1.4. Buxgalteriya hisobining mohiyati, turlari va tamoyillari
Bozor iqtisodiyotining buxgalteriya hisobi oldiga qo‘yadigan talablari rejali-taqsimot iqtisodiyotiga
qaraganda ancha keng. Bu eng avvalo, boshqaruv maqsadlari xo‘jalik yurituvchi subekt faoliyatining
yakuniy natijasi – foyda olishga qaratilganligi bilan bog‘liq. Hozirgi sharoitda buxgalteriya hisobi ushbu
vaziyatdan kelib chiqqan holda uch turga bo‘linadi (1.3-rasm).
1.3-rasm. Buxgalteriya hisobining turlari
Moliyaviy hisob tashqi va ichki axborotdan foydalanuvchilar talabini qondirishga qaratilgan hisob
va hisobot tizimidan iborat. Boshqaruv hisobi faqat ichki axborotdan foydalanuvchilar, ya'ni xo‘jalik
yurituvchi subekt boshqaruv apparatini axborot bilan ta'minlaydi va uning joriy vazifalari (ishlab chiqarish
hisobi) kabi strategik maqsadlariga (strategik hisob) xizmat qiladi. Soliq hisobi soliqlarning alohida turlari
bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazani to‘g‘ri hisoblash va budjet bilan hisob-kitoblarni o‘z vaqtidaamalga
oshirishni ta'minlashga qaratilgan. Shunday qilib, boshqaruvning ko‘rib chiqilgan rejalashtirish, nazorat va
qabul qilingan qarorlar bajarilishining samaradorligini baholash kabi funksiyalari buxgalteriya hisobi
tufayli amalga oshiriladi. Uning axborot tizimi ichki va tashqi axborotdan foydalanuvchilarning xo‘jalik
yurituvchi subekt moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida yaqqol tasavvurga ega bo‘lishini ta'minlaydi.
Buxgalteriya hisobi axborotlarini hisobning boshqa turlarida shakllanadigan axborotlar bilan
qiyoslaganda farq qiladigan belgilari uning asosiy tamoyillariga tayanadi. Ularga asoslangan holda har bir
xo‘jalik yurituvchi subekt tomonidan ma'lum mahsulot, ish va xizmatlar bozorida o‘zining moliya-xo‘jalik
strategiyasi ishlab chiqiladi.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunning 6-moddasiga muvofiq buxgalteriya hisobining asosiy
tamoyillari quyidagilar:
•
buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish;
•
uzluksizlik;
•
xo‘jalik muomalalari, aktivlar va passivlarni pulda baholash;
•
aniqlik;
•
hisoblash;
•
oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik);
•
mazmunning shakldan ustunligi;
•
ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi;
•
moliyaviy hisobotning betarafligi;
•
hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi;
•
aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |