Me'yordan oģish va deviant xulq-ijtimoiy pedagogik muammo sifatida


Download 54.53 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi54.53 Kb.
#1209090
Bog'liq
34 Pedagogika.n-WPS Office


Me'yordan oģish va deviant xulq-ijtimoiy pedagogik muammo sifatida.
309-guruh talabasi
ABDULLAYEVA MADINA.
Me'yordan og’ishganlik tiplari.
Me'yordan og’ishganlikni shartli ravishda to’rt guruhga bo’lish mumkin: jismoniy, psixik, pedagogik va ijtimoiy me'yordan jismoniy og’ishlik insonning sog’lig’i bilan bog’liq bo’lib, tibbiy ko’rsatkichlar orqali belgilanadi. U bolalarning yosh va jinsiy ko’rsatkichlari bilan (vazni, bo’y uzunligi, ko’krak kengligi va boshqalar) ifodalanadi.
U bolalarning yosh va jinsiy ko’rsatkichlari bilan (vazni, bo’y uzunligi, ko’krak kengligi va boshqalar) ifodalanadi. Ular bolaning sog’lig’ini xarakterlaydi. Aslida bular ideal ko’rsatkichlar bo’lib, bunday ko’rsatkichlarga to’la muvofiq keladigan bolani topish qiyin bo’lsa kerak. Jismoniy jihatdan me'yordan og’ishgan bolalarni ijtimoiylashtirish alohida qiyinchilik bilan amalga oshirilib maxsus ishlarni talab etadi.
Jismoniy jihatdan me'yordan og’ishgan bolalarni ijtimoiylashtirish alohida qiyinchilik bilan amalga oshirilib maxsus ishlarni talab etadi.
Sog’lig’i jihatidan me'yordan og’ishganlik biror kasallik asorati yoki avloddan-avlodga o’tuvchi omillar, ba'zan tashqi vaziyat orqali yuzaga kelishi mumkin. Masalan, og’ir ekologik vaziyat, oziq-ovqat, ichimlik suvining sifatsizligi, oilaning umumiy yashash sharoitining og’irlashishi va boshqalar.
Masalan, og’ir ekologik vaziyat, oziq-ovqat, ichimlik suvining sifatsizligi, oilaning umumiy yashash sharoitining og’irlashishi va boshqalar. Sog’ligi va o’sishida me'yordan og’ishlik bo’lgan insonlarning ko’pgina toifalari mavjud. 1980 yili jahon sog’liqni saqlash tashkiloti Britaniyaning imkoniyati cheklangan shaxslar uchun uch bo’g’inli shkalasini qabul qildi.
Xastalik – inson sog’lig’idagi har qandy yo’qotish, psixik yoki jismoniy funksiya anatomik tuzilmasi elementlari, faoliyatdagi biror-bir qiyinchilikning aniqlanishidir.
Cheklangan imkoniyat – inson uchun ye'yordagidek hisoblanadigan har qanday cheklanish yoki o’z faoliyatining yo’qolishi (nuqsonning ko’pligi yoki asorati) yoki inson faoliyati doirasidagi har qanday cheklanishlar.
Layoqatsizlik (nogironlik) – inson sog’lig’idagi nuqsonlar asorati yoki cheklangan imkoniyat, me'yoriy qaysidir rolning bajarilishiga to’siq bo’lgan, yosh ko’rsatkichlari, jinsiy yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqadigan holat.
G’arbiy davlatlarda “Sog’lig’ida imkoniyati cheklangan shaxslar” tushunchasi qabul qilingan. o’zbekistonda ham bu tushuncha kiritilib, unga jismoniy (yoki) va psixik kamchiligi bo’lgan bolalar taalluqlidir. Bunday bolalarning sog’lig’idagi nuqsonlari ularning standartdagi ta'lim olishlarida to’siqlik qiladi, shu sababli ta'lim olishda maxsus sharoitlar yaratilishini talab etadi.
Bunday bolalarning sog’lig’idagi nuqsonlari ularning standartdagi ta'lim olishlarida to’siqlik qiladi, shu sababli ta'lim olishda maxsus sharoitlar yaratilishini talab etadi.
Shuningdek, “nuqsonli” tushunchasi ham kiritilgan bo’lib, ular jismoniy, psixik og’ir va murakkab kabi turlarga ajratilgan.
Me'yordan psixik og’ishlik eng avval bolaning aqliy rivojlanishi,uning psixik nuqsonlari bilan bog’liq.
“Muammoli inson” tushunchasi AQShda keng qo’llanilsa yevropa mamlakatlarida “imkoniyati cheklangan insonlar” iborasi ko’p ishlatiladi.
Bugungi kunda iimkoniyati cheklangan insonlarga munosabatda, eng avvalo sog’liq masalasi eng dolzarb masala hisoblanadi. Chunki bunday insonlar soni dunyo miqyosida o’sib bormoqda.
YuNeSKOning istiqbol bo’yicha ma'lumotlarida yaqin vaqtda jaHon Hamjamiyati bu ko’rsatkichni o’zgartira olmaydi.
Sog’lom muhit doimo insonlar ongida o’z chegarasiga ega bo’lib, chegaradan tashqi bo’lganlar “nome'yoriy”, “potologik” deb belgilanadi. Amaliyotda inson anglagan yoki anglamagan holda o’zgalarni belgilariga muvofiq layoqatli yoki layoqatsiz deb baholaydi.
Me'yor tushunchasi tibbiyotda, psixologiya, pedagogik, sotsiologiya va boshqa fanlarda keng qo’llanilib kelinadi. Bu tushunchaga aniq va yaxlit, yagona ta'rif berishga bo’lgan intilish muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan. Masalan, faqatgina tibbiyotda olimlar 200 ga yaqin ta'rif berganlar.
“Me'yor” tushunchasini ifodalab berishning murakkabligi shundaki, u nafaqat terminologik, balki mazmun, mohiyat jihatidan ham yagona ifodaga ega emas. Masalan, axloqiy me'yorlar doimo bir xil, hamma uchun deb belgilana olmaydi. Shu sababli ham ular birinchidan, milliy o’ziga xoslik, bundan tashqari vaqt o’tishi bilan qayta-qayta o’zgarib turadilar.
E'tiboringiz uchun rahmat.
Download 54.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling