Microsoft PowerPoint abdumanonov


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
Sana03.12.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1806757
Bog'liq
Microsoft PowerPoint abdumanonov



Farg`ona Politexnika Inistituti
Mexanika va Mashinasozlik Fakulteti
S3-19 guruh talabasi Abdumanonov Aning
Metrologiya, Standartlashtirish va Sifatni
boshqarish fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi.


Mavzu: Birikmalar
Reja:
1.
Boltli birikma
2.
Shpilkali birikma
3.
Vintli birikma
4.
Fitingli birikma
5.
Shponkali birikma
6.
Shlitsa (tish) li birikma
7.
Payvand birikma
8.
Parchin mixli birikma


Boltli birikma
Boltli birikmada birikuvchi detallar, bolt, shayba, gayka zaruriyat bo’lganda shplintdan
foydalaniladi. Bolt va gaykalar bosh ko’rinishda ularning uchta yoklari ko’rinadigan
qilib joylashtiriladi. GOST 2305-96 bo’yicha bolt, vint, shpilkalar bo’ylama qirqimda
kesilmagan holda tasvirlanadi. Gayka va shaybalar ham yig’ma chizmada kesilmagan
holda tasvirlanadi. Bitta detalning barcha tasvirlarda qirqim shtirixovkasi qiyaligi bir
tomonga bo’lishi kerak. GOST 2315-96 bo’yicha yig’ma chizmada mahkamlash
detallari soddalashtirib yoki sterjen diametri 2 mm va undan kichik bo’lsa shartli
tasvirlash mumkin. Soddalashtirib tasvirlaganda faska, yumaloqlashlar, bolt sterjeni
bilan teshik orasidagi oraliq ko’rsatilmaydi.


Shpilkali birikma
Shpilka yordamida detallarni biriktirish uchun detallardan biri to’liq teshilmaydi va 
unga rezba chiqarilgan bo’ladi. Unga shpilkaning o’tkazuvchi uchi burab qotiriladi. 
Ikkinchi birikuvchi detalga to’liq silindrik teshik o’yilgan bo’lib, bu detal shpilkaning 
siquvchi uchidan kiygiziladi. So’ngra shayba kiygizilib, undan keyin gaykani burab, 
birinchi detalga ikkinchisi qisiladi.
Shpilkaning o’lchamlari orasidagi o’zaro munosabat va shpilkali birikmaning tasvirida 
berilgan. Shpilkaning uzunligini hisoblash formulasi: ℓ
shP
=a+S+H+K. GOST 2315-96
bo

yicha shpilka yordamida detallarni biriktirishni soddalashtirib tasvirlash mumkin.


Vintli birikma
Vint yordamida detallarni biriktirish uchun detallardan biri to’liq
teshilmaydi va unga rezba chiqarilgan bo’ladi . Ikkinchi birikuvchi
detal to’liq silindrik teshik o’yilgan bo’ladi. Bu teshik diametri l,ld
ga teng bo’ladi. Vint birinchi detal teshigidan erkin kirib, ikinchi
detalga buraladi. Yashirin kallakli vintli birikma shaklda berilgan. 
Vint kallagi detal sirtidan chiqib turmasligi kerak.
GOST 2315-96 bo’yicha vint yordamida detallarni biriktirishni
soddalashtirib tasvirlash mumkin.


Fitingli birikma
Suv, gaz, havo va har xil suyuqliklarni uzatadigan truboprovodlarga truba
birikmalar qo’llaniladi. Truba birikmalar ajraladigan (masalan, rezbali, fitingli,
flanetsli) va ajralmaydigan (masalan, payvandlash yoki kavsharlash yordamida
biriktirish) bo’lishi mumkin.
Truba birikmalar soddalashtirmasdan tasvirlanadi. Qirqimda rezbali birikmani
tasvirlaganda teshikdagi rezbani faqat rezbali sterjen bilan to’silmagan qismi ko’rsatiladi.
Truba biriktiruvchi detalning rezbali qismini oxiriga 2-4 mm yetkazmay tasvirlanadi.
Shuning uchun trubaning rezbali qismi briktiruvchi detaldan chiqib turadi. Bundan
tashqari birikadigan trubalarning biriga kontrgayka buralishi (o’rnatilishi)ni nazarda tutib,
trubalarga rezba keragidan 4-6 mm ortiqcha chiqariladi.


Shponkali birikma
Shponka aylanma harakatni valdan shkivga, tishli g’ildirakka, maxovikka va
shunga o’xshashlarga uzatish uchun foydalanishadi.
Shponka - o’zaro birikib turgan ikki detalning o’yiqlari (pazlari) ga o’rnatilib
ularning bir-biriga nisbatan buralishiga yoki siljishiga to’sqinlik qiladi. Shponka o’zining
tuzilishiga qarab kallaksiz ponasimon, kallaklik ponasimon, prizmatik va segment
shponkalarga bo’linadi. Amaliyotda eng ko’p prizmatik va ponasimon shponka
ishlatiladi. Prizmatik shponka GOST 23360-96 va GOST 8790-96 bo’yicha ponasimon
shponka GOST 24068-96; GOST 8791-96; GOST 8792-96; GOST 8793-96 bo’yicha
tayyorlanadi.


Shlitsa (tish) li birikma
Val bilan vtulka qo’shimcha detalsiz val va vtulkadagi tishlar (shlitsalar) va o’yiqlarning
bir-biriga kirib turishi natijasida hosil bo’lgan birikma shlitsali birikma deb ataladi.
Shlitsali birikma detalni val o’qi bo’ylab joyini osonlik bilan o’zgartirish, yaxshi
markazlanish va katta miqdordagi aylanma kuchlarni uzata olish imkoniyatiga hamda yuqori
mustahkamlikka ega.
Shlitsa profili to’g’ri yonli (to’rtburchak), evolventa va uchburchak shaklida bo’ladi.
Profili to’g’ri yonli shlitsa ko’p foydalaniladi. Bunday shlitsalarning o’lchamlari GOST 
1139-96 da berilgan. Shlitsalar uzatadigan kuchning miqdoriga qarab yengil, o’rtacha va og’ir
seriyaga bo’linadi. Ular bir-biridan tishlarining soni va balandligi bilan farq qiladi.
GOST 2409-96 bo’yicha shlitsaning tishi cho’qkisi aylanasi va yasovchilari val va teshikda butun
uzunligi bo’ylab asosiy tutash chiziq bilan, tishi tubi aylanasi va tish tubi sirti yasovchilari esa
ingichka tutash chiziq bilan chiziladi.
Valning shlitsali (tish chiqarilgan) qismining chegarasi va to’la profili shlitsalar bilan
ularning sbegi oralig’idagi chegara ingichka tutash chiziq bilan ko’rsatiladi. Tishli val va teshikning
o’qiga perpendikulyar tekislikda bitta tish cho’qqisi va ikki tish tubi faskasiz, yumaloqlash yoyisiz
tasvirlanadi. Zaruriyat tug’ilsa bir nechta tish va tish tublarini tasvirlashga ruxsat etiladi.


Payvand birikma
Payvandlash bu detallarning ajralmaydigan birikmasi bo’lib, metallarni eritish yo’li
bilan birikish joyida payvand chok hosil qilinadi.
Payvand birikmani eritib yoki bosim bilan payvandlab hosil qilish mumkin. Eritib
payvandlashda payvandlanadigan detallarning chetlari erish chegarasi (zonasi)ga kiritilgan
material bilan eritiladi. Natijada mustahkam payvand chok hosil qilinadi. Bosim bilan
payvandlashdan oldin maxsus mashina yordamida detalning payvand qilinadigan sirti qizdiriladi
va plastik deformatsiyalanguncha bosim ostida qisiladi. Payvand birikmaning turini ko’rsatadigan
harfiy belgidan keyin raqam qo’yiladi. Raqam chokning barcha o’ziga xos xususiyatlarini, 
masalan, chetining qirralari (uchi) qiya qilib qirqilmasdan, yoki bir qirrasi qiya qilib
qirqilmasdan, ikki qirrasi qiya qilib qirqilib yoki ikki qirrasi ham simmetrik ravishda ikki
tomonlama qiya qilib qirqilib chok hosil qilingan (payvand qilingan) ligini bildiradi. Chizmada
payvandlab ulanadigan choklarning belgilanish namunalari, asosiy shartli belgilarda
qo’llanadigan yordamchi belgilar ko’rsatilgan. 
Payvandlash usullarini shartli belgilash GOST da quyidagicha qabul qilingan :
A - avtomatik pay vandlash;
П - yarim avtomatik payvandlash;
KT - kontaktli nuqtali payvandlash;
Kp - kontaktli rolikli pay vandlash;
Э - elektr yoyi bilan payvandlash;
Г - gaz bilan payvandlash; va hokazo.


Parchin mixli birikma
Parchin mixli birikma yuqorida aytganimizdek ajralmaydigan birikma
turiga kiradi. Parchin mix bir uchida kallagi bo’lgan silindrik sterjen.
Teshikka qo’yilmagan parchin mix uzunligi birikuvchi detallar qalinligi, 
teshikni to’lg’azish va pachaklab kallak hosil qilish uchun kerak bo’ladigan
miqdorlar yig’indisiga teng bo’ladi.
Parchin mix bilan detallarni biriktirish uchun detallar teshiladi. Teshik
diametri parchin mix diametridan 1 mm katta bo’lishi kerak. Chunki qizdirilgan
parchin mix teshikka erkin kirishi kerak. Chokni parchinlash uchun diametri 12 mm 
dan ortiq bo’lgan parchin mixlar 900-1000°S temperaturagacha qizdiriladi. Chokni
parchinlashda parchin mix sterjini choktiriladi va natijada birikuvchi detallar teshigi
to’lishadi, ya’ni parchin mix diametri teshik diametriga teng bo’ladi.


Adabiyotlar:
1. Qirg’izboyev Y. va b. Mashinasozlik chizmachiligi kursi "O’qituvchi” T., 1974.
2 .Mogilniy I.M., Texnika chizmachiligi. "O’qituvchi", T.,1965.
3. Borisov D.M. va b. Chercheniyе. «Prosveshenie». M., 1980.
4. Mixaylenko V.E., Ponamarev A.M., Injenernaya grafika. «Visha shkola», K., 1985.
5. Suvorov S. G., Suvorova N. S. Mashinostroitelnoe cherchenie spravochnik. M., 1984.
6. Vasilenko E.A. i dr. Kartochki zadaniya po chercheniyu. «Prosvesheniya». M., 1984.
7. Fedorenko V.A., Shoshin A.E. Spravochnik po mashinostroitelnomu chercheniyu. L., 1981.
8. Yodgorov J.Y., Narzullayev A.X. Mashinasozlik chizmachiligi, BuxDU, Buxoro, 2006.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling