Mhxs fanidan YaN savolnomasi
Download 92 Kb.
|
MHXS YaN savolnoma
MHXS fanidan YaN savolnomasi Quyida keltirilgan foydalanuvchilarning qaysi biriga keng yoritilgan va tezkor moliyaviy axborot zarur? MHXSga asosan tuzilgan har qanday hisobning sarlavhasida nechta va qaysi elementlar aks ettirilishi lozim? 1-sonli MHXSga muvofiq kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobotda quyidagilardan qaysi biri aks ettirilmaydi? MHXS konseptual asosiga binoan asosiy sifat xususiyatlari: Quyida keltirilganlarni qaysi birlari to‘g‘ri? Moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda korxonaning bir hisobot davrida hisoblangan daromadlari va xarajatlari aks etadi. Moliyaviy hisbotdagi har qanday ma’lumotlari tushurib qoldirilishi yoki buzib ko‘rsatilishi muhim xato deb hisoblanadi. Korxonaning foyda yoki zararlar to‘g‘risidagi hisoboti hisoblash usuliga asosan tuziladi. Uzluksizlik tamoyili – korxona kamida keying 12 oy ichida ham o‘z faoliyatini davom ettiradi degan taxmin. Debitorlik qarzlariga zaxira yaratish qaysi tamoyilga misol bo‘la oladi? _____ - bu korxonaning faoliyatini rivojlantirish maqsadida ma’lum bir shartlarga ko‘ra davlat tomonidan pul va moddiy aktivlar bilan berilgan yordam summasi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini ishlab chiqishga turtki bo‘lgan asosiy omillar nima? Emission daromad – bu … Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yalpi foydasi – bu sotishdan tushum va ___________ o‘rtasidagi farq. Qanday holatlarda 8-sonli MHXSga asosan korxona hisob siyosatiga o‘zartirish kiritishga ruxsat beriladi? Asosiy vositalarning foydali xizmat muddatining o‘zgarishiga nisbatan quyidagilardan qaysi biri to‘g‘ri? Quyidagilardan qaysi biri buxgalteriya baholaridagi o‘zgarish? 2022 yil 31 martda 2021 yil uchun MHXSga muvofiq moliyaviy hisobotni tayyorlash yakunlandi. 2022 yil 4 aprelda yilda hisobot direktorlar kengashi tomonidan ko'rib chiqildi, shu kuni uni Kuzatuv kengashiga taqdim etish to'g'risida qaror qabul qilindi. 2022 yil 10 aprelda hisobot kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlandi. 2022 yil 16 aprelda barcha manfaatdor tomonlarni korxonaning foydasi va boshqa moliyaviy ko'rsatkichlari to'g'risidagi ma'lumotlar bilan tanishtirish uchun kompaniya veb-saytida moliyaviy hisobotlar joylashtirildi. 2022 yil 20 mayda bo'lib o'tgan yillik yig'ilishda aksiyadorlar 2021 yil uchun moliyaviy hisobotni tasdiqladilar. Qaysi sana hisobot davridan keyingi hodisalarni cheklaydigan tugash sanasi hisoblanadi? Daromadni tan olishning besh bosqichi modeli ketma-ketligini aniqlang. 2022 yil 30 aprelda kompaniya xaridor bilan muzokara o’tkazib, haq evaziga professional buxgalteriya xizmatlarini ko‘rsatish haqida kelishib oldi, biroq tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda xizmat uchun to’lanadigan haq miqdori hali belgilanmagan. Tomonlar ilgari o‘zaro shartnoma tuzmaganliklari uchun uning shartlari kelishish bosqichida. Shartnoma kelishish bosqichida bo’lgan davrda, ya’ni 2022 yil 5 maydan 25 maygacha xaridorning iltimosiga ko‘ra, kompaniya bir nechta maslahat berish xizmatlarini ko’rsatgan. Kompaniya bu xizmatlar bo‘yicha tushumni tan olishi mumkinmi? Qanday hollarda shartnoma bahosiga pulning vaqt bo’yicha qiymatini hisobga olib tuzatish kiritiladi? Shartnoma bahosi shartnoma bo‘yicha bajarilishi lozim bo’lgan majburiyatlar o‘rtasida qanday taqsimlanadi? Xaridor bilan tuzilgan shartnomada bajarilishi lozim bo’lgan majburiyatlarning bir nechtasi mavjud bo‘lganda shartnoma bo‘yicha beriladigan chegirmalar qanday taqsimlanadi? Shartnoma bo‘yicha umumiy daromad 1 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Haqiqatda qilingan sarf-xarajatlar 530 mln. so‘mni, shartnoma bo‘yicha kelgusida kutilayotgan sarf-xarajatlar 270 mln. so‘mni tashkil etadi. Shartnomaning tugallanganlik darajasi 52%. Ushbu shartnoma foyda yoki zarar keltirishini aniqlang. Uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha ishlarni bajarish natijasini yoki tugallanganlik darajasini baholab bo‘lmasa tushum qanday summaga tan olinadi? Asosiy vositaning balans qiymati deganda nima tushuniladi? Asosiy vositalarning boshlang‘ich tannarxiga kiritiladigan bevosita xarajatlar ko‘rsatilgan javobni tanlang. Asosiy vositalarga eskirish hisoblash qachondan boshlanadi? Kompaniya $1500. evaziga asosiy vositalar xarid qildi. Quyidagi qo‘shimcha xarajatlar sarflandi: yetkazib berish – $50; o‘rnatish – $10; texnik ko’rikdan o‘tkazish – $20; asosiy vositadan foydalanish bo‘yicha xodimlarni o‘qitish - $25. 16-son MHXS (IAS)ga muvofiq, ushbu asosiy vositaning boshlang‘ich qiymati qancha? Asosiy vositalar obyekti 2020 yil 1-yanvarda xarid qilingan. Asosiy vositaning boshlang‘ich qiymati $20,000. Dastlabki baholangan foydali xizmat muddati 5 yil. Tugatish qiymati mavjud emas. Ushbu asosiy vositaga to‘g‘ri chiziqli usulda eskirish hisoblaniladi. 2022 yil 1-yanvarda asosiy vositaning qolgan foydali xizmat muddati qayta ko‘rib chiqilib, 2 yil deb belgilandi. 2022-yildan boshlab yillik eskirish xarajati qancha? $2,667 $4,000 $6,000 * $2,500 Asosiy vositaning boshlang‘ich qiymati (2019 yil 1- yanvarda xarid qilingan) $24,000. 2022 yil 31 dekabrda ilk bor qayta baholash o‘tkazilgan, bunda aktiv qiymati $20,000 ni tashkil etgan. Xarid qilish chog‘ida to‘g‘ri chiziqli eskirish usuli tanlanib, eskirish me’yori yillik 12,5% etib belgilanilgan. Ushbu asosiy vositaning foydali xizmat muddati o‘zgarmagan. 2023-yil uchun yillik eskirish ajratmalari qanchani tashkil etadi? Quyida sanab o‘tilgan xarajatlarning qaysi biri asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatiga kiritilishi lozim? 23-sonli MHXS (IAS)ga muvofiq, qarzlar bo‘yicha xarajatlarni kapitallashtirish - bu: Kvalifikatsiyalanadigan aktivning to‘g‘ri ta’rifini ko‘rsating. Qarzlar bo‘yicha xarajatlarni kapitallashtirish qachon to‘xtatilishi kerak? Hisobot davri mobaynida kapitallashtirilgan qarzlar bo‘yicha xarajatlar summasi moliyaviy hisobotda ochib berilishi talab qilinadimi? Nomoddiy aktivlar identifikatsiyalanadigan bo‘lishi uchun qanday xususiyatga ega bo‘lishi kerak? Quyida keltirilgan aktivlarning qaysi biri nomoddiy aktiv sifatida tan olinishi mumkin? Nima uchun xodimlarning bilim va malakalari nomoddiy aktiv sifatida tan olinishi mumkin emas? Quyidagi qaysi xarajatlar nomoddiy aktivning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi? Qanday hollarda nomoddiy aktivlar uchun qayta baholanadigan qiymat modelini qo‘llash mumkin? Hisobda tan olingan nomoddiy aktivning foydali xizmat muddati qachon qayta ko‘rib chiqilishi lozim? Foydali xizmat muddati noma’lum bo‘lgan nomoddiy aktivlarga qanday amortizatsiya hisoblaniladi? Nomoddiy aktiv - …? Quyidagilardan qaysi biri foyda yoki zarar to’g’risidagi hisobotning mazmunini to’g’ri tavsiflaydi? Qaysi buxgalteriya tamoyili ma'lumotni tushirib qoldirilishi yoki noto'g'ri ko'rsatilishi moliyaviy hisobot foydalanuvchilarining qaroriga ta'sir qilishi mumkinligini ifodalaydi? MHXSning konseptual asosiga binoan quyidagilardan qaysi birlari haqqoniy taqdim etishga tegishli? Xolislik O’rinlilik Tushunarlilik Muhim hatolardan holi bo’lish Hisobot davridan keyin 10-sonli MHXSga asosan quyidagi qaysi hodisalarga nisbatdan moliyaviy hisobotga tuzatish kiritish talab etiladi? Mulk baholash natijasida qiymati pasayganligi to’g’risida baholovchi hulosasi Hisobot davri oxirida mavjud bo’lgan tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olingan qiymatidan past narxga sotish Moliyaviy hisobotga ta’sir etuvchi firibgarlik yoki xatoni aniqlanishi 2022-yil 30 iyun sanasida yakunlanuvchi hisobot davri uchun tayyorlangan moliyaviy hisobotga 10-sonli MHXSga asosan quyidagi qaysi muhim hodisalarga asosan tuzatish kiritish kerak? Korxonada debitorlik qarzi mavjud bo’lgan xaridor kompaniya 2022-yil iyul oyida bankrot deb e’lon qilindi. Hisobotda qiymati 500 mln so’m bo’lgan TMZ 2022-yil iyul oyida 400 mln so’mga sotilishi. Binonig qiymati 2022 yil avgustdagi yong’in natijasida 400 mln so’mga pasayishi. 2022-yil avgust oyida korxona 1 000 000 dona aksiya chiqarishi. 10-sonli MHXSga asosan, quyidagi qaysi hisobot sanasidan keyingi hodisalar to’g’risidagi axborotni moliyaviy hisobotda aks ettirish talab etilmaydi? MHXSga asosan pul oqimi to’g’risidagi hisobot nechta va qanday bo’limlardan iborat? Xususiy kapital – bu … Quyida keltirilganlardan aktivlar ko’rsatilgan qatorni tanlang: Korxona egasi aktivlardan shaxsiy ehtiyoji uchun foydalansa, quyida qaysi tamoyil inobatga olinishi kerak? MHXS konseptual asosga binoan quyidagilardan 2 ta asosiy (fundamental) sifat ko’rsatkichlarini tanlang: O’rinlilik Tushunarlilik Haqqoniy taqdim etish Muhim hatolardan holisligi Download 92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling