Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari va funksiyalari


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

1.5. Buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari va funksiyalari 
O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunining 2-moddasiga muvofiq, 
“Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa 
Buxgalteriya hisobi
Moliyaviy hisob 
Boshqaruv hisobi
Soliq hisobi


buxgalteriya axboroti bilan ta'minlashdir”.
1
Shuningdek, ushbu maqsadga yerishish uchun buxgalteriya 
hisobi oldiga quyidagi vazifalar quyilgan:
“ – buxgalteriya hisobi schotlarida aktivlarning xolati va xarakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning 
xolati to‘g‘risida to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;

samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish; 

moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni aniq tuzish”
2

Shuningdek, buxgalteriya hisobi korxona xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda O‘zbekiston 
Respublikasi qonunchiligiga rioya qilishi ustidan nazorat o‘rnatish, xo‘jalik faoliyatida salbiy holatlarning 
oldini olish va uning moliyaviy barqarorligini ta'minlaydigan ichki xo‘jalik imkoniyatlarini topishni 
ta'minlashi zarur. 
Buxgalteriya hisobining birinchi vazifasi korxona rahbarlari, ta'sischilari, ishtirokchilari va 
mulkdorlari, investorlar, kreditorlar, xaridorlar va boshqa axborotdan foydalanuvchilar manfaatlaridan 
kelib chiqadi. Buxgalteriya axborotlari to‘liq va ishonchli bo‘lishi, ya'ni foydalanuvchilarga xo‘jalik 
yurituvchi subekt to‘g‘risida, uning mulklari, majburiyatlari, faoliyat natijalari to‘g‘risida barcha zarur 
axborotlarni taqdim qilishi, demak, korxona ma'muriyati va boshqa axborotdan foydalanuvchilar uchun 
foydali bo‘lishi lozim. 
Ikkinchi vazifaning mazmuni shundan iboratki, buxgalteriya hisobi tizimida korxona moliya-
xo‘jalik faoliyati faktlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mosligi ustidan nazorat o‘rnatish 
uchun ma’lumotlarni shakllantirish zarur. Bunday axborotlar xo‘jalik muomalalarining maqsadga 
muvofiqligini, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishni tasdiqlashi lozim. 
Uchinchi vazifa korxona xo‘jalik faoliyatini boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan. 
Shu bilan birga, shartnomalarning bajarilishini, tejamkorlikka rioya qilishni va mulkning 
saqlanishini ta'minlashni nazorat qilish ham hisobning vazifasiga kiradi.
Shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish buxgalteriya hisobi tomonidan ikkita 
vazifani bajarishda ifodalanadi. Birinchisi, buxgalteriya hisobi tadbirkorlikni rivojlantirishning joriy va 
istiqbolli rejalarini tuzish uchun zarur dastlabki ma’lumotlar beradi. 
Chunki mavjud bozor konyunkturasini, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni hisobga olmay 
turib, haqqoniy biznes-reja topshiriqlarini tuzish mumkin emas. Ikkinchidan, shartnoma majburiyatlarini 
bajarish uchun bir vaqtning o‘zida ularning bajarilishini nazorat qilishni tashkil etish zarur. 
Ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxini pasaytirish, 
korxonalarda va uning bo‘linmalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tadbirkorlikni 
rivojlantirish buxgalteriya hisobining muhim vazifasidir. Bundayulkan vazifalar korxonalarning hamma 
ichki imkoniyatlarini axtarib topish va ulardan samarali foydalanish, iqtisodiy tejamkorlikka rioya qilish, 
ishlab chiqarish zaxiralarini va xarajatlarini o‘z vaqtida hisobga olib borish bilan muvaffaqiyatli amalga 
oshiriladi
Buxgalteriya hisobi boshqaruv tizimida quyidagi funksiyalarni bajaradi (1.4-rasm). 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling