Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
21 MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBOTLARI
21.1. Hisobotning mohiyati va ahamiyati Korxonaning joriy faoliyati ma'muriyat tomonidan boshqaruv funksiyalarini safarbar qilish yo‘li bilan amalga oshirilib, uning natijalari buxgalteriya hisobi tizimida aks ettiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subekt tomonidan ma'lum vaqt oralig‘ida amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi axborotlar tegishli hisob registrlarida umumlashtiriladi va guruhlangan holda ulardan buxgalteriya hisobotlariga o‘tkaziladi. Buxgalteriya hisobini huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimida hisobot korxonaning mulkiy va moliyaviy ahvoli hamda moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona tizimi sifatida qaraladi. Hisobotlar ma'lum hisobot davri uchun belgilangan shakllar bo‘yicha tayyorlangan buxgalteriya hisobi axborotlari asosida tuziladi. O‘z navbatida hisobot davri – bu korxona moliyaviy hisobotini tuzishi lozim bo‘lgan davr. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunning 18-moddasiga muvofiq moliyaviy hisobotning hisobot davri 1 yanvardan 31 dekabrga qadar bo‘lgan kalendar yil deb belgilangan. Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun ular yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan sanadan boshlab, yuridik shaxs hisoblanmaydigan subektlar uchun esa ular tegishli davlat organlarida ro‘yxatga olingan sanadan boshlab, o‘sha yilning 31 dekabrigacha bo‘lgan davr birinchi hisobot yili deb hisoblanishi belgilangan. Agar xo‘jalik yurituvchi subekt joriy yilning 1 oktyabridan keyin ro‘yxatga olingan bo‘lsa, uning uchun birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 dekabrida tugaydi. Xo‘jalik yurituvchi subektni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgungacha amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uning birinchi yildagi hisobotiga kiritiladi. Hisob axborotlarini umumlashtirishning bunday tartibi avvalo korxonaning o‘zi uchun zarur va muayyan korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini aniqlashtirish hamda ayrim hollarda unga tuzatish kiritish bilan bog‘liq. Shuning uchun buxgalteriya hisobotining mazmuni axborotdan foydalanuvchilarning mulklar, moliyaviy ahvol, foyda va zararlar ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni baholashiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, istalgan faktlarni ochib berishi lozim. Bunday axborotlardan foydalanuvchilar rahbarlar, ta'sischilar, ishtirokchilar va korxona mulkining egalari hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subekt faoliyati, mulkiy ahvoli va moliyaviy barqarorlik darajasi to‘g‘risidagi hisobotning mazmuni kapital quyishdan manfaatdor bo‘lgan investorlarda ham uchun qiziqish uyg‘otadi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling