IV. Kinematik diagrammalar mexanizmlar kinematik xarakteristikalarining grafik tasviri hisoblanadi.
Kinematik diagrammalarga quyidagilar kiradi:
a) kG`chish (siljish) diagrammasi, S=S(t)
b) tezliklar diagrammasi, V=V(t)
v) tezlanishlar diagrammasi a=a(t)
Kinematik diagrammalar o`zaro bog`langan. Ulardan biri ma`lum bo`lsa, qolganlarini topish mumkin. Nuqtalar harakat traektoriyalari bo`ylab doimo ilgarilanma-qaytma harakatlanishi mumkin. Ilgarilanma harakatlanuvchi nuqta uchun yo`l, ilgarilanma-kaytma harakatlanuvchi nuqta uchun oraliq grafiklari quriladi. Krivoship-polzunli mexanizmning ketma-ket vaziyatlari rejasidagi C nuqtaning chetki C0 holatidan o`lchangan masofa diagrammasini kuramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |