Microsoft PowerPoint dasturxon tuzash


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
Sana22.09.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1685078
Bog'liq
XONIMQULOVA OYDIN 105 GURUH



MUSTAQIL ISH

Guruhi: 101-gruh 

Bajardi: Xonimqulova Oydin


Dasturxon tuzash san`ati
Dasturxon bezash-pazandachilik san’ati va mehmon
kutish odatining tarkibiy qismi. Tayyor taomlarni did bilan
dasturxonga tortish va xо‘rak asboblari (qoshiq, sanchqi,
pichoq va boshqalar)ni joy-joyiga qо‘yib, ziyofat uchun
qulay sharoit hozirlash ham san’at hasoblanadi. Sharoitga
qarab dasturxon chorpoyada, xontaxta yoki stol ustida,
sо‘rida tuzatiladigan bо‘lsa, chor atrofiga kо‘rpachalar
solinib, yonboshlash uchun, yostiqlar qо‘yiladi. О‘rtaga
xontaxta qо‘yilib, ustiga dasturxon yoziladi. Ayniqsa, katta
ziyofat, tо‘y, bayram dasturxonlari о‘ziga xos qoidaga
muvofiq tuziladi. Stollar maydondagi sharoitga qarab “Г”,
“T”, “П”, “Ш” shakllarda joylashtiriladi, atrofiga stullar
qо‘yiladi. Yoyiladigan dasturxonning rangi qо‘yiladigan
idishlarga mos tushmog‘i lozim.


Dasturxon tuzash tartibi

Dasturxon tuzash ma’lum bir ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Turli xil
dasturxon tuzashdagi umumiy jihatlaridan biri idish va asboblarni sochiq
bilan artib tayyorlanishidir. Tuzashdan avval dasturxonni shunday yozish
kerakki, bunda dasturxonning o’rtasi stol markazida bo’lib, stolning barcha
tomonlaridan dasturxon bir tekisda tushib turishi kerak.

Shundan so’ng dasturxon tuzash boshlanadi: likopcha qoyilib, kerakli
asboblar joylanadi. Tuzashdagi har bir element dasturxonda o’z joyiga ega
bo’lishi kerak. Masalan, likopchani har bir mehmon uchun stul to’g’risiga
stol qirrasidan 2 sm masofada ichkariga qoyiladi.

Oshxona asboblari likopchaning o’ng va chap tomonlariga qoyiladi.
Pichoqning o’tkir tomoni likopchaga qaratib o’ng tomonga, sanchiqning
uchlarini yuqoriga qaratib likopchaning chap tomonga, qoshiqni esa doimo
o’ng tomonga qabariq tomonini yuqoriga qaratib qoyiladi. Desert
asboblarni likopchaning yuqori tomoniga likopchadan stol markazi
tomonga pichoq, sanchiq va qoshiq tartibida qoyiladi. Fujer likopchaning
yuqori o’ng tomoniga, qo’l sochig’i likopchaning ustiga chiroyli shakl
berilib, qog’oz salfetkalar esa maxsus idishga joylashtiriladi. Maxsus
idishdagi ziravorlar stol markaziga yaqinlashtirib qoyiladi.



Rangli sochiq-dasturxon komplekti har kuni
foydalanish uchun qulay hisoblanadi. Yuvish va
dazmollashdan keyin qolishi mumkin bo’lgan,
ko’rinadigan dog’ izlari va yirtilgan sochiq-
dasturxonlardan foydalanmaslikka e’tibor berish
kerak. Shuning uchun dasturxon va yakka
salfetkalardan
foydalanganda
qo’shimcha
qog’oz salfetkalarni ham stol ustiga qoyish
tavsiya etiladi. 2-rаsm. Salfetkalarni taxlash
usullari

Stollar servirovkasida ishlatilgan dasturxon va
salfetkalarning
ko’rinishi
insonni
did
bilan
dasturxon tuzashga ilhomlantiradi.



Yaxna taomlar, gazaklar, birinchi va ikkinchi issiq taomlar va
shirinliklar tortiladi. Sho’rvalar kosalarda, ikkinchi taom katta
yoki oval likopchalarda, tortiladi. Desert uchun ho’l mevalar,
shirinliklar, qandolat mahsulotlari tortiladi.

Bunday dasturxonga birinchi bo’lib ishtahani ochuvchi
chiroyli qilib bezatilgan salatlar va gazaklar tortiladi. Ular
chiroyli qilib kesilgan sabzavotlar va ko’katlar bilan bezatilgan
bo’lib
salat
idishlarida
va
maxsus
likopchalarda
mehmonlarning olishiga qulay joyga qoyiladi. Birinchi issiq
taomlar kosalarda, ustiga mayda to’g’ralgan ko’katlar bilan
bezatilgan holatda tortiladi. Sho’rva mehmonlarga chap
tomondan, avval yoshi ulug’ kishilardan boshlab beriladi.



Ikkinchi taom (palov, xasip, qovurdoq) kattaroq likopchalarda
tortilib, bunda har bir mehmon o’ziga yetarli miqdordagi
taomni likopchasiga solib oladi. Bu taomni ham ko’katlar bilan
bezatiladi. Issiq taomlarni tortishda ularning harorati 60-70
0
C
bo’lishiga ahamiyat berish kerak. Issiq choy har bir taomning
tortilishidan oldin berilishi qabul qilingan qoidalardan
hisoblanadi.


Ikkinchi taom


Taomnoma
Avvalambor taomnomani yaxshilab o‘ylab 
olish kerak. Unga asosiy klassik taomlardan
tashqari, bir nechta noodatiy eguliklarni ham 
qo‘shing. Dasturxoningizdan go‘shtli yaxnalar bilan
birga, baliq, tovuq va sabzavotlar ham o‘rin olsin, 
toki mehmonlarda tanlov bo‘lsin va hech kim och
qolmasin.


O`zbek milliy dasturxoni


Oldindan tayyorlash
Ziyofat uchun atalgan taomlarning bir qismini,
chunonchi, kompotlar, pirog va tortlarni bir kun avval
pishirib qo‘ying. Shuningdek, salat va garnirlar uchun
tuxum va sabzavotlarni ham oldindan qaynatib oling,
salatlarning o‘zini esa dasturxonga tortish oldidan
tayyorlang.


Bayram dasturxoni tuzash


Kuch va vaqtni tejang

Asosiy issiq ovqat sifatida bus-butunligicha duxovkada
pishiriladigan taomlardan birini tanlaganingiz ma’qul. Shunda
ham kuch va vaqtingiz tejaladi, ham mehmonlaringiz uchun
oshqozonga foydali egulik tayyorlanadi.
Zaxira qiling
Konservalangan tansiq ovqatlarni zaxira qilib qo‘ying: agar 
ovqat mehmonlarning barchasiga ham etmay qolsa yoki
rejalashtirilgan ovqatlar o‘xshamay qolsa, ular sizga qo‘l
kelishi mumkin. Yoki o‘zingiz oldindan do‘lma yoki kotlet
qiymasini tayyorlab, muzxonaga solib qo‘ying, ular ham 
“favqulodda holatlar”da sizga asqotadi.


Hayit dasturxoni


Oson tayyorlanadigan yeguliklar
Taomnomangizning kamida uchdan bir qismi oson tayyorlanadigan va tez
tortiladigan eguliklardan iborat bo‘lishi kerak. Masalan, kolbasa va pishloq, 
go‘sht, sabzavotlardan tayyorlangan turli assortilar, buterbrodlar.
Ichimliklar — sovitgichga!
Ziyofat uyushtiriladigan kuni ertalabdan barcha salqin ichimliklarni
sovitgichga solib qo‘ying, ularni biroz ortig‘i bilan sotib olgan ma’qul. 
Dasturxon bezashda kerak bo‘ladigan buyumlarning barchasini oldindan
tayyorlab qo‘ying, qog‘oz salfetka va tish kovlagich kabi mayda-chuydalar
haqida ham unutmang. Bashang dasturxon va jilolanib turgan idish-
tovoqlar bayram shukuhini yuzaga keltiradi, bu sizga eguliklar tayyorlash
va mezbonlik vaifalarini bajarishda kuch ato etadi.
Mehmonlarni nafaqat ajoyib dasturxon, balki quvnoq, xushmuomala va ko‘p
charchamagan mezbon mulozamati ham xursand qilsin!


Shirinliklar


Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling