Microsoft Excel (Windows) Microsoft Excel Muallif
Eksport va jadvallarni ko'chirish
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Microsoft Excel
Eksport va jadvallarni ko'chirish
Dasturlash Microsoft Excelning maxfiy so'zli himoyasi Microsoft Excel himoyasi quyidagi turdagi himoya tizimlarini o'z ichiga oladi: hujjat ochish uchun maxfiy so'z [2] hujjatga o'zgartirish kiritish uchun maxfiy so'z [3] sahifa himoyalash uchun maxfiy so'z ish kitobni himoyalash uchun maxfiy so'z kitobni himoyalash uchun maxfiy so'z [4] VBA kodini himoyalash uchun maxfiy so'z Hujjatni ochish uchun maxfiy so'zdan (yomon niyatli shaxsga muammo tug'diruvchi yagona himoya turi) tashqari boshqa himoya turlarini darxol yo'q qilish mumkin. Qolgan turdagi maxfiy so'zlarni qo'llaganda hujjat shifrlanmaydi, hujjat ichida esa o'rnatilgan maxfiy so'zning xeshi saqlanib qoladi. Kitob himoyasi uchun mashxur "VelvetSweatshop" shifrlash tizimi ishlatiladi, lekin bu hujjatga hech qanday qo'shimcha himoya qo'shmaydi. Microsoft Excel 95 va oldingi versiyalarida "ochish uchun maxfiy so'z" 16 bitli kalitga aylanardi, lekin uni muammosiz buzish mumkin bo'lgan. Microsoft Excel 97 / 2000 da maxfiy so'z 40-bitli kalitga aylangan, lekin bu ham zamonaviy asbob-uskunalar orqali tezda buzilishi mumkin edi. Bundan tashqari, maxfiy so'zlarni topishga mo'ljallangan dasturlar soniyasiga yuz minglab maxfiy so'zlarni tekshirib chiqarishi mumkin. Microsoft Excel 2003 / XP da vaziyat biroz o'zgardi, bunda foydalanuvchi tizimda mavjud turli shifrlash algoritmlaridan foydalanishi mumkin, lekin boshlang'ich holda Microsoft Excel 97 / 2000 himoya tizimi saqlanib qolganligi himoya tizimini mustahkam bo'lmasligini ko'rsatadi. Excel 2007da vaziyat tubdan o'zgardi — shifrlash uchun 128 bitli zamonaviy AES algoritmi ishlatila boshlashi va SHA1 xesh-funksiyasining qo'llanilishi maxfiy so'zni topish ehtimolini keskin pasaytirib yubordi. Xulosa qilib aytish mumkinki, mustahkam himoyani "ochish uchun maxfiy so'z" himoya turi o'rnatilgan va Office 2007 / 2010 formatida saqlangan hujjatlar ta'minlay oladi. MICROSOFT EXCEL dagi barcha ma`lumotlar jadval Ko’rinishida namoyon bo’lib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) ma`lum qismiga boshlang’ich va birlamchi ma`lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa xar xil arifmetik amallar va boshlang’ich ma`lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo’lgan axborotlardir. Elektron jadval yacheykalariga uch xil ma`lumotlarni kiritish mumkin: matnli;
sonli ifodalar; formulalar. Matnli ma`lumotlar sarlavha, belgi, izohlarni uz ichiga oladi. Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir. Formulalar — kiritilgan sonli qiymatlar bo’yicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir. Formulalar har doim «=» belgisini qo’yish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil bo’ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri o'zgartirilsa, EXCEL avtomatik ravishda yangi ma`lumotlar bo’yicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi. EXCELning asosiy ishlov berish ob'yekti hujjatlar (dokumentlar) hisoblanadi. EXCEL hujjatlari ixtiyoriy nomlanadigan va XLS kengaytmasiga ega bo’lgan fayllardir. EXCELda bunday fayllar «Ishchi kitob» deb ataladi. Bir ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni o’z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi varaq» deb ataladi. Bir ishchi varaq o’z nomiga ega bo’ladi. Ishchi kitobni xosil qilish uchun
Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling