Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

Davlat yer kadastri – yerlarning tabiiy, xo‘jalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat 
xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalarining o‘rni va o‘lchamlari, ularning yer 
egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijaraga oluvchilar va mulkdorlar o‘rtasidagi 
taqsimoti to‘g‘risidagi zaruriy hamda aniq ma’lumotlar va hujjatlar tizimi; 
Yerlarning ifloslanishi – tupoqlarda tarkibida kimyoviy birikmalar, radioaktiv 
elementlarning atrofdagi tabiiy muhitga, tuproq unumdorligiga va inson sog‘ligiga 
zararli ta’sir ko‘rsatadigan miqdorlarda mavjudligi. 
Yer uchastkasi garovi (ipotekasi) – yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan yer 
uchastkasini yoki unga bo‘lgan huquqni majburiyatni ta’minlash sharti bilan boshqa 
shaxsga o‘tkazilishi; 
Yer munosabatlari – davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslar 
o‘rtasidagi yerga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarrf qilish bilan 
bog‘liq munosabatlar; 
Servitut – yuridik va jismoniy shaxsning bir yoki bir nechta begona yer 
uchastkalaridan kelishuv yoki sud qarori asosida belgilanadigan cheklangan 
foydalanish huquqi; 
Yer nizosi – yer munosabatlari subyektlari o‘rtasidagi, xususan yer uchastkasi 
yoki uning bir qismining qaysidir shaxsga mansubligi, shuningdek servitutning 
belgilanishi va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi borasidagi nizolar; 
Yer uchastkasi – yer sirtining qayd etilgan berk chegaraga, maydonga, 
joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan 
boshqa xususiyatlariga ega bo‘lgan qismi; 
Yer fondi – yer sirtining, xususan suv obyektlari tubining O‘zbekiston 
Respublikasining davlat chegarasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, 
tumanlar, shaharlarning ma’muriy chegaralari ichida joylashgan qismi; 
Yer tuzish – yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni tashkil etishga, 
yer resurslarini hisobga olish va baholashga, qulay ekologik muhitni vujudga 


172 
keltirishga va tabiiy landshaftlarni yaxshilashga, yer tuzishning hududiy va ichki 
xo‘jalik rejalarini tuzishga qaratilgan tadbirlar tizimi; 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling