Mexanika va molekulyar fizika


Mt ga kuch momentining implusi deyiladi. Iω


Download 1.05 Mb.
bet6/26
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1599178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
umumiy fizika usl.qullanm.1

Mt ga kuch momentining implusi deyiladi. ga harakat miqdorining momenti deyiladi. Demak, jism harakat miqdori momentining biror vaqt oralig’idagi o’zgarishi xuddi shu vaqt oralig’idagi kuch momentining implusiga teng.
Ayrim jismlarning inersiya momentlarini qarab chiqamiz.

  1. Massasi m, uzunligi l bo’lgan to’g’ri, ingichka sterjenning inersiya momenti.

  1. aylanish o’qi uning bir ichidan o’tsa



(9)



  1. aylanish o’qi uning markazidan o’tsa



(10)



  1. Massasi m, radiusi R bo’lgan sharning inersiya momenti



(11)
Shteyner teoremasi. Agar jismning inersiya markazi orqali o’tgan o’qqa nisbatan inersiya momenti I bo’lsa, bu o’qdan d masofada unga parallel o’tkazilgan o’qqa nisbatan uning inersiya momenti


(12)

bo’ladi.



  1. Harakat miqdori momentining saqlanish qonuni.


Aylanma harakatning barcha qonunlari bilan ilgarilama harakat qonunlari orasida o’xshashlik bor. Bundan foydalanib, harakat miqdori momentining saqlanish qonunini yozish mumkin.
Ma’lumki, harakat miqdorining saqlanish qonuni quyidagi ko’rinishga ega


(1)

Huddi shunga o’xshash harakat miqdori momentining saqlanish qonunini yozish mumkin.




(2)

bu yerda Ii va Wi mos ravishda yopiq sistemani tashkil qiluvchi jismlarning inersiya momentlari va burchak tezliklari.


Demak, yopiq sistemadagi barcha jismlarning harakat miqdorlari momentlarining yig’indisi o’zgarmas kattalikdir.
Bitta jism uchun bu qonun quyidagicha yoziladi


(3)

demak, jismning inersiya momenti o’zgarsa, uning burchak tezligi ham o’zgaradi.


Katta tezlik bilan aylanayotgan massiv jism harakat miqdori momentining vektorini saqlaydi, ya’ni o’zining aylanish o’qining vaziyatini o’zgartirmaydi. Masalan, Yer shari aylanish o’qining holatini saqlaydi, harakatlanayotgan velosiped o’z turg’unligini saqlaydi.
Ma’lumki, ilgarilama harakat qilayotgan jismning kinetik energiyasi


(4)

edi. Xuddi shunga o’xshatib, aylanma harakat qilayotgan jismning kinetik energiyasini yozish mumkin.




(5)

Agar jism bir vaqtning o’zida ham ilgarilama ham aylanma harakat qilayotgan bo’lsa, uning to’la kinetik inergiyasi quyidagiga teng bo`ladi.


(6)

  1. Tebranma harakat. Garmonik tebranishlar.

Sistemaning o’z muvozanat holati atrofida davriy o’zgarib turadigan harakatiga tebranish deyiladi. Real sistemaning tebranishi har doim so’nuvchan bo’ladi. Uning so’nmasligi uchun doim ishqalanish kuchiga teng bo’lgan sarfni to’ldirib turish kerak. Buning uchun sistemaga davriy kuch ta’sir etib turishi lozim.


Agar sistemaning majburiy tebranish chastotasi uning xususiy tebranish chastotasiga teng bo’lib qolsa bunga mexanik rezonans deyiladi.
Sinuslar yoki kosinuslar qonuniga bo’ysunadigan eng sodda davriy tebranishlarga garmonik tebranishlar deyiladi.
M-moddiy nuqta A radiusi aylana bo’ylab doimiy ω=const burchak tezlik bilan aylanayotgan bo’lsin. Moddiy nuqtaning vertikal o’qqa bo’lgan proeksiyasi O muvozanat nuqta atrofida davriy tebranadi. Uning siljish kattaligi –A dan +A gacha o’zgaradi.
Siljish kattaligi quyidagicha aniqlanadi


(1)






Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling