Me’yor tushunchasi


Download 0.62 Mb.
bet37/55
Sana29.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1140360
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55
Bog'liq
akademik yozuv uchun

Internet tarixi. Matbuotda nisbatan yangi «axborot quroli» va «axborotlar jangi» atamalari tez-tez uchraydi, ular mazmunan harbiy san'atda inqilobni anglatadi. Chunki bu atamalar ortida qarama-qarshilikning printsipial yangi shakli yashirinib yotadi, ularda «g‘alaba», «dushmanni yo‘q qilish» maqsadi, yadro quroli yoki urush olib borish an'anaviy usullari yordamida emas, balki radioelektron vositalar axborot qurolidan ommaviy foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Rivojlangan mamlakatlarning ko‘pchilik analitiklari qurolning bu turini «zamonaviy dunyoda egalik qilishning hal qiluvchi omili» deb hisoblaydilar. Shunday qilib, «XXI asrning troyan oti» deb atash odat bo‘lib qolgan «axborot jangi» va «axborot quroli » o‘zi nima?
Yaqin o‘tmish tarixidan (1970-1990) Аmerika raketasi faqatgina EHM dasturida etti raqami o‘rniga bir raqami bo‘lg ani uchungina berilgan kursidan chetlangan. Raketa yerdan boshqarish punktidan buyruq berish bo‘yicha portlatib yuborildi.
Mars sayyorasi rayoniga uchib yetgan «Fobos» sovet fazoviy apparati keyingi vazifalarni bajarmadi: yuborilgan signalda atigi bir harf tushirib qoldirilgan edi, natijada yo‘l ko‘rsatish tizimi o‘chib qolishi sodir bo‘lgan.
Veneraga yo‘naltirilgan Аmerika fazoviy kemasi boshqaruv tizimi modulida operator vergul o‘rniga nuqta qo‘yib qo‘ygani uchungina o‘z uchishini to‘xtatgan.
1988 yil oktabr oyida АQShning sharqiy va g‘arbiy qirg‘oqlaridagi kompyuter markazlari bir necha soatlar davomida shunday deb ataluvchi «virusli infektsiya» bilan «zararlandi». «Epidemiya» 6 mingdan ko‘proq kompyuterlar va 70 kompyuter tizimlarini qamrab oldi. «Viruslar» axborotlar kanallarini to‘ldirib tez tarqalib bordi. Bundan tashqari, «Virus dasturlari» maxfiy parollarni bilib olishga imkon berdi va shu tariqa kompyuter tizimlariga ulanish, harbiy ob'ektlarni boshqarishni ta'minlagan. Bu ishda jinoyatchi 23 yoshli Kaliforniya universitetining talabasi bo‘lib chiqdi, u qiziqqani uchungina o‘zi tuzgan «virusli dasturni» universitet kompyuter tizimiga kiritgan edi. Bu «EHMga hujum» EHM xavfsizligini ta'minlash bilan shug‘ullanadigan, ayniqsa, АQSh yadro raketalarini uchirishni boshqarish bilan bog‘liq tizimlar ilmiy-texnik xodimlar orasida katta shov-shuv keltirib chiqardi.
Аxborot muhitning paydo bo‘lishi, aziz joylar bo‘sh bo‘lmasligi sababli bu muhitni nafaqat taqsimlab olishni, balki unda sodir bo‘layotgan jarayonlarni nazorat qilish va boshqarishni istaganlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Buning uchun axborot urushlar deb ataluvchi vositalardan foydalaniladi. Аxborot urushi dushmanning ma'lumotlariga va axborot tizimlariga ta'sir ko‘rsatish va bir vaqtning o‘zida o‘z ma'lumotlarini, axborot tizimlarini mustahkamlash yo‘li bilan milliy harbiy strategiyasini ta'minlashda axborot ustunlikka erishishga qaratilgan harakatlardan tashkil topadi. Rossiya strategik tadqiqotlar instituti analitiklari ishlarida axborot quroli harbiy va fuqarolar kibernetik tizimlariga ta'sir ko‘rsatish uchun axborotlar va axborot texnologiyalardan foydalanishning o‘zi deganini ko‘zda tutuvchi tushunchani axborot quroli sifatida olganlar.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling