Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
- yengil avtomobillarni ijaraga berish va avtomashinalarni haydab olib borish xizmatlari; - aloqa korxonalarining xizmatlari va boshqalar. 9010-«Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar», 9020-«Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar», 9030-«Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar» schyotlarining kreditida korxonaning asosiy faoliyatidan (mahsulot sotish, ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) olingan daromadlar aks ettiriladi va 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4110-«Alohida balansga ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan schyotlar» hamda pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning debeti bilan o‘zaro korrespondentsiyada bo‘ladi. Oldingi davrda olingan, ammo hisobot yiliga tegishli bo‘lgan daromadlar (bo‘nak) summasiga pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar debetlanib, 6210-«Muddati uzaytirilgan daromad» yoki 6310-«Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar» schyotlari kreditlanadi. 9040-«Sotilgan tovarlarning qaytarilishi» va 9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» schyotlari kontrpassiv schyot bo‘lib, 9010, 9020, 9030-schyotlar summasini korrektirovka qilib turadi. 9040-schyotning debet oboroti mahsulot sotishdan tushgan tushum summasidan chiqarib tashlanadi. Sotilgan mahsulotning qaytarib olinishiga quyidagicha provodka beriladi: D-t 9040-«Sotilgan mahsulotning qaytarilishi» K-t Pul mablag‘lari schyotlari. Qaytarib olingan mahsulot va tovarlarning tannarxiga qizil storno yozuvi orqali quyidagicha provodka beriladi: D-t 9110, 9120, 9130-schyotlar K-t 2810, 2910, 2920-schyotlar. Qaytarib olingan mahsulot va tovarlar bo‘yicha hisoblangan QQS summasiga quyidagicha provodka beriladi: D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti». Hisobot davri oxirida 9040-schyotning debet saldosi yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi: D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» K-t 9040-«Sotilgan tovarlarning qaytarilishi». 9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» schyotida tayyor mahsulot va tovarlar qiymatidan xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar hisobga olinadi. Xaridor va buyurtmachilarga chegirmalar berilganida quyidagicha provodka beriladi: D-t 9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» K-t 4010, 4110-schyotlar. Hisobot davri oxirida 9050-schyotning debet saldosi yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi: D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» K-t 9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar». Sotilgan tayyor mahsulot, tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi to‘g‘risidagi axborotlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 9110-«Sotilgan mahsulot tannarxi» 9120-«Sotilgan tovarlar tannarxi» 9130-«Sotilgan ish va xizmatlar tannarxi» 9140-«Davriy hisobda TMZlarni xarid qilish va sotish» 9150-«Davriy hisobda TMZlar bahosiga tuzatishlar». Ushbu schyotlarning debeti ko‘payishni, krediti kamayishni ko‘rsatadi. 9110, 9120, 9130- schyotlar tranzit bo‘lib, hisobot davrining boshiga qoldiq qolmaydi. Sotilgan tayyor mahsulot, tovarlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi 9110, 9120, 9130-schyotlarning debeti va 2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2810-«Ombordagi tayyor mahsulot», 2910-«Ombordagi tovarlar» schyotlarining krediti bilan o‘zaro korrespondentsiyada aks ettiriladi. Oy oxirida mahsulot, ish va xizmatlarning haqiqiy tannarxi bilan reja tannarxi orasidagi farqi tegishli schyotlarga o‘tkaziladi. Bunda quyidagicha provodkalar beriladi: D-t 2810, 2820-schyotlar - tayyor mahsulotga tegishli farq summasiga D-t 9110, 9130-schyotlar - sotilgan mahsulot, ishlar va xizmatlarga tegishli farq summasiga K-t 2010, 2310-schyotlar. Agar ushbu farq summasi ortiqcha qilingan xarajatni ko‘rsatsa, yuqoridagi provodkalar beriladi. Agarda tejalgan summani ko‘rsatsa, ushbu provodkalar qizil storno yozuvi orqali reja tannarx haqiqiy tannarxga yetkazib quyiladi. Hisobot davri oxirida 9110, 9120, 9130-schyotlarning debet oborotlaridagi summalar yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi: D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» K-t 9110, 9120, 9130-schyotlar. Demak, 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotining debetida sotilgan mahsulot, ish va xizmatlarning haqiqiy tannarxi, kreditida esa mahsulot, ish va xizmatlarni sotishdan tushgan sof tushum aks ettiriladi. Ushbu muomalalar bo‘yicha 9900-schyotning debet va kredit oborotlarining farqi orqali mahsulot, ish, xizmatlarni sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) aniqlanadi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling