Mexanizatsiyalash muhandislari instituti qarshi filiali


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
Sana28.11.2020
Hajmi0.91 Mb.
#154276
Bog'liq
Географик глобус элементлари ва уни тузиш йулларини урганиш


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS  

TA’LIM VAZILRLIGI 

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO`JALIGINI  

MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI  

QARSHI FILIALI

 

 

 

“Kartashunoslik” fanidan amaliy dars uchun  

tayorlangan taqdimot 

 

 

Mavzu: Geografik globus elementlari va uni tuzish yullarini o’rganish 

 

 



Tuzuvchi:                                                                     M.Baxriyev

 

 



 

Qarshi_2020 

Mavzu: Geografik globus elementlari va uni 

tuzish yo’llarini o’rganish 

 

Reja: 

 

1. Globus haqida tushuncha 

2. Geografik globus elementlari 

3. Globus tuzish usullari 

 

Tayanch iboralar: globus, proeksiya, kartografik 

asos, globus, geografik globus. 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 

 

1. Asomov M., Mirzaliyev T. Topografiya asoslari va kartografiyadan 



labaratoriya mashg’ulotlari. – Тоshkent., ―O’qituvchi 1990. 

2. Mirzaliev T. Kartografiya – Toshkent., Fan 2004  

3. Mirzaaliyev T., Musayev I. Kartografiya – Toshkent., Ilm ziyo 2007 

4. 


https://geographyofrussia.com/obshhegeograficheskie-i-tematicheskie-

karty/ 


 

5. https://www.youtube.com/watch?v=Cq1LwrhmQ-g 



 

Globus yer yuzasining sharda kichraytirilib 

tasvirlangan  modelidir.  Yer  ellipsoidi  mayda 

masshtabdagi  tasvirida  globusdan  juda  kam  farq 

qilib, bu farq amalda sezilmaydi. Globuslar har xil 

mazmunga  ega:  geografik  globus,  siyosiy-

maʼmuriy globus, induktsion globus (qora rangda) 

va  amaliy  ishlarni  bajarish  uchun  moʼljallangan 

proektsion 

globuslar 

boʼladi. 

Odatdagi 

globuslarning  sirti  silliq  boʼladi.  Lekin  hozirgi 

vaqtda  relьefli  globuslar  ham  mavjud  boʼlib,  Yer 

sharining  relьefini  oʼrganishda  katta  ahamiyatga 

ega.  Globusda  qutblar,  meridian  va  parallellar, 

ekvator  chizigʼi  toʼgʼri  shaklda  tasvirlangan(1-

rasm). 


3-рaсм 

 

Shimoliy 

hamda 

janubiy 


geografik  qutblarni  birlashtiradigan 

va 


muayyan 

nuqtadan 

o'tgan, 

parallellar  bilan  tutashib  90°  li 

burchak  hosil  qiladigan  chiziqlar 

meridianlar  deyiladi  (meridianlarni 

har  bir  minutdan,  har  bir  gradusdan 

o'tkazsa  ham  bo’ladi).  Meridianlar 

globusda  har  10°  yoki  15°  dan 

o'tkazilib, 

qiymatlari 

ekvator 

chizig'iga yozib qo’yiladi(2-rasm). 



2-rasm 

 

Dunyo bo’yicha boshlang’ich meredian deb 

London 

shahrida 



joylashgan 

Grinvich 

labaratoriyasidan 

o’tuvchi 

meredian 

qabul 


qilingan(3-rasm). 

 

Grinvich  meridiani,  boshlangʻich  meridian, 



nolinchi  meridian  —  Yerda  geografik  uzunliklarni 

hisoblashda shartli ravishda boshlangʻich deb qabul 

qilingan  meridian.  Xalqaro  kelishuvga  muvofiq, 

Grinvich 

astronomiya 

rasadxonasidan 

oʻtadi. 

Grinvich  meredian  geografik  uzunliklar  hisobi 

olinadigan  boshlangʻich  meridian  boʻlib,  nolinchi 

soat  mintaqasining  oʻrta  meridiani  hisoblanadi 

(qarang  Vaqt).  Grinvich  merediandagi  mahalliy 

oʻrtacha  quyosh  vaqti  astronomiyada  keng 

qoʻllaniladi. (4-rasm). 

 

 



3-rasm 

 

Gʻarbda  bir  qancha  mamlakatlar 

1884 y.gacha uzunliklarni oʻlchashda Parij, 

Berlin,  Rim,  Nankin  kabi  poytaxt  yoki 

yirik  shaharlar  rasadxonalari,  Rossiyada 

19-asrgacha 

Sankt-Peterburg 

shahri 


yaqinidagi  Pulkovo  rasadxonasidan  oʻtgan 

meridianlarni  oʻzlari  uchun  boshlangʻich 

meridian  qilib  olganlar.  Qadimda  va  oʻrta 

asrlarda harita tuzishda Sharqda Ujjayn sh. 

(Hindiston),  Xoʻjand  shahri,  Ferro  orollari 

(Kanar  orollari)dan  oʻtgan  meridiandan 

boshlangʻich 

meridian 

sifatida 

foydalanganlar. 



4-rasm 

 

Ekvator  (lot.  aequator  —  teng 

boʻluvchi),  degan  ma’noni  anglatadi(5-

rasm).   

 

Yer  yuzasida  qutblardan  teng 



uzoqliqdan  oʻtkazilgan  katta  aylana 

chiziq; 


Yerning 

aylanish 

oʻqiga 

perpendikulyar 



boʻlgan 

va 


uning 

markazidan oʻtuvchi yassi yuza bilan yer 

yuzasining  kesishgan  chizigʻi.  Ekvator 

uzunligi  40  075  696  m.  Ervator  Yer 

sharini  ikkiga  —  Shimoliy  va  Janubiy 

yarim  sharlarga  boʻladi.  Geografik 

kengliklar  Ekvatordan  qutblarga  tomon 

hisoblanadi.  Ekvatorda kecha va  kunduz 

doimo teng boʻladi.  

5-rasm 


 

Ekvatordan  bir  xil  uzoqlikda 

joylashgan  nuqtalarni  birlashtiruvchi 

chiziqlarga  parallelar  deyiladi.  Eng 

kata  parallel  ekvator,  u  yer  sharini 

teng  ikkiga,  ya.ni  shimoliy  va 

janubiy yarim sharlarga bo'lib turadi. 

Parallellar  har  10°  dan  o'tkazilib, 

ularning  qiymatlari  0°  yoki  180°  li 

meridianda yozilgan bo'ladi(6-rasm). 

 

Globusni  yasash  uchun  yer 



yuzasi  12  ta  meridianal  bo'laklarga 

(tilimlarga)  bo'linib,  so'ng  tayyor 

sharga yopishtiriladi.  

6-rasm 


• Yer shar shaklda (o'ziga o'xshash geometrik shaklda) tasvirlanadi; 

• Yer  yuzasining  geografik  jihatdan  o'zaro  joylanish  holatlari  to'g’risida 



tasavvur beriladi.  

• Yer  yuzasining  hamma  joyi,  maydon  va  shakllar  o'zgartirilmasdan 



tasvirlanadi; 

• Globus yuzasining hamma joyida masshtab bir xilda bo'ladi 



• Yer  yuzasidagi  hamma  burchaklar  to'g'ri  tasvirlanadi,  meridian  va 

parallellar o'zaro kesishib to'g'ri burchak hosil qiladi 

Globus geografiya darslarida juda zarur ko'rgazmali qurol bo'lib, Yerning 

quyidagi xususiyatlarini aks ettiradi: 


 

Globusdan  quyidagi  ma.lumotlar  olinadi,  ya.ni  javob  topishda 

foydalanish  mumkin:  1)  Yer  sharining  umumiy  ko'rinishi  haqida;  2)  Yerning 

sharsimonligi; 3) Yerning kattaligi va shakli haqida tasavvur hosil qilishda;  

4) Yerning kattaligiga nisbatan tizma tog'lar balandligini taqqoslashda;  

5) Qutblar, ekvator, meridian va parallellarning ko'rinishi to'g'risida;  

6)  Graduslar  to'ri  to'g'risida;  7)  Yarim  sharlarning  shimoliy  va  janubiy 

ko'rinishini  aniqlashda;  8)  Globusdagi  nuqtalarning  kenglik  va  uzoqliklarini 

topishda, ya.ni geografik koordinatalarni aniqlashda; 9) Qutblarda yo'nalishlarni 

aniqlashda;  10)  Gorizont  tushunchasi  va  yer  yuzasidan  ko'tarilgan  sari  gorizont 

chizig'ining  kengayishi  to'g'risida;  11)  Har  xil  kengliklarda  quyosh  nurlarining 

tushish burchagini aniqlashda; 12) Òropiklar va qutb doiralarni ko'rsatishda;  13) 

Yer sharining issiqlik poyaslarini ko'rsatishda; 


14) Yerning sutkalik aylanishini ko'rsatishda; 15) Yerning quyosh atrofida aylanishi 

to'g'risida  tasavvur  hosil  qilishda;  16)  Yer  o'qining  orbita  tekisligiga  nisbatan 

qiyaligini  ko'rsatishda;  17)  Yil  fasllarining  hosil  bo'lishi  haqida  tasavvur  hosil 

qilishda;  18)  Joyda  gorizont  tomonlarini  aniqlash,  oriyentir  olish  va  boshqa 

maqsadlarda foydalanish mumkin. 

 

Globus okeanlar, materiklar, orollar, dengizlar, ko'llar va daryolarning katta-



kichikliklari,  ularning  shakllarini  taqqoslashda  juda  zarur  ko'rgazmali  qurol 

hisoblanadi. Globus dunyo aylanasida qilingan 

sayohatlarni  ko'rsatishda,  mamlakatlarning  yer  yuzasidagi  o'rnini,  ularning 

maydonini taqqoslashda ham muhim ahamiyatga egadir. 

 

Globusga  qarab  yer  yuzasidagi  ikki  nuqta  orasidagi  eng  yaqin  masofa 



bo'lgan ortodromiyani, globusdagi hamma meridianlarni bir xil burchak bilan kesib 

o'tadigan loksodromiyani aniqlash mumkin.  



Ekvator va parallellar loksodromiya hisoblanadi va hamma meridianlarni 90° burchak 

bilan kesib o'tadi (7-rasm) 



7-rasm. Toshkent bilan London oralig'idagi ortodromiya va loksodromiya 

 

Globusdagi  va  kartadagi  ortodromiyani 

kesib  o'tgan  geografik  obyektlarni  taqqoslasak, 

ular 


boshqa-boshqa 

joylardan 

o'tganligini 

ko'ramiz.  Bu  esa  kartada  yo'l  qo'yilgan  xatolik 

natijasidir.  Odatda,  samolyotlar,  ortodromiya 

chizig.i  bo'yicha  harakat  qiladi.  Yer  yuzasidagi 

ikki  nuqta  oralig.ini,  masalan,  Toshkent  bilan 

London  shaharlari  o'rtasidagi  eng  yaqin  masofa 

ortodromiyani  aniqlash  uchun  shu  2  shaharni 

globusdan  topib,  ularni  ip  bilan  tutashtirilsa, 

globusda  to'g.ri  chiziq.  ortodromiya  hosil  bo'ladi. 

Dunyo kartasidan ana shu 2 shaharni topib, ularni 

to'g.ri  chiziq  bilan  tutashtirilsa,  bu  to'g.ri  chiziq 

shu  2  shahar  orasidagi  eng  yaqin  masofa 

bo'lmaydi (8-rasm).  

8-rasm 


 

Xonada  va  undan  tashqarisida  amaliy 

ishlarni  bajarishda  induksion,  proyeksion, 

kesilgan 

globuslardan 

va 


boshqa 

xil 


globuslardan  ham  foydalaniladi.  Induksion 

globuslar 

qora 

rangda 


bo'lib, 

ularda 


meridianlar va parallellardan bo'lak hech narsa 

tasvirlanmaydi.  Induksion  globuslarda  parallel 

va meridianlarni tushuntirish oson.  

 

Proyeksion  globus  simdan  yasalgan 



bo.lib,  uning  soyasi  yordamida  kartografik 

proyeksiyalarni tushuntirish mumkin. 

 

Globus  kartadek  xohlagan  masshtabda 



yasalmaydi.  Maktablar  uchun,  odatda,  4  xil 

masshtabda  yasaladi  (1:30  000  000,  1:4  000 

000, 1:50 000 000 va 1:83 000 000).  


 

Bulardan 

tashqari, 

masshtabi 

yirikroq globuslar ham mavjud boʼlib, ular 

ilmiy-tadqiqot 

ishlarida 

qoʼllaniladi. 

Sharqda dastlabki globusni Oʼrta Osiyolik 

mashhur  olim  Abu  Rayhon  Beruniy 

tomonidan  yasalganligi  maʼlum.  Hozirda 

Oʼzbekiston  Milliy  universiteti(avvalgi 

Toshkent  Davlat  universiteti)  geografiya 

fakultetida 

professor 

H. 


Hasanov 

tashabbusi  bilan  oʼrnatilgan  1:7  mln. 

masshtabli  relyefli  globus  mavjud(9-

rasm). 


9-rasm 

E’tiboringiz uchun rahmat! 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling