5.1-rasm. Manipulyator yuritmalarining tipik sxemasi:
Д — dvigatel; M — harakatni o’zgartirish va uzatish mexanizmi; ДП, ДС — holat va tezlik datchiklari; УУП1, УУП2 — УУП boshqarish qurilmasining tarkibiy qismlari
2.Elektr yuritmalar
Elektryuritmalar yosh yuritmalar turiga kiradi, u XIX asrning ikkinchi yarmida elektrdvigatel yaratilgandan bir necha o`n yil o`tgandan keyin paydo bo`ldi. Bunday yuritmalar dvigatel valining aylanma harakatini ijrochi mexanizmning ilgarilanma-qaytarma harakatiga o`zgartirib beradi.
Elektryuritmalar faqat harakat qilgan vaqtda energiya iste`mol qiladi, bu esa uni ayniqsa kam xarajatli qiladi.
5.2-rasm.Elektryuritmaning strukturali sxemasi
5.3-rasm.Elektryuritmaning kinematik sxemasi
1-elektrdvigatel; 2,4-mufta; 3-reduktor; 5-ijrochi mexanizm; 6- kuchli o`zgartiruvchi qurilma; 7-boshqaruvchi qurilma
Afzalliklari:
1.Energiya narxining pastligi;
2. Gidravlik va pnevmatik yuritmalarga nisbatan konstruktsiyasining oddiyligi;
3. Ishlash vaqtida stabil tezlikni ta`minlash;
4. Energiyani masofaga ko`p yo`qotishsiz uzatish;
5.Boshqa yuritmalar ichida eng ko`p F.I.K.;
6. Bajaradigan ishning yuqori aniqligi;
7. Aniq pozitsiyalash va silliq rostlash imkoniyati;
8. Avtomatizatsiyalashning oddiyligi;
9. Minimal texnik xizmat ko`rsatishni talab qiladi;
10. Shovqin darajasi pastligi;
11. Ekologiya va tashqi muhitga ta`siri yo`qligi;
12. +/-500C yuqori va past haroratda stabil ishlashi.
Ularni MTlarga ko`proq qo`llashga sabablar:
robotlar uchun mo`ljallangan elektr yuritmalar yaratish oxirgi yillarda juda tez rivojlanib ketdi;
kompakt, boshqa yuritmalar bilan komplekt yuritmalar yaratishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |