Me’yor tushunchasi


Reportaj tayyorlash, intervyu olish qoidalari


Download 0.62 Mb.
bet40/55
Sana29.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1140360
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55
Bog'liq
akademik yozuv uchun

4.Reportaj tayyorlash, intervyu olish qoidalari
1943 - yilda eng birinshi reportaj ishlanadi. Jahonda ko‘p voqealar bo‘lib o‘tadi va jurnalistlarning asosiy vazifasi shu voqealarning to‘liq tasvirini keng o‘quvchi omma­siga havola etishdan iboratdir. Aynan shu ma’lumotlar yordamida inson atrofidagi dunyoni taniydi, kerakli bilimni oladi va nimanidir o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Har qanday ma’lumot ma’lum bir shaklda taqdim etilishi lozim. Dastlabki axborot shaklidagi janr – bu maqola yoki yozma manba hisoblanadi. Bu ma’lum bir voqea yoki hodisa haqidagi qisqa xabar. Keng­roq tafsilotlar maqolalarda yoritiladi. Bunday maqolalarda jurnalist tomonidan dalillar bilan keltirib o‘tilishi hamda biror-bir axborot yoki ma’lumotni tahlil qilish istagi aks etishi lozim. Tahliliy maqola muallifining vazifasi – o‘quvchilarga nafaqat ma’lum bir voqea haqida xabar berish balki, “jonli misol” yordamida butun bir voqeani tahlil qilish vazifasi yuklanadi. Axborot janrlariga yana reportaj (matbuot, radio, televidenie orqali beriladigan mahalliy axborot yoki mahalliy muxbir xabarlari) va hisobot ham kiradi.
Reportaj (ing. report — yetkazmoq, xabar qilmoq) — jurnalistikaning informatsion janr turi. Bu janrda jurnalist (reportyor) bevosita oʻzi ishtirok etgan, shohidi boʻlgan, koʻrgan voqeahodisalar haqida zudlik bilan yorqin, atroflicha xabar beradi. Bunda, odatda, muallif voqealarni oʻz tilidan bayon etadi. reportajda barcha informatsion janrlar (lavha, hisobot, suhbat va sh.k.) unsurlari qoʻshilib ketadi. Unda badiiy obrazlar, tarixiy dalillardan keng foydalaniladi.

Ommaviy axborot aloqa vositalari turiga (matbuot, radioeshittirish, telekoʻrsatuv) qarab materiallarni reporataj orqali yoritishning ayrim oʻziga xos xususiyatlari boreportaj Matbuotda (asosan, gazetalarda) reportaj vokeaband va mavzuli (turli vaqtda boʻlgan voqealar bir mavzuga birlashtirilib bayon etiladi) boʻlishi mumkin. Bunday reportajlar, odatda, voqealar boʻlib oʻtgan joylardan olingan fotosuratlar bilan bezatiladi. Matbuotda fotoreportajlar ham keng tarqalgan. Radio orkali beriladigan reportajda voqealar obrazli, jonli soʻzlar bilan tavsiflanib, hamma vaqt xronologik izchillik saqlanadi. Telekoʻrsatuvlardagi reportajda ekranda namoyish etilayotgan voqealar sharhlab beriladi.


Bir qarashda, axborot tushunchasini aniqlab olish qiyin emas: bu bugungi kunda jamiyatda sodir bo‘layotgan voqealar haqidagi xabardir. Muxbir — sodir bo‘layotgan ushbu voqealarning oddiy kuzatuvchisi yoki hikoya qilib beruvchisidir, deb o‘ylash noto‘g‘ri, albatta. Muxbir tom ma’noda o‘sha, yetkazib berilayotgan xabarning ijodkori, yaratuvchisidir.
Har qanday ma’lumot ma’lum bir shaklda taqdim etilishi lozim. Dastlabki axborot shaklidagi janr – bu maqola yoki yozma manba hisoblanadi. Bu ma’lum bir voqea yoki hodisa haqidagi qisqa xabar. Keng­roq tafsilotlar maqolalarda yoritiladi. Bunday maqolalarda jurnalist tomonidan dalillar bilan keltirib o‘tilishi hamda biror-bir axborot yoki ma’lumotni tahlil qilish istagi aks etishi lozim. Tahliliy maqola muallifining vazifasi – o‘quvchilarga nafaqat ma’lum bir voqea haqida xabar berish balki, “jonli misol” yordamida butun bir voqeani tahlil qilish vazifasi yuklanadi. Axborot janrlariga yana reportaj (matbuot, radio, televidenie orqali beriladigan mahalliy axborot yoki mahalliy muxbir xabarlari) va hisobot ham kiradi.
Reportaj tayyorlashdan maqsad – voqeani jonli tasvirlash. Uni tayyorlash uchun jurnalist voqea sodir bo‘layotgan joyda ishtirok etishi shart.
Hisobot – bo‘lib o‘tgan voqeani aniq va to‘liq tasvirlash, ya’ni dalillarning quruq bayoni. Hisobot konferentsiya, yig‘ilish va turli xil majlislardan yozilishi mumkin. Lekin biz kengroq tarqalgan axborot janri – maqolaga qaytamiz.
Zamonaviy gazeta va jurnal sahifalarida, ayniqsa oila davrasiga mo‘ljallangan nashr­larda maslahat – maqola deb atash mumkin bo‘lgan xabarlarni ham uchratish mumkin. Bunday maslahatlar sog‘­liq, uy xo‘jaligini yuritish va o‘z-o‘zini tahlil qilishga bag‘ishlanadi.
Ko‘rinib turganingizdek, har bir janr asosida qandaydir xabarni ommaga yetkazish maqsadi yotadi. Shuning uchun ham kengaytirilgan maqolalarni jurnalistik lahjada korrespondentsiya ham, deb ataymiz.
Jurnalistlik kasbi yoza olish mahoratidan boshlanadi. Agar u risoladagidek yoza olmasa, demak, voqealarni tomoshabinga tushunarli tarzda yoritib bera olmaydi. Qachonki yozishni o’rganganda esa nima haqida yozishni bilish muhim.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling