Mexatronika tizimlari yuritmalari Mexatronika elektryuritmalari


Download 1.04 Mb.
bet3/5
Sana04.05.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1425471
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mexatronika tizimlari yuritmalari

Kamchiliklari:
1.Yong’inga va portlashga xavfli zonalarda hamda nam joylarda ishlatishning qiyinligi, bu kamchilik himoyalangan yuritmani ishlatish bilan yo`qotiladi;
2. Narxining qimmatligi;
3. Ko`p vaqt uzluksiz ishlatganda dvigatelning isib ketishi va ishqalanadigan detallarning yeyilishi;
4. Yonidan o`tadigan boshqa boshqarish tarmog’lariga elektromagnit maydon g’alayon hosil qiladi;
5. Gidravlik va pnevmatik yuritmalarga nisbatan yomon massogabarit xarakteristikalariga ega.
Hozirgi vaqtda mexatronikada elektryuritmalarni qo`llash sohalari:

XIX asrning 30-yillarida Faradey o`zining tajribalarida doimiy magnit atrofida o`zidan tok o`tayotgan o`tkazgichning aylanishini isbotlab bergan vaqtdan elektrdvigatellar davri boshlandi. Shu printsip asosida Tomas Devenport tomonidan birinchi o`zgarmas tok elektrodvigateli yasaldi va sinovdan o`tkazildi. Ixtirochi o`zining qurilmasini ishlab turgan poezdda qo`lladi va shu bilan elektrmotorning ishga yaroqliligini isbotlab berdi.
Maktab fizikasidan bizga ma`lumki, kuchlanish ostida bo`lgan o`tkazgichni magnit qutblari ichida o`rnatsak o`tkazgich atrofida uning butun uzunligi bo`ylab magnit maydoni hosil bo`ladi va magnit maydonlar o`zaro ta`sirlashuvi natijasida natijaviy “Amper” kuchi hosil qilinadi:
F=B×I×L,
bu yerda B- magnit maydoni induktsiyasi, I – tok kuchi, L –o`tkazgich uzunligi
“Amper” kuchi vektori hamma vaqt magnit qutblari orasidagi magnit chiziqlariga perpendikulyar bo`ladi. Quyidagi 8.4-rasmda sxematik ravishda elektrdvigatelning ish printsipi ko`rsatilgan.
Agar kuchlanish yo`nalishi o`zgartirilsa, yakorning aylanish yo`nalishi ham o`zgaradi. Shuning uchun shyotkalarning qutblarini o`zgartirib, elektrmotorni boshqarish mumkin.




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling