Mice turizm orqali q


“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana12.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1263117
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
44 Ruziev

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 
395
 
 
 
 
 
 
 
 
http://iqtisodiyot.tsue.uz
 
Bu esa o‘z navbatida Qo‘qon shahrida MICE turizmni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy 
tadqiqotlar olib borish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). 
Tadqiqot jarayonida MICE turizmni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy davlatlarning ilg’or 
tajribalari, MICE turizmni tashkil etish va o‘tkazish, rejalashtirish, ommaviy tadbirlar faoliyati 
samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy ishlari o‘rganildi. Maqolada nazariy mushohada, 
tizimli yondashuv, kuzatish, umumlashtirish, qiyosiy tahlil kabi usullardan samarali 
usullardan foydalanildi. 
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review) 
Bugungi kunda deyarli hamma narsa bozorda ya’ni nimani namoyish etish 
kerakligidan qat'i nazar, yuqori sifatli reklama qilishni talab qiladi. Filipp Kotler 
ta'kidlaganidek: "Hududlar, tovarlar va xizmatlar kabi marketingga muhtoj"[2].
Mamlakatimizning aksariyat mintaqalariga ushbu nazariya ta'sir qiladi, chunki 
mamlakatda tabiiy zonalarning o‘xshashligi, turli xil madaniy meros va sifatli turistik 
mahsulotning yo‘qligi tufayli yo‘nalishlar o‘rtasida kuchli raqobat mavjud. Raqobatbardosh 
bo‘lish uchun joy o‘ziga xos bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, raqobatning uzluksiz o‘sishi 
jarayonida muhim voqealarni yaratish orqali hududni oldinga siljishi, iqtisodiy sharoitda 
deyarli teng bo‘lgan geografik maydonlarni taqqoslashda muhim ahamiyatga ega. Shu 
sababli, tobora ko‘proq shaharlar sayyohlik jozibasini belgilaydigan maqsadli ravishda o‘z 
targ'ibotini rivojlantirmoqda va o‘ziga xosligini yaratmoqda. 
Bugungi kunda bir qator davlatlar bu tendensiyaga ahamiyat bermoqda va turizm 
hayot va sarmoya nuqtai nazaridan shaharning obro‘ va jozibadorlik o‘rtasida yaqin bog'liq 
deb ta'kidlamoqdalar[3]. Hududlarda marketing tadqiqotlarini olib borish hududning o‘ziga 
hos afzalliklari va hususiyatlarini namoyon qiladi.
Novenkova hududni targ'ib qilish jarayonida quyidagi uch vazifani hal qilish uchun 
marketing kommunikatsiya vositalaridan foydalanish zarur deb ta’kidlab o‘tgan[4]: 
• hudud va uning turistik salohiyati haqida ma'lumot berish hamda yashash sharoitlari 
to‘g'risida zarur ma'lumotlar bazasini yaratish va ulardan foydalangan holda tadbirlar 
o‘tkazish; 
• tinglovchilarni ishonchini oqlash, taklif qilingan mahsulotni sotib olish afzalligi 
to‘g'risida qaror qabul qilish ya'ni iste'molchilar o‘rtasida kuchli hissiy stimullarni 
faollashtirish; 
• xaridorlarga hududiy mahsulotni eslatish, bu hudud haqida xabardorlikni saqlash va 
bu joyni afzal ko‘rgan odamlar orasida ijobiy munosabat, his-tuyg'ularni saqlab qolish, qayta 
tashrif buyurishini ta’minlash. 
A.Drozdova “Mintaqa imidji: aniqlash, tizimlashtirish va rag'batlantirishning 
kommunikativ aspektlari[5]” asarida hududni ilgari surishning uchta asosiy bosqichini ajratib 
ko‘rsatdi. 
Birinchi bosqich, maqsadli auditoriya va uning afzalliklarini aniqlashdir. Hudud 
iste'molchilarining quyidagi umumiy turlari ajratiladi: mahalliy aholi, turistlar va tadbirkorlar. 
Keyinchalik har bir guruhni turli mezonlarga ko‘ra segmentlarga bo‘lish mumkin, masalan, 
ijtimoiy, geografik, demografik va boshqalar. Ushbu bosqich joyning kuchli va zaif tomonlari, 
uning joylashish imkoniyatlari va keying strategik jihatlari aniqlanadi. 
Ikkinchi bosqichda o‘tkazilgan tahlilga muvofiq, rag'batlantirish maqsadlari 
belgilanadi. Rag’batlantirish maqsadlari iqtisodiy, siyosiy va ijtimoy guruhlariga bo‘linadi.
Uchinchi bosqich imidj konsepsiyasini yaratishni, hududning o‘ziga xos qiyofasini 
shakllantirish uchun harakatlarni aniqlashni o‘z ichiga oladi. Bu jarayonda joylashishni 
aniqlashning ustuvor yo‘nalishlari aniqlanadi.
Maqsadli auditoriyani aniqlash hududni targ'ib qilishning dastlabki bosqichlaridan biri 
hisoblanadi.
Quyida hududning asosiy maqsadli auditoriyasini batafsil ko‘rib chiqamiz. 



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling