Microporazitotsenoz haqida tushuncha Reja


Oddiy va murakkab changlar


Download 0.89 Mb.
bet4/8
Sana12.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1700681
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Microporazitotsenoz haqida tushuncha 444

Oddiy va murakkab changlar. Odatda tetradani o‘rab turuvchi mikrosporaning onalik hujayrasi devori asta sekin bo‘kadi, shilimshiqlanib parchalanishi natijasida tetrada aloxida chang donalariga ajraladi. Biroq ayrim hollarda mikrosporaning onalik hujayrasi devorini saqlanib qolishi natijasida tetrada hujayralar bo‘linmasligi sababli murakkab chang hosil bo‘ladi. Turli oilalarda murakkab changlar hosil bo‘lishi doimiy va xarakterli hisoblanib, sistematik ahamiyatga ega. Poddubnaya-Arnoldi (1954) filogenetik nuqtai nazardan o‘simliklarni samaradorligi yuqori bo‘lgan kam miqdordagi murakkab chang donalari bilan changlanishga moslashishi alohida chang donalari bilan changlanishga nisbatan progressiv belgi deb hisoblaydi.
Ayrim yopiq urug‘li o‘simliklar Podostemonaceae va Scheuchzeriaceae oilalarida tetrada ikkita diadalarga yoki Typhaceae, Juncaceae, Ericaceae, Empetraceae, Aposenaceae, Nepenthaceae, Droseraceae, Orchidaceae oilalarda bir-biriga bog‘langan tetrada ko‘rinishda bo‘lishi kuzatilgan. Mimozadoshlar oilasining vakillarida ayrim holatlarda 8, 12, 16 va 32 tadan iborat birbiriga yopishgan murakkab chang hosil bo‘lishi va o‘ziga xos vissin moddasi bilan bir-biriga yopishib yoki Orchidaceae va Asclepidaceae oilalarida chang uyumi-pollinniy ko‘p miqdordagi chang naylarini hosil qilishi kuzatilgan. Birgina orxiddoshlar oilasininig o‘zida ham oddiy ham murakkab chang donalari uchraydi. Masalan, primitiv Cyprippedium turida oddiy chang donalari, nisbatan progressiv turlarida Cattlea, Dendroium, Calanthe tetrada ko‘rinishdagi murakkab changlar bo‘lishi kuzatilgan. Bu oilada bundan tashqari murakkab changlarning turli tiplari kuzatilgan (rasm).

rasm. Shoyi akatsiya va Orxiddoshlardagi oddiy va murkkab changlar (Poddubnaya-Arnoldi, 1954). A-Cypripedium insignening o‘sgan va o‘smagan oddiy changi; B-Acacia dealbataning o‘sgan o‘smagan murakkab changlari; V-calanthe veichilning tetradali o‘sgan o‘smagan changi; GPlatanthera biofolla o‘sgan o‘smagan changlari hammasi bir-biri bilan qo‘shilib pollin deb ataluvchi umumiy massani hosil qilgan

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling