Mexatronika tizimlari yuritmalari Mexatronika elektryuritmalari
Download 1.04 Mb.
|
Mexatronika tizimlari yuritmalari
Kamchiliklari:
1.Yong’inga va portlashga xavfli zonalarda hamda nam joylarda ishlatishning qiyinligi, bu kamchilik himoyalangan yuritmani ishlatish bilan yo`qotiladi; 2. Narxining qimmatligi; 3. Ko`p vaqt uzluksiz ishlatganda dvigatelning isib ketishi va ishqalanadigan detallarning yeyilishi; 4. Yonidan o`tadigan boshqa boshqarish tarmog’lariga elektromagnit maydon g’alayon hosil qiladi; 5. Gidravlik va pnevmatik yuritmalarga nisbatan yomon massogabarit xarakteristikalariga ega. Hozirgi vaqtda mexatronikada elektryuritmalarni qo`llash sohalari: juda sifatli boshqariluvchi yengil MTlar; kichik massali (10-100 kg li) og’irlik ko`taruvchi qurilmalar; mobil robotlar. XIX asrning 30-yillarida Faradey o`zining tajribalarida doimiy magnit atrofida o`zidan tok o`tayotgan o`tkazgichning aylanishini isbotlab bergan vaqtdan elektrdvigatellar davri boshlandi. Shu printsip asosida Tomas Devenport tomonidan birinchi o`zgarmas tok elektrodvigateli yasaldi va sinovdan o`tkazildi. Ixtirochi o`zining qurilmasini ishlab turgan poezdda qo`lladi va shu bilan elektrmotorning ishga yaroqliligini isbotlab berdi. Maktab fizikasidan bizga ma`lumki, kuchlanish ostida bo`lgan o`tkazgichni magnit qutblari ichida o`rnatsak o`tkazgich atrofida uning butun uzunligi bo`ylab magnit maydoni hosil bo`ladi va magnit maydonlar o`zaro ta`sirlashuvi natijasida natijaviy “Amper” kuchi hosil qilinadi: F=B×I×L, bu yerda B- magnit maydoni induktsiyasi, I – tok kuchi, L –o`tkazgich uzunligi “Amper” kuchi vektori hamma vaqt magnit qutblari orasidagi magnit chiziqlariga perpendikulyar bo`ladi. Quyidagi 8.4-rasmda sxematik ravishda elektrdvigatelning ish printsipi ko`rsatilgan. Agar kuchlanish yo`nalishi o`zgartirilsa, yakorning aylanish yo`nalishi ham o`zgaradi. Shuning uchun shyotkalarning qutblarini o`zgartirib, elektrmotorni boshqarish mumkin. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling