Microsoft PowerPoint dasturxon tuzash
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
XONIMQULOVA OYDIN 105 GURUH
Dasturxon tuzash san`ati Dasturxon bezash-pazandachilik san’ati va mehmon kutish odatining tarkibiy qismi. Tayyor taomlarni did bilan dasturxonga tortish va xо‘rak asboblari (qoshiq, sanchqi, pichoq va boshqalar)ni joy-joyiga qо‘yib, ziyofat uchun qulay sharoit hozirlash ham san’at hasoblanadi. Sharoitga qarab dasturxon chorpoyada, xontaxta yoki stol ustida, sо‘rida tuzatiladigan bо‘lsa, chor atrofiga kо‘rpachalar solinib, yonboshlash uchun, yostiqlar qо‘yiladi. О‘rtaga xontaxta qо‘yilib, ustiga dasturxon yoziladi. Ayniqsa, katta ziyofat, tо‘y, bayram dasturxonlari о‘ziga xos qoidaga muvofiq tuziladi. Stollar maydondagi sharoitga qarab “Г”, “T”, “П”, “Ш” shakllarda joylashtiriladi, atrofiga stullar qо‘yiladi. Yoyiladigan dasturxonning rangi qо‘yiladigan idishlarga mos tushmog‘i lozim. Dasturxon tuzash tartibi Dasturxon tuzash ma’lum bir ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Turli xil dasturxon tuzashdagi umumiy jihatlaridan biri idish va asboblarni sochiq bilan artib tayyorlanishidir. Tuzashdan avval dasturxonni shunday yozish kerakki, bunda dasturxonning o’rtasi stol markazida bo’lib, stolning barcha tomonlaridan dasturxon bir tekisda tushib turishi kerak. Shundan so’ng dasturxon tuzash boshlanadi: likopcha qoyilib, kerakli asboblar joylanadi. Tuzashdagi har bir element dasturxonda o’z joyiga ega bo’lishi kerak. Masalan, likopchani har bir mehmon uchun stul to’g’risiga stol qirrasidan 2 sm masofada ichkariga qoyiladi. Oshxona asboblari likopchaning o’ng va chap tomonlariga qoyiladi. Pichoqning o’tkir tomoni likopchaga qaratib o’ng tomonga, sanchiqning uchlarini yuqoriga qaratib likopchaning chap tomonga, qoshiqni esa doimo o’ng tomonga qabariq tomonini yuqoriga qaratib qoyiladi. Desert asboblarni likopchaning yuqori tomoniga likopchadan stol markazi tomonga pichoq, sanchiq va qoshiq tartibida qoyiladi. Fujer likopchaning yuqori o’ng tomoniga, qo’l sochig’i likopchaning ustiga chiroyli shakl berilib, qog’oz salfetkalar esa maxsus idishga joylashtiriladi. Maxsus idishdagi ziravorlar stol markaziga yaqinlashtirib qoyiladi. Rangli sochiq-dasturxon komplekti har kuni foydalanish uchun qulay hisoblanadi. Yuvish va dazmollashdan keyin qolishi mumkin bo’lgan, ko’rinadigan dog’ izlari va yirtilgan sochiq- dasturxonlardan foydalanmaslikka e’tibor berish kerak. Shuning uchun dasturxon va yakka salfetkalardan foydalanganda qo’shimcha qog’oz salfetkalarni ham stol ustiga qoyish tavsiya etiladi. 2-rаsm. Salfetkalarni taxlash usullari Stollar servirovkasida ishlatilgan dasturxon va salfetkalarning ko’rinishi insonni did bilan dasturxon tuzashga ilhomlantiradi. Yaxna taomlar, gazaklar, birinchi va ikkinchi issiq taomlar va shirinliklar tortiladi. Sho’rvalar kosalarda, ikkinchi taom katta yoki oval likopchalarda, tortiladi. Desert uchun ho’l mevalar, shirinliklar, qandolat mahsulotlari tortiladi. Bunday dasturxonga birinchi bo’lib ishtahani ochuvchi chiroyli qilib bezatilgan salatlar va gazaklar tortiladi. Ular chiroyli qilib kesilgan sabzavotlar va ko’katlar bilan bezatilgan bo’lib salat idishlarida va maxsus likopchalarda mehmonlarning olishiga qulay joyga qoyiladi. Birinchi issiq taomlar kosalarda, ustiga mayda to’g’ralgan ko’katlar bilan bezatilgan holatda tortiladi. Sho’rva mehmonlarga chap tomondan, avval yoshi ulug’ kishilardan boshlab beriladi. Ikkinchi taom (palov, xasip, qovurdoq) kattaroq likopchalarda tortilib, bunda har bir mehmon o’ziga yetarli miqdordagi taomni likopchasiga solib oladi. Bu taomni ham ko’katlar bilan bezatiladi. Issiq taomlarni tortishda ularning harorati 60-70 0 C bo’lishiga ahamiyat berish kerak. Issiq choy har bir taomning tortilishidan oldin berilishi qabul qilingan qoidalardan hisoblanadi. Ikkinchi taom Taomnoma Avvalambor taomnomani yaxshilab o‘ylab olish kerak. Unga asosiy klassik taomlardan tashqari, bir nechta noodatiy eguliklarni ham qo‘shing. Dasturxoningizdan go‘shtli yaxnalar bilan birga, baliq, tovuq va sabzavotlar ham o‘rin olsin, toki mehmonlarda tanlov bo‘lsin va hech kim och qolmasin. O`zbek milliy dasturxoni Oldindan tayyorlash Ziyofat uchun atalgan taomlarning bir qismini, chunonchi, kompotlar, pirog va tortlarni bir kun avval pishirib qo‘ying. Shuningdek, salat va garnirlar uchun tuxum va sabzavotlarni ham oldindan qaynatib oling, salatlarning o‘zini esa dasturxonga tortish oldidan tayyorlang. Bayram dasturxoni tuzash Kuch va vaqtni tejang Asosiy issiq ovqat sifatida bus-butunligicha duxovkada pishiriladigan taomlardan birini tanlaganingiz ma’qul. Shunda ham kuch va vaqtingiz tejaladi, ham mehmonlaringiz uchun oshqozonga foydali egulik tayyorlanadi. Zaxira qiling Konservalangan tansiq ovqatlarni zaxira qilib qo‘ying: agar ovqat mehmonlarning barchasiga ham etmay qolsa yoki rejalashtirilgan ovqatlar o‘xshamay qolsa, ular sizga qo‘l kelishi mumkin. Yoki o‘zingiz oldindan do‘lma yoki kotlet qiymasini tayyorlab, muzxonaga solib qo‘ying, ular ham “favqulodda holatlar”da sizga asqotadi. Hayit dasturxoni Oson tayyorlanadigan yeguliklar Taomnomangizning kamida uchdan bir qismi oson tayyorlanadigan va tez tortiladigan eguliklardan iborat bo‘lishi kerak. Masalan, kolbasa va pishloq, go‘sht, sabzavotlardan tayyorlangan turli assortilar, buterbrodlar. Ichimliklar — sovitgichga! Ziyofat uyushtiriladigan kuni ertalabdan barcha salqin ichimliklarni sovitgichga solib qo‘ying, ularni biroz ortig‘i bilan sotib olgan ma’qul. Dasturxon bezashda kerak bo‘ladigan buyumlarning barchasini oldindan tayyorlab qo‘ying, qog‘oz salfetka va tish kovlagich kabi mayda-chuydalar haqida ham unutmang. Bashang dasturxon va jilolanib turgan idish- tovoqlar bayram shukuhini yuzaga keltiradi, bu sizga eguliklar tayyorlash va mezbonlik vaifalarini bajarishda kuch ato etadi. Mehmonlarni nafaqat ajoyib dasturxon, balki quvnoq, xushmuomala va ko‘p charchamagan mezbon mulozamati ham xursand qilsin! Shirinliklar Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling