Microsoft PowerPoint Ashyo pptx


Download 43.25 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi43.25 Kb.
#1490602
Bog'liq
Ashyo pdf 2



JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
ARXITEKTURA VA QURILISH FAKULTETI
Bajardi:232-21 Qadamov Hamidbek
Tekshirdi:Jabborov Adham
"Arxitekturaviy loyihalash" kafedrasi
MUSTAQIL
ISH
M a v z u
:O’zbekistonda qurilish ashyolari ishlab chiqarishdagi ikkilamchi va mahalliy
resurslardan foydalanish (shlak fosfogips,kvars va h.k)


Reja:
1.
O’zbekistonda qurilish ashyolari ishlab
chiqarishdagi ikkilamchi resurslardan
foydalanish
2.
O’zbekistonda qurilish ashyolari ishlab
chiqarishdagi mahalliy resurslardan
foydalanish
3.
O’zbekistonda qurilish ashyolari ishlab
chiqarishdagi mahalliy resurslardan
foydalanish


Ishlab chiqarish chiqindilari – xom-ashyo qoldiqlari, 
materiallar va yarim mahsulotlar (polufabrikatlar), sifat
ko'rsatgichlarini qisman yoki to'la yo'qotgan va davlat
andozalariga mos kelmaydigan chiqindilardir. Ularga
dastlabki ishlov berilib, undan keyin ishlab chiqarish sohasida
qo'llash mumkin. Iste'molga yaroqsiz chiqindilar – qo'llash
muddatini o'tab bo'lgan materiallar, eskirgan buyumlar va
ularning dastlabki xossalarini qayta tiklash iqtisodiy nuqtai
nazardan maqsadga muvofiq bo'lmagan chiqindilar
hisoblanadi. Masalan, plastmassadan tayyorlangan buyumlar, 
stol stullar, quti va quvurlar va hokazo. Bunday chiqindilar
xom-ashyo sifatida ham, boshqa materiallar uchun
qo'shimcha sifatida ham ishlatilishi mumkin.


Слайд 3
r1 
raxmonqulov2002@gmail.com; 25.10.2022
r2 
raxmonqulov2002@gmail.com; 25.10.2022



Ikkilamchi materiallar resurslari – bu ishlab chiqarish chiqindilari va
iste'molga yaroqsiz chiqindilarning majmuasi bo'lib, ularni mahsulot
ishlab chiqarishda asosiy yoki yordamchi material sifatida qo'llash
mumkin. Bundan tashqari, bu guruhga shartli ravishda qo'shimcha yoki
aloqador mahsulotlarni ham qo'shish mumkin. Ular sanoat uchun
materiallar resursining potenstial rezervlari hisoblanadi. Hozirgi paytda
bunday resurslardan to'liq foydalanilmayapti. Ikkilamchi energetik
resurslar – texnologik jarayonlar natijasida qurilmalarda paydo bo'ladigan
chiqindilar, qo'shimcha va oraliq mahsulotlarning energetik potensiali
bo'lib, ulardan korxonaning o'zida yoki qo'shni korxonalarni energiya
bilan ta'minlashda qisman yoki to'liq qo'llash mumkin.


Ikkilamchi energetik resurslarni 3 guruhga bo'lish mumkin: 
1. Yonilg`i ikkilamchi ENERGETIK resurslari. 2. Issiqlik
ikkilamchi energetik resurslari. 3. Mexanik ikkilamchi
energetik resurlari. Yonilg`i ikkilamchi energetik resurslari
guruhiga texnologik o'choqlardan chiqadigan tutunli
gazlarning fizik issiqliklari, materiallar oqimining issiqliklari, 
issiqlik almashinuvi qurilmalaridan keyin sovutuvchi
suvlarning issiqliklari va boshqalar kiradi. Mexanik
ikkilamchi energetik resurslari guruhiga texnologik
jarayonlarda paydo bo'ladigan yoki qo'llaniladigan siqilgan
gazlarning energiyasi kiradi.
Ishlab chiqarish korxonasida chiqindisiz texnologiyalarni
joriy etish uchun quyidagi 5 ta asosiy prinsiplarga amal
qilish kerak:



1. Sistemalilik, ya'ni tabiiy, ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonlarning
o'zaro aloqadorligi va
bir biriga bog`liqligini ta'minlash.
2.Xom-ashyo va energetik resurslardan hamma tomonlama
foydalanish, ya'ni hududiy ishlab chiqarish kompleksi miqyosidagi
korxonaning chiqindisini boshqa korxonalarda qo'llash imkonini yaratish.
3.Materiallar oqimining davriyligi, ya'ni yopiq suv va gaz aylanma
ta'minotini yaratish va ishlab chiqarishni tabiiy muhitga ta'sirini cheklash. 
Bu chuchuk suv, toza havo, hayvonot va o'simliklar dunyosini muhofaza
qilishga katta yordam beradi.


4. Tabiiy muhitga ishlab chiqarish ta'sirini cheklash, ya'ni
tabiiy muhitga etkaziladigan ta'sir, uning sifat ko'rsatkichlariga
ta'sir ko'rsatmasligini yoki tabiiy muhitning sifat ko'rsatkichlari
o'zgarsa ham ruxsat etilgan chegaralardan oshmasligini
ta'minlash. 5. Chiqindisiz ishlab chiqarishni tashkil etish
samaradorligi, ya'ni energetik, texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy va
ekologik omillarni inobatga olish, tabiiy resurslardan hamma
tomonlama foydalanish, ishlab chiqarish hajmlarini o'sishini
ta'minlash va iqtisodiy zararlarni oldini olish.


Слайд 9
r3 
raxmonqulov2002@gmail.com; 25.10.2022


Mahalliy resurslardan unumli foydalanish asosida mahalliy
o’z-o’zini boshqaruv organlarini samaradorligini oshirish
texnologiyalari juda keng qo’llanilmoqda. Ijtimoiy
texnologiyalar va o’z-o’zini boshqarish organlari akademiyasi
mutaxassislari «SEPIN» fondi ekspertlari bilan birgalikda
o’nlab innovatsiya mashg’ulotlari o’tkazishdi. Innovatsiya
texnologiyalari asta-sekin mahalliy o’z-o’zini boshqaruv
tashkilotlarida eskitdan qolgan o’y-fikrlardan qutulish yo’llarini
aniqlaydi. Ular quyidagilarga olib kelishi mumkin:
1. Rasmiy munosabatdagi xatoliklar mahalliy o’z-o’zini
boshqaruvning mohiyati, uning
tashkiliy huquqiy shakli bilan
almashtiriladi, ya’ni mahalliy aholining mahalliy muammolarini
yechishda ishtirok etishdan mahrum bo’lishadi. 


2. Mahalliy o’z-o’zini boshqarish me’yoriy-huquqiy, tashkiliy shartlari
asosida bo’lishi mumkin. 
3. Tezlashtirish natijasidagi xatoliklar - o’z-o’zini boshqarish organlari
tibiiy shakillanishining buzilishiga olib keladi. 
4. Ma’muriy bosim xatoliklari - «yuqori»dan mahalliy hamjamiyatga turli
tartib-qoidalargalarga bog’lab qo’yish.
5. Rasmiy munosabatdagi xatoliklar mahalliy o’z-o’zini boshqaruvning
mohiyati, uning tashkiliyhuquqiy shakli bilan almashtiriladi, ya’ni mahalliy
aholining mahalliy muammolarini yechishda ishtirok etishdan mahrum
bo’lishadi. 


Umuman olganda mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari davlatning
doimiy faoliyatiga samarali yordam bermoqda. Korporativ tamoyillarga, 
korporativ iqtisodiyotga asoslangan mahalliy boshqaruv organlarini
rivojlantirishning yangicha yondashuvi quyidagi qadamlarni bajarish orqali
amalga oshiriladi: 
1.Qonun doirasida federal darajada hokimiyatlarni markazlashtirish
muammolari aniq qo’yiladi.
2. Qonun asosida mulkchilik muammolari, yer, 
moliya-byudjet siyosati, davlat vazifalar va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari
vazifalari hal etiladi; 3. Munitsipal hokimiyat, munitsipal ta’lim, munitsipal mulk va
boshqa munitsipal resurslar tushunchalariga aniqlik kiritiladi, bundan esa umumiy
munitsipal siyosat tushunchasi aniqlanadi. 4. Davlat tomonidan alohida mahalliy
organlarning vazifalari belgilanganda ular albatta zaruriy moddiy-moliyaviy va
boshqa resurslar bilan ta’minlanadi; 


5. Qonun chiqaruvchi organlar: barcha xo’jalik sub’ektlari
faoliyati, shu jumladan, o’z-o’zini boshqarish organlariga
huquqiy kenglikni yaratadi;
qonun va boshqa me’yoriy-huquqiy aktlar qabul qilingan
holda munitsipal siyosat masalalarini kafolatlaydi; 
umumiy munitsipal siyosat davlat dasturini qabul qiladi, shu
asosda mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlariga qonun
bazasi doirasida aniq maqsad va vazifalar taqdim etadi, shu
jumladan munitsipal darajasida;
umumdavlat ijtimoiy standartlarni kafolatlaydilar, ya’ni
minimum yordamni, ular davlat tomonidan olishi shart.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
https://hozir.org
2.
https://uz.wikipedia.org
3.
https://xs.uz


JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
ARXITEKTURA VA QURILISH FAKULTETI
Bajardi: 232-21 Qadamov Hamidbek
Tekshirdi:Jabborov Adham
"Arxitekturaviy loyihalash" kafedrasi
MUSTAQIL
ISH
M a v z u
:Toshlarni qayta ishlashda yangi energiya tejamkor texnologiyalar joriy etish



Dekorativ toshga ishlov berish deganda toshga ishlov berish
borasidagi texnologik jarayonlaming shunday jamlamasi
tushuniladiki, ularning natijasida toshga m a’lum shakl va
o£rnatilgan o£lchamlar beriladi. Uning ust yuzasi esa berilgan
faktura tusini oladi. Toshga ishlov berish sanoatida toshga
ishlov berishning turlituman jarayonlari turlicha uskuna va
asboblardan foydalangan holda muvofiq kasblarni egallagan
ishchilar (tosh arralovchilar, tosh frezerchilari, tosh 
buyumlarini jilvirlovchi-silliqlovchilar va tosh kesuvchilar, tosh 
yo£nuvchilar) tomonidan bajariladi.


Toshga ishlov berishdagi istalgan texnologik jarayon toshni bo’laklash
bilan bog’liqdir. Aynan bo’laklash usuli, bosqichi va ko’rinishi ulaming
farqini aniqlaydi va toshga ishlov berishning texnologik ishlab chiqarish
jarayonining nomlanishini anglatadi. Toshni bo’laklash usuli
xomashyoning texnologik xususiyatlari va tayyor mahsulotga qo’yiluvchi
talablarga bog£liq ravishda tanlanadi. Toshga ishlov berishning mexanik
va nomexanik jarayonlari mavjud. Mexanik jarayonlar toshni an’anaviy
usullarga, ya’ni toshga zarb urishlar (zarb ishlovi) va qirqishga (qirqish
orqali ishlash) asoslanadi. Nomexanik jarayonlarga toshni qizdirish orqali
yangi usulda bo’laklash (termoishlov), shuningdek, plazmali qirqish, 
ultratovush usulida qirqish, lazer nurini qo’llash ham da elektrogidravlik va
yuqori chastotali toklar orqali ishlov berish kabi usullar kiradi.



Shunday qilib, toshni bo£laklash usuli bo£yicha qirqish, 
qizdirish va zarb urish bilan ishlov berish bo£lsa, toshni
bo£laklash bosqichi bo’yicha esa shakl va o£lchamlar
bo£yicha hamda fakturaga oid ishlov berish usullariga
bo£linadi. Toshni b o £laklash darajasi bo’yicha unga ishlov
berish jarayonlari chamalangan (taxminiy) va aniq bir ishlov
berish kabi usullarga bo’linadi. Chamalangan (taxminiy) 
jarayonlar toshni shakl va o£lchamlar bo’yicha ishlov berishda
bajariladi, aniq jarayonlar fakturaga oid ishlovlarga xosdir. Har 
qaysi guruh ichida jarayonlar rna’lurn ketma-
ketlikdabuyumlarga shakl va o£lchamlari bo’yicha chamalab
(taxminiy) ishlov berish bilan, buyumga aniq ishlov berishda
shakl va o’lchamlar bo’yicha fakturaga oid ishlov berilishi bilan
amalga oshiriladi.


Chamalab ishlov berish jarayonlariga, toshni bo’laklash
usuliga bog’liq holda (qirqish, qizdirish yoki zarb urish) 
muvofiq ravishda arralash, termoishlov yoki bo£laklash
(taroshlash) kabilar kiradi, aniq jarayonlarga esa toshni
frezerlash-qirralash, termoishlov berish yoki taroshlash kiradi. 
Fakturaga oid ishlov berish uchun toshni bo’laklash usuliga
bog’liq ravishda toshni jilvirlash-silliqlash, termoishlov berish
yoki toshni yo’nish kabi operatsiyalar qo£llanilishi mumkin. 
Chamalab ishlov berish natijasida buyumga belgilanganlarga
yaqinlashtirilgan shakl va o’lchamlar beriladi. Boshqa so’z
bilan aytganda, ushbu bosqichda bo’laklanuvchi toshning eng
katta hajmlari bilan belgilanuvchi, bo’lg’usi buyumning
o£xshash tanavori hosil qilinadi. 


Aniq ishlovda buyum keyingi faktura ishlovi uchun katta tomonga
birozgina farq bilan tugal shakl va berilgan o’lchamlarga keladi. 
Toshga ishlov berish texnologiyasi birinchi navbatda tog’ jinsining
qattiqligi va undagi kvarsning miqdori bilan belgilanadi. Yuqori
miqdordagi kvarsga ega bo’lgan qattiq tog’ jinslari erkin abraziv
yordamida po’lat arrali romli dastgohlarda, o’rta qattiqlikdagi kvarssiz
jinslar esa po’lat arralarda arralangani kabi, olmosli arralarda ham 
arralanadi. Bu esa qattiq va o’rta qattiqlikdagi tog’ jinslarini arralash
texnologiyasidagi farqlami bildirib turadi. 



Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
https://hozir.org
2.
https://uz.wikipedia.org
3.
https://xs.uz

Download 43.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling