Microsoft excel dasturida formulalar bilan ishlash
Foydalanuvchining uskunalar panelini yaratish
Download 92 Kb.
|
ASADBEK
Foydalanuvchining uskunalar panelini yaratish:
- Ko`rinish menyusida uskunalar panellari buyrug`ini tanlang; - panel nomi satrida yangi panel nomini kiriting; - Yangi tugmasini bosing; - Yangi bo`sh uskunalar paneli va sozlash muloqot oynasi chiqariladi; - Toifalar menyusida qo`shiluvchi tugmalar toifasini ajrating; -Tugmalar menyusidan zarur tugmani asboblar panelining kerakli joyiga olib keling (xuddi shunday boshqa tugmalar ham qo`shiladi). Zarur bo`lmagan tugmalarni olib tashlash uchun "sichqoncha" yordamida ularni uskunalar panelidan tashqaridagi ixtiyoriy joyga surib olib kelish mumkin. -"Yopish" tugmasini tanlang. Foydalanuvchining uskunalar panelini olib tashlash uchun: - "Ko`rinish" menyusida Uskunalar paneli buyrug`ini tanlang; - Uskunalar paneli oynasida foydalanuvchi panelini ajrating; - Olib tashlash tugmasini bosing; - OK tugmasini bosing. g) EXCEL oynasini to`la ekrangacha kattalashtiradi va uskuna paneli hamda holat satrini bekitadi. Bu buyruqni bajargandan so`ng, ekranda to`la ekran tugmasi paydo bo`ladi. Odatdagi tur ekranga aytishi uchun ushbu tugmani bosish kerak. d)Masshtab buyrug`i-obyektlarni surish, joylash-tirish yoki ishchi varag`ini ko`rish uchun turli masshtabdagi ishchi varaq yoki diagrammani chiqaradi. - buyruq aniqroq ko`rish uchun ishchi varag`ini yoki diagramma varagini kattalashtirish yoki uning katta qismini ekranda ko`rish uchun kichiklashtirish imkonini beradi. Masshtabni o`rnatish: - joylashtirilgan masshtab ko`rsatmasi yonida "sichqoncha" kursorini bosish yoki "foydalanuvchiniki"ni tanlang va 10 dan 400 gacha bo`lgan sonlar kabi foizlarda masshtab kiriting. Masshtabni o`zgartirish uchun, shuningdek, uskuna panelida Masshtab oynasidan foydalanish mumkin. 2. Ko`rinish qo`shimcha varag`i, "Parametrlar" buyrug`i ("Servis" menyusi). - ekranga EXCEL ishchi joyining qanday elementlari chiqarilayotganligini nazorat qiladi. Ko`rinish qo`shimcha varag`i quyidagi asosiy elementlarga ega: Ko`rsatish guruhi: - formulalar satriga bayroqcha - formulalar satrini chiqaradi yoki bekitadi; - holat satriga bayroqcha-formulalar satrini chiqaradi yoki bekitadi. Obyektlar guruhi: - Hammasini ko`rsatish bayroqchasi - barcha grafik obyektlar, tugmalar, matn oynasi, rasm va chizmalarni chiqaradi; - Tashqi ko`rinishni ko`rsatish bayroqchasi-ajratilgan rasm va diagrammalarni kul rang tashqi ko`rinishda chiqaradi (faqat tashqi ko`rinishni chiqarish varag`i bo`yicha siljishni tezlashtiradi); - Hammasini bekitish tugmasi - barcha grafik obyektlar, tugmalar, matn oynasi, rasm va chizmalarni bekitadi. Bekitilgan obyektlarni chop etmaydi; - formulalar bayroqchasi - katakchalarda olingan qiymatlar o`rniga formulalarni chiqaradi. Shuningdek, barcha ustunlarni ikki marta kattalashtiradi va katakchadagilarni chap beti bo`yicha tekislaydi; - Elak bayroqchasi - ishchi varaqda elakni chiqaradi yoki bekitadi; - Rang menyusi - ishchi varag`ida elak, shuningdek satr va ustunlar sarlavhasining rangini belgilaydi; - Satr va ustun sarlavhasi bayroqchasi - satr va ustunlarni sarlavhalaydi; - Nol qiymatlar bayroqchasi - agar bayroqcha olib tashlangan bo`lsa, u holda nol qiymatli katakchalar bo`sh bo`lib chiqariladi; - burishning gorizontal chizig`i bayroqchasi - burishning vertikal chizig`ini chiqaradi; - varaqning yozuv bayroqchasi - varaq yozuvlarini chiqaradi. Download 92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling