Microsoft Excel ba’zan Microsoft Office Excel


Download 174.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana06.10.2023
Hajmi174.08 Kb.
#1693658
1   2
Bog'liq
Microsoft Excel - Vikipediya

Izoh: 1.0 versiyasi 
Apple
mahsulotlari bilan
chalkashlikdan yiroqda boʻlish uchun
ishlatilmagan. 
Izoh: Excel 6.0 mavjud emas, negaki Windows
95 versiyasi Word 7 bilan yetkazilgan.
Izoh: 13.0 versiyasi triskaidekafobiya (13
sonidan qoʻrqish kasalligi) tufayli qoldirilib
ketilgan. Excel 2010 oʻzining ichki 14.0
versiyasiga ega.
Macintosh
uchun versiyalar
1985 — Excel 1.0
1988 — Excel 1.5
1989 — Excel 2.2
1990 — Excel 3.0
1992 — Excel 4.0
1993 — Excel 5.0
1998 — 8.0 (Office '98)Excel
2000 — Excel 9.0 (Office 2001)
2001 — Excel 10.0 (Office V. X)
2004 — Excel 11.0 (Office 2004)
2008 — Excel 12.0 (Office 2008)
2011 — Excel 14.0 (Office 2011)
2015 — Excel 15.0 (Office 2016)
OS/2 uchun versiyalar
1989 — Excel 2.2
1990 — Excel 2.3
1991 — Excel 3.0
Excel oʻzining 7.0 versiyasiga qadar 16 384 (2
14
)
satr (qator)dan iborat edi. 8.0-11.0 versiyalarida
esa bu son 65 536 (2
16
) qator va 256 ustun
(2
8
)ga yetdi. 12.0 va 14.0 versiyalar 1 048 576
(2
20
) qator va 16 384 ta (2
14
) ustunga ega.
Microsoft Excel 2003-yilga qadar asosiy format
sifatida oʻzining ikkilik fayl formati (BIFF)dan
foydalanardi. Excel 2007 
Microsoft Office Open
XML
dan oʻzining asosiy formati sifatida
foydalanadi.
Bundan tashqari, Microsoft Excel CSV, DBF, SYLK,
DIF va boshqa formatlarni oʻqishi mumkin.
Office Open XML
Microsoft Office 2007 koʻplab yangi fayl
formatlarni taniydi. Ular Office Open XML
(OOXML)ning tarkibiy qismi hisoblarnadi.
Excel 2007 yangi formatlari
Format Kengaytmasi
Eslatma
Excel ish
kitobi
.xlsx
Excel 2007ning
standart ish kitobi
formati. Makroslardan
holi. XML-hujjatlarning
siqilgan ZIP-arxividir.
Makrosli
Excel ish
kitobi
.xlsm
Makroslarni qoʻllay
olishi bilan farqlanadi
Ikkilik
Excel ish
kitobi
.xlsb
Makroslarni qoʻllay
oluvchi va
ma’lumotlarni ikkilik
formatda saqlovchi 
Excel ish kitobi.
Hujjatlarni XMLga
nisbatan tez ochadi.
Makrosli
Excel
andazasi
.xltm
Ishchi kitoblar uchun
andaza sifatida
yaratilgan va
makroslarni qoʻllay
oladi. Eski. xlt
formatini oʻrniga.
Ustqurma
Excel
.xlam
Excelga qoʻshimcha
funksional imkoniyatlar
va vositalar qoʻshish
uchun moʻljallangan.
Eksport va jadvallarni ko'chirish
API bir qator boshqa dasturlarda Excel jadvallarini
ochish imkonini beradi. U ActiveX yoki 
Adobe
Flash Player
kabi plaginlar yordamida Excel
hujjatlarini veb-sahifalarda ochish imkonini ham
beradi.Excel universal elektron qurilma unda
ishlash har tomonlama qulay
Excelning imkoniyatlari sirasiga yana VBA asosida
kod yozish ham kiradi. Bu kod jadval muharriridan
boshqa maxsus muharrir yordamida yoziladi. 
Microsoft Excel himoyasi quyidagi turdagi himoya
tizimlarini oʻz ichiga oladi:
hujjat ochish uchun maxfiy soʻz
[2]
hujjatga oʻzgartirish kiritish uchun maxfiy
soʻz
[3]
sahifa himoyalash uchun maxfiy soʻz
ish kitobni himoyalash uchun maxfiy soʻz
kitobni himoyalash uchun maxfiy soʻz
[4]
VBA kodini himoyalash uchun maxfiy soʻz
Hujjatni ochish uchun maxfiy soʻzdan (yomon
niyatli shaxsga muammo tugʻdiruvchi yagona
himoya turi) tashqari boshqa himoya turlarini
darxol yoʻq qilish mumkin. Qolgan turdagi maxfiy
soʻzlarni qoʻllaganda hujjat shifrlanmaydi, hujjat
ichida esa oʻrnatilgan maxfiy soʻzning xeshi
saqlanib qoladi. Kitob himoyasi uchun
mashxur "VelvetSweatshop" shifrlash tizimi
ishlatiladi, lekin bu hujjatga hech qanday
qoʻshimcha himoya qoʻshmaydi. 
Microsoft Excel 95 va oldingi
versiyalarida "ochish uchun maxfiy so'z" 16 bitli
kalitga aylanardi, lekin uni muammosiz buzish
mumkin boʻlgan. Microsoft Excel 97 / 2000 da
maxfiy soʻz 40-bitli kalitga aylangan, lekin bu
ham zamonaviy asbob-uskunalar orqali tezda
buzilishi mumkin edi. Bundan tashqari, maxfiy
soʻzlarni topishga moʻljallangan dasturlar
soniyasiga yuz minglab maxfiy soʻzlarni tekshirib
chiqarishi mumkin. Microsoft Excel 2003 / XP da
vaziyat biroz oʻzgardi, bunda foydalanuvchi
tizimda mavjud turli shifrlash algoritmlaridan
foydalanishi mumkin, lekin boshlangʻich
holda Microsoft Excel 97 / 2000 himoya tizimi
saqlanib qolganligi himoya tizimini mustahkam
boʻlmasligini koʻrsatadi.
Excel 2007da vaziyat tubdan oʻzgardi — shifrlash
uchun 128 bitli zamonaviy AES algoritmi ishlatila
boshlashi va SHA1 xesh-funksiyasining
qoʻllanilishi maxfiy soʻzni topish ehtimolini keskin
pasaytirib yubordi. Xulosa qilib aytish mumkinki,
mustahkam himoyani "ochish uchun maxfiy so'z"
himoya turi oʻrnatilgan va Office 2007 / 2010
formatida saqlangan hujjatlar ta’minlay oladi.
MICROSOFT EXCEL dagi barcha ma’lumotlar
jadval Koʻrinishida namoyon boʻlib, bunda jadval
yacheykalarining (xonalarining) ma’lum qismiga
boshlangʻich va birlamchi ma’lumotlar kiritiladi.
Boshqa qismlari esa xar xil arifmetik amallar va
boshlangʻich ma’lumotlar ustida bajariladigan turli
amallar natijalaridan iborat boʻlgan axborotlardir.
Elektron jadval yacheykalariga uch xil
ma’lumotlarni kiritish mumkin:
matnli;
sonli ifodalar;
formulalar.
Matnli ma’lumotlar sarlavha, belgi, izohlarni uz
ichiga oladi.
Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan
sonlardir.
Formulalar — kiritilgan sonli qiymatlar boʻyicha
yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir.
Formulalar har doim «=» belgisini qoʻyish bilan
boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan
keyin shu formula asosida hisoblanadigan
natijalar yana shu yacheykada hosil boʻladi. Agar
shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki
belgilardan biri oʻzgartirilsa, EXCEL avtomatik
ravishda yangi ma’lumotlar boʻyicha hisob
ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib
beradi.
EXCELning asosiy ishlov berish ob’yekti hujjatlar
(dokumentlar) hisoblanadi. EXCEL hujjatlari
ixtiyoriy nomlanadigan va XLS kengaytmasiga ega
boʻlgan fayllardir. EXCELda bunday fayllar «Ishchi
kitob» deb ataladi. Bir ishchi kitob ixtiyoriy
sondagi elektron jadvallarni oʻz ichiga olishi
mumkin. Ularning har biri «ishchi varaq» deb
ataladi. Bir ishchi varaq oʻz nomiga ega boʻladi.
Ishchi kitobni xosil qilish uchun MICROSOFT
EXCEL dasturini ishga tushirish zarur. Ishchi
kitobning tarkib elementlaridan biri ishchi varaq,
ya’ni elektron jadval xisoblanadi. 
Elektron jadvalning asosiy elementlari esa
yacheyka va diapazonlardir.
Yacheyka — bu jadvaldagi manzili koʻrsatiladigan
hamda bir qator va bir ustun kesishmasi oraligʻida
joylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida
hosil boʻlgan ustun va qator nomi bilan
ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan,
A — ustun, 4 — qator kesishmasida joylashgan
yacheyka — A4 deb nom oladi. Yacheykaga sonli
qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni
joylashtirish mumkin. 
Bir necha yacheykalardan tashkil topgan guruh
diapazon deb ataladi. Diapazon manzilini
koʻrsatish uchun uni tashkil etgan
yacheykalarning chap yuqori va ung quyi
yacheykalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan
ajratilib yoziladi. Masalan: A1:A4
Excel 2003 versiyasining ishchi menyusi quyidagi
boʻlimlardan tashkil topgan:
Правĸа boʻlimidagi "Заполнить" va
"Очистить" boʻlimlari kataklarning belgilangan
yoʻnalishda nusxasini oladi yoki tozalaydi.
Удалить лист boʻlimi belgilangan varaqni
oʻchiradi. Переместить \ сĸопировать лист
Excel ishchi kitobi sahifasini kerakli joyga
siljitadi yoki nusxasini yangi sahifada hosil
qiladi. Qolgan boʻlimlar Microsoft Office
guruhidagi dasturlar uchun umumiy boʻlgan
vazifalarni bajaradi.
Вид boʻlimining Строĸа формул boʻlimi
formulalar bilan ishlash satrini ekranda hosil
qiladi yoki aksincha.
Вставĸа boʻlimi katak, satr, ustun va varaq
ustida amallar bajarish uchun moʻljallangan
boʻlib, ularning mazmuni quyidagicha:
1. Ячейĸи – jadvalga yangi katak qoʻshish;
2. Строĸи – jadvalga yangi satr qoʻshish;
3. Столбцы – varaqqa yangi ustunlar qoʻshish;
4. Лист – ishchi kitobga yangi varaq qoʻshish;
5. Диаграмма- diagrammalar tashkil etish;
6. Разрыв страницы – sahifani ajratish;
7. Фунĸция – funksiyalarni tanlash;
8. Имя – ishchi kitobga nom berish;
9. Примечание – izohlar hosil qilish;
10. Рисуноĸ - tasvirlarni hosil qilish, chiqarish;
11. Карта – xaritalar hosil qilish.
Формат boʻlimi Excel dasturida formatlashni
asosan katak, satr, ustunlarning ustida bajaradi.
Boʻlim bandlarida satrlarning balandligi,
ustunlarning eni, katak chiziqlarini hosil qilish va
yoʻqotish, yangi varaq hosil qilish, unga nom
berish vazifalari amalga oshiriladi. Стиль
bandida satr yoki ustun nomi belgilanishi,
katakda ma’lumotlarning berilishi va tuldirish
usullari aniqlanadi. Katakda yozuvlarning
alifbosi va oʻlchamini belgilash mumkin.
Сервис boʻlimi Office muhitidagi amaliy
dasturlarnikiga oʻxshash.
Данные boʻlimi bandlari kataklardagi qiymatlar
ustida amallar bajarishga moʻljallangan:
1. Сортировĸа – qiymatlarni tartiblash;
2. Фильтр – biror belgi yoki shart boʻyicha
saralash;
3. Форма.. – biror shaklda tartiblash;
4. Итоги.. – yakuniy natijalarni aniqlash;
5. Проверĸа.. – ma’lumotlarni tekshirish;
6. Теĸст по столбцам.. – matnni ustunlarga
boʻlish;
7. Консолидация.. – qiymatlarni birlashtirish;
8. Группа и струĸтура – yangi tizimlar olish;
9. Свободная таблица. – natijaviy jadvallar
tuzish;
10. Внешние данные – tashki ma’lumotlar
kiritish.
Оĸно - ishchi oynani tartiblash.
Справĸа - yoʻriqnoma va ma’luomot olish.
Excel 2007 va 2010 versiyalarida ishchi menyu
boʻlimlari umumlashtirilgan va tartibga keltirilgan
hamda "Главная" (Asosiy), "Вставĸа" (Qoʻshish),
"Разметĸа страницы" (Sahifani tahrirlash) ,
"Формулы" (Formulalar), "Данные"
(Ma’lumotlar), "Рецензирование" (Taqriz), "Вид"
(Koʻrinish) boʻlimlaridan iborat.
Excel dasturining foydali tomoni unda kiritilgan
ma’lumotlar asosida diagrammalar yaratish
mumkin.
Excelda ma’lumotlar asosida tayyorlanadigan
diagrammalar quyidagi turlarga boʻlinadi:
gistogramma; — sohali;
grafikli; — xalqali;
doiraviy; — sirtli;
nuqtali; — birjaviy va hokazo.
Diagramma hosil qilish uchun quyidagi ketma-
ketlikka rioya qilish kerak: 1) Elektron jadvalni
yuklash.
2) Mavzuni kiritish.
3) Ustunlar kengligini tanlash.
4) Har bir ustunga mos nomlarni kiritish.
5) Yacheykalarni ma’lumotlar bilan toʻldirish
6) Toʻldirish ustunining formulasini berish.
7) «Jami xarajatlar miqdori». Natijaviy jadval hosil
qilish.
8) Ma’lumotlarni saralash.
Excel dasturi ham ba’zi bir funksiyalari sabab
koʻplab tanqidlarga uchragan. Misol uchun, statik
aniqlik jihatidan Excelni tanqid qilishgan.
Sana bilan bog'liq muammolar
Excelning 2007 versiyasiga qadar va oʻzida ham
1900-yil kabisa yil deb xato hisoblanib kelingan.
Xato Lotus 1-2-3 da paydo boʻlgan va majburan
Excelga targʻib qilingan. 
Exceldagi tasvirlarning xatoligi
2007-yilning 22-sentabrida muayyan holatlarda
Excel 2007 notoʻg'ri natijalarni koʻrsatishi
toʻg'risida xabar paydo boʻldi. Bu matematik hisob
jitob bilan bogʻliq boʻlib, bu haqida bu yerda
ma’lumot olishingiz mumkin. Muammo 2007-yil
9-oktabr sanasida maxsus patch ishlab
chiqarilishi bilan hal qilindi. Bu xato Microsoft
Excel 2016 da kuzatilmaydi.
Microsoft Excel (Windows)
Microsoft Excel
Muallif
Microsoft Corporation
Ishlab chiqaruvchi
Microsoft
tashkil topdi:
1988-yil
Eng so‘nggi versiyasi
15.0.4693.1000; 2015-
yil mart / 
2015
-yil
Operatsion sistema
Microsoft Windows
,
macOS

iOS
,
Android
,
Windows Mobile
Status
jadval muharriri
Litsenziya
EULA
Microsoft Excel (Mac OS X)
Fayl:Excel 2008 mac os x.jpg
Microsoft Excel 2008
Muallif
Microsoft Corporation
Ishlab chiqaruvchi
Microsoft
tashkil topdi:
1985-yil 30-sentabr
Eng so‘nggi versiyasi
14.1.0 Build 110310
(2011) / 
2011
-yil
Operatsion sistema
Microsoft Windows
,
macOS

iOS
,
Android
,
Windows Mobile
Status
jadval muharriri
Litsenziya
EULA
Tarixi

Versiyalar




Fayl formatlari



Dasturlash

Microsoft Excelning maxfiy
so'zli himoyasi

Excelning asosiy
elementlari

Excel ishchi menyusi
bo'limlari

Excelda diagrammalar

Tanqid



Shuningdek qarang
Manbalar
Adabiyot
Tashqi havolalar
19/10/22, 09:51
Стр. 1 из 1

Download 174.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling