2-Modul. Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti
3-mavzu. Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta’minoti
Axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti. Dasturiy ta’minot turlari: tizimli, amaliy va uskunaviy. Tizimli dasturiy ta’minotning vazifasi, tarkibi va strukturasi. Operatsion tizimlar, ularning turlari va ahamiyati. Kompyuter va mobil qurilmalar operatsion tizimlari. Xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar va utilitalar. Axborotlarni arxivlash dasturlari. Amaliy dasturiy ta’minotning vazifasi, tarkibi va strukturasi. Amaliy dasturlar paketi va ular yordamida echiladigan masalalar turkumi. Uskunaviy dasturiy ta’minotning vazifasi, tarkibi va strukturasi. Uskunaviy dasturiy vositalar paketi.
4-mavzu. Operatsion tizimlar
Operatsion tizimlar, ularning vazifasi, tarkibi va asosiy funksiyalari. Klient va server operatsion tizimlari. Fayllar va papkalar. Fayl tizimi va uni boshqarish. Operatsion tizim grafik interaktiv qobig‘i. Operatsion tizim servis dasturlari va ularning imkoniyatlari. Tarmoq va uning resurslarini boshqarish. Dasturlarni o‘rnatish va o‘chirish. Chop etuvchi qurilmalarni o‘rnatish va sozlash.
5-mavzu. Mutaxassislik masalalarini echishda axborot texnologiyalarini qo‘llash
Elektron jadvallarni qayta ishlashda jadval protsessorlarining funksional imkoniyatlaridan optimal foydalanish. Formula va standart funksiyalar va ulardan samarali foydalanish yo‘llari. Diagrammalarni shakllantirish va ularni bezash. Elektron jadval fayllari xususiyatini va chop etish parametrlarini sozlash. Mutaxassislikka oid jadval ma’lumotlarini guruhlash, tartiblash, saralash va filtrlash, ma’lumotlarni grafik tasvirlash.
Axborotlarni taqdimotlar ko‘rinishda shakllantirish texnologiyasi. Taqdimotda turli ob’ektlarni joylashtirish. Animatsiya masalalari. Tovush, tasvir, matn va harakatlar uyg‘unligini ta’minlash. Taqdimotni boshqarish.
6-mavzu. INTERNET texnologiyalari va ularning rivojlanishi
Kompyuter tarmoqlari va ularning mohiyati. Kompyuterlarning bir-biri bilan bog‘lanishi. Lokal, mintaqaviy va global tarmoqlar. Kompyuter tarmoqlari strukturasi. Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi. Simli va simsiz tarmoqlar (WiFi, WiMAX). Kompyuter tarmoqlarida manzil tushunchasi. Ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish. Kompyuter tarmoqlarining apparat va dasturiy ta’minoti. Server va klientlar. Tarmoq resurslari va ulardan umumiy foydalanish.
Kompyuter tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash. Axborot xavfsizligiga tahdidlar. Axborotni himoya qilishning texnik va dasturiy vositalari. Axborotni himoya qilishning kriptografik usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |