Microsoft excelda dasturida formula va diagramma ishlash


Funktsiyaning nomi har doim bosh harflar bilan


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana14.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1005746
1   2   3   4
Bog'liq
4 mustaqil

Funktsiyaning nomi har doim bosh harflar bilan
belgilanadi. Formulada argumentlar sifatida
ishlatiluvchi kataklarda berilgan qiymatlarning
o'zgarishi ma'noning o'zgarishiga olib keladi.

Bu mashg'ulotda ko'proq amaliyotga e'tibor berish
darkor. Shuning uchun bir necha amaliy
mashg'ulotlarni taklif etamiz.

Izoh: qo'shuv argumentlari joylashgan katakni
ajratish, Avto yig'indining natijasi uchun yana bir
bo'sh joy, Avto yig'indi tugmasini bosish yoki ALTQ. 
Kataklar ustida joylashgan formulalarga ahamiyat
berish kerak. Avvalgi ma'ruzalarda aytilgan hamma
operatsiyalar berilganlar katagi ustida bajariladi
(nusxalashtirish, uzatish, formatlashtirish va
boshqalar).


Ro'yxatdagi ma'lumotlarni 
tashkil qilish va tekshirish

Ro'yxat o'xshash ma'lumotlardan iborat ishchi varag'idagi ketma-
ketlikdir. Masalan, firma mijozlari telefon nomerlari yoki hisob
raqamlari yozilgan ketma-ketlik. Ushbu mashg'ulotda ko'plab
ro'yxatlarni o'quvchilarning o'zlaridan ham foydalanib keltirish
mumkin. Bu ro'yxatlar ma'lumotlar bazasi bo'lib ham xizmat qiladi. 
Masalan, agar o'quvchilar telefon nomerlarini tuzgan bo'lsalar, 
familiyalar ustuni, yozuvlar maydoni, telefon nomeri, yozuv, ustunlar
belgisi (metka) maydon nomi desa bo'ladi. Ro'yxatlar ustida quyidagi
amallarni o'tkazish mumkin:

- izlash;

- saralash;

- yakunlash;

- ro'yxatdagi ma'lumotlarni filtrlash.


Ma'lumotlar formasi
Bu erda shuni ta'kidlash lozimki, EXCEL bu amallarni bajarayotganida, 
ro'yxatni ma'lumotlar bazasi sifatida tushunadi. Ro'yxat bilan ishlash
izlash, saralash va turli ma'lumotlar bilan ishlashni birmuncha
engillashtiradi. 
Ro'yxat bilan ishlashni tashkil etish.
Ma'lumotlar formasi yordamida ro'yxatlarni kiritish (o'quvchilarning o'zlari
tuzgan telefon ro'yxati asosida bo'lsa yaxshi bo'lardi). Ma'lumotlar formasi
("Ma'lumotlar" menyusidagi forma buyrug'i) ro'yxatdagi yozuvni osonlik
bilan ko'rish, unga qo'shimchalar kiritish va shu bilan birga ma'lum belgi
bilan yozuvni qidirish imkonini beradi. Mazkur buyruqlarni bajarish
davomida ekranda ma'lumotlar formasining muloqot oynasi chiqadi. 
Ma'lumotlar esa birin-ketin kiritiladi. Ma'lumotlar oynaga kiritilgach, mos
ravishda yacheykadagi ro'yxat o'zgaradi.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling