xil rangga ajraladi: 

1.Qizil (to’lqin uzunligi eng katta) 

2.To’q sariq 

3.Sariq 


4.Yashil 

5.Havorang 



 

 

6.Ko’k 



7.Binafsha (to’lqin uzunligi eng kichik)  

251.Infraqizil nurlar-To’lqin uzunligi qizil yorug’lik to’lqin uzunligidan katta bo’lgan optik diapazondagi ko’rinmas  

nurlar infraqizil nurlar deyiladi. 

252.Ultrabinafsha nurlar-To’lqin uzunligi binafsha yorug’lik to’lqin uzunligidan kichik bo’lgan optik diapazondagi  

ko’rinmas nurlar ultrabinafsha nurlar deyiladi. 

Ultrabinafsha nurlarni oddiy deraza shishasi o’tkazmaydi. 

Ultrbinafsha nurlarning kichik dozasi organism uchun shifobaxsh. Ultrabinafsha nurlarining yuqori dozasi ko’zning  

to’r pardasini yemiradi.  

Atmosferaning yuqori qatlamlarida ultrabinafsha nurlar dozasi yuqori bo’ladi. Shu sababli alpinistlar oddiy  

shishadan ko’zoynak taqishadi. 

Infraqizil nurlardan qorong’uda obyektning tasvirini olishda foydalaniladi. 

253.Spektr-Murakkab oq yorug’likning 7 xil rangga ajralishi spektr deyiladi. 

Shaffof prizma murakkab oq yorug’likni 7 xil rangga ajratuvchi asbob. 

Qizil yorug’lik bir muhitdan 2-muhitga o’tishda eng kam burchakka og’adi va eng katta tezlik bilan tarqaladi. 

Binafsha yorug’lik bir muhitdan 2-muhitga o’tishda eng katta burchakka og’adi va eng kichik tezlik bilan tarqaladi. 

254.Yorug’lik dispersiyasi-Yorug’lik sindirish ko’rsatkichining uning rangiga (chastotasiga) bog’liqligi yorug’lik  

dispersiyasi deyiladi. 

255.Yorug’lik dispersiyasi-Yorug’lik sindirish ko’rsatkichining uning to’lqin uzunligiga bog’liqligi yorug’lik dispersiyasi  

deyiladi. 

Rangi bilan farq qiluvchi nurlar chastotasi bilan farqlanadi. 

Yorug’lik bir muhitdan ikkinchi muhitga o’tganda uning rangi va chastotasi o’zgarmaydi, to’lqin uzunligi  

o’zgaradi. 

256.Nisbiylik nazariyasining 1- postuloti-Tabiatdagi barcha hodisalar barcha inersial sanoq sistemalarida bir xilda yuz  

beradi. 

257.Nisbiylik nazariyasining 2- postuloti-Yorug’likning vakuumda tarqalish tezligi barcha inersial sanoq sistemalari  

uchun bir xildir.U manbaaning tezligiga ham,yorug’lik signalini qabul qilgichning tezligiga ham bog’liq  

emas. 


258. Relyativistik dinamika-Yorug’lik tezligiga yaqin tezliklar dinamikasi relyativistik dinamika deyiladi. 

259.Tinchlik energiyasi-Har qanday jism o’zining mavjudlik faktiga ko’ra tinchlik energiyasiga ega. 

260.To’lqin sirt-Bir xil fazada tebranuvchi fazoning barcha nuqtalari to’plami to’lqin sirt deyiladi. 

261.To’lqin fronti-Bir xil vaqt mobaynida to’lqinlar yetib brogan fazoning barcha nuqtalar to’plami to’lqin fronti  

deyiladi. 

To’lqin fronti bitta, to’lqin sirt istalgancha bo’lishi mumkin. 

Har qanday o’zidan issiqlik chiqaruvchi jism infraqizil nurlar tarqatadi. 

Yorug’lik vakuumdan boshqa muhitga o’tganda uning to’lqin uzunligi kamayadi.  

262.Fotoeffekt-Yorug’’lik ta’sirida moddadan elektronlarning uchib chiqish hodisasi fotoeffekt deyiladi. 

Fotoeffekt hodisassi yorug’likning korpuskulyar nazariyasini tasdiqlovchi hodisadir. 

Interferensiya,dispersiya,difraksiya va qutublanish hodisalari yorug’likning to’lqin nazariyasini tasdiqlovchi  

hodisalardir. 

263.Qutblanish-Yorug’lik ayrim shaffof  kristallar orqali o’tkanda intensivligining kamayishi qutblanish deyiladi.  

Qutblanish hodisasi yorug’likning ko’ndalang to’lqin ekanligini isbotlovchi asosiy hodisadir. 

Yorug’lik va elektromagnit to’lqinlarda qutblanish hodisasi kuzatiladi. 

264.Intensivlik-Birlik yuza orrqali birlik vaqt ichida o’tuvchi to’lqin energiyasi intensivlik deyiladi. 

265.Foton-Yorug’lik zarrasi, yorug’lik portsiya va yorug’lik kvanti foton deyiladi. 

266.Fotoeffektning 1-qonuni-Yorug;lik ta’sirida metall sirtidan uchib chiqayotgan fotoelektronlar soni intensivlik ortishi  

bilan ortadi. 

267. Fotoeffektning 1-qonuni-Yorug;lik ta’sirida metall sirtidan uchib chiqayotgan fotoelektronlar soni birlik vaqt ichida  

birlik yuzaga tushuvchi yorug’lik to’lqinining energiyasi ortishi bilan ortadi. 

268.Fotoeffektning 2-qonuni-Yorug;lik ta’sirida metall sirtidan uchib chiqayotgan fotoelektronlar maksimal kinetik  

energiyasi chastota ortishi bilan ortadi,intensivlikka bog’liq emas. 

Atom va yadro fizikasi 

Rezerford tajribasiga ko’ra atomning planitar modulida yadro atrofida elektronlar o’z orbitalari bo’ylab  

harakatlanadilar. Yadroning o’lchami atom o’lchamiga nisbatan 10 ming-100 ming martalab kichik bo’ladi. Lekin  

atomning asosiy massasi yadroda to’planadi. 

269.Borning 1-postulati-Atomlar  ma’lum bir statsionar holatlarda bo’la oladi. Bu statsionar holatlarda atomlar  

tomonidan yorug’lik chiqarilmaydi ham yutilmaydi ham. 

270.Borning 2-postulati-Atomlar bir statsionar holatdan ikkinchi statsionar holatga o’tganda atomlar tomonidan  


 

 

yorug’lik chiqariladi yoki yutiladi. 



Yuqori holatdan quyi holatga o’tganda (    ) yoruglik chiqariladi, quyi holatdan yuqori holatga o’tganda (   ) yorug’lik  

yutiladi. 

Nurlanish spektrlari 2 turli bo’ladi: 

1.  Chiqarish spektrlari 

2.  Yutilish spektrlari 

Atomlar qiziganda qanday spektrlarni chiqarsalar sovigan holatda xuddi shunday spektrlarni yutadilar. 

Chiqarish spektrlari 3 xil: 

1. Uzluksiz (tutash) spektrlar 

2. Chiziq-chiziq spektrlar 

3. Yol-yo’l spektrlar 

Uzluksiz spektrlarni quyosh, sham, elektr lampochka kabilar hosil qiladi. 

Chiziq-chiziq spektrlarni yakka-yakka atomlardan tuzilgan gazlar hosil qiladi. 

Yo’l-yo’l spektrlarni molekulyar tuzilishdagi gazlar hosil qiladi. 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling