Mexanizatsiyalash muxandislar instituti
Download 322.64 Kb. Pdf ko'rish
|
15-mavzu
3. Elektr yoritgichlardan oqilona foydalanish Qishloq va suv xo„jalikgi ishlab chiqarish xonalarida har xil yoritgichlarni qo„llash mumkin. Masalan, chug„lanma lampali yoritgichlar soddaligi, arzonligi kabi afzalligi bilan birga ularni har xil atrof muxit sharoitlarida qo„llash mumkin. Lyuminestsent va boshqa xildagi gaz razryadli lampalarni energetik ko„rsagnichlari yuqoriroqdir. Chug„lanma lampalarga nisbatan, bir xil quvvatga ega bo„lgan lyuminestsent va gaz razryadli lampalar (DRL, DNAT, Dnat va xakazo) 5-6 barobar yuqoriroq yorug„lik oqimini xosil qiladilar. Natijada, loyihalanayotgan xonada, kerakli yoritiganlikni xosil qilish uchun, umumiy quvvati bir necha barobar kamroq bo„lgan yoritgichlar o„rnatish mumkin. Kunduz kuni yoritgichlarni ortiqcha ulanishidan bo„ladigan energiya sarfi quyidagi formula bilan aniqlanadi: фойд тал х й Т К Р Р Э (8.2) bu yerda: R x - lampalarning haqiqiy quvvati, kVt; R-lampalarning hisobiy quvvati, kVt; K tal .-elektr yoritgichlarni talab koyeffitsIyenti; T foyd .-maksimum yuklanishdan foydalanish muddati, soat. Elektr yoritgichlardan energiya tejamkorlik bilan foydalanishda turli hil yechimlarni qo„llash mumkin. Masalan, 2ta 60 Vt li lampaning o„rniga 1ta 100Vt li lampani o„rnatish bilan, xonaning yoritilganligi sezirarli darajada o„zgarmaydi va shuning bilan birgalikda elektr energiya isrofi 12% ga kamayadi. Yillik maksimumdan foydalanish vaqti katta bo„lgan xonalarda (masalan ma‟muriy binolarda – T foyda . = 2700 soat) 1 ta 300 Vt li cho„g„lanma lampani o„rniga 100 Vt li simobli razryadli lampani o„rnatish bilan bir yilda 486 kVt.s. elektrenergiyasi iqtisod qilinadi. 2ta 100 Vt li lampalarni o„rniga 1ta 40 Vt li lyuminestsent lampa o„rnatish bilan bir yilda 400 kVt soat elektr energiya iqtisod qilinadi. 7ta cho„g„lanma lampani o„rniga 1 ta natriyli razryadli 150 Vt li lampani o„rnatish bilan bir yilida 2360 kVt. s elektr energiyasi iqtisod qilinadi. Keltirilgan misollarni barchasida yoritilganlik o„zgarmaydi. Elektr lampalari xosil qilayotgan yorug„lik oqimi miqdori kuchlanish miqdori bilan uzviy bog„liqdir. Kuchlanish 1% ga pasayishi bilan cho„g„lanma lampalarni yorug„lik oqimi 3-4 %ga , lyuminestsent lampalarda 1,5 % ga va DRL tipidagi lampalarda 2,2% ga.kamayadi. Lampalarga berilayotgan kuchlanishni doimiy qilib saqlash uchun ularni maxsus transformatorlarga ulaymiz yoki kompensatsiyalovchi qurilmalardan foydalanamiz. Elektr yoritish tarmoqlarida elektr energiya isrofini kamaytirish uchun bu jarayonlarni avtomatlashtirish kerakdir. Elektr yoritishni boshqarish uchun bu jarayonlarni avtomatlashtirish kerakdir. Elektr yoritishni boshqarish uchun Ao, F-2, FRM - 62 va boshqa turidagi maxsus qurilmalardan foydalanamiz. Datchiklar hisobida soat mexanizmalari, vaqt relelari, fotoyelementlar, fotorelelar qo„llaniladi. Download 322.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling