Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Buxgalteriya hisobi metodining ta’rifi, tarkibi, predmeti va metodining o‘zaro bog‘liqligi


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

1.8. Buxgalteriya hisobi metodining ta’rifi, tarkibi, predmeti va metodining o‘zaro bog‘liqligi 
Har qanday fanning predmeti va obektlarining mohiyatini bilishga mazkur fan metodining 
mazmunini bilish orqali yerishiladi.
Oldingi paragraf (1.7) da ta’riflanganidek, buxgalteriya hisobining predmeti deganda, mablag‘lar, 
manbalar va xo‘jalik jarayonlari hamda faoliyat natijalari tushunilsa, uning metodi predmetni qanday 
usullar va amallar yordamida o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.
Iqtisodiy fanlar qatorida buxgalteriya hisobining metodi faqat uning o‘ziga xos usullardan iborat 
bo‘lib, ular fan predmetining mohiyati va uning oldiga quyilgan vazifalar hamda talablardan kelib chiqadi
Buxgalteriya hisobi metodini tashkil etuvchi asosiy usullar (elementlar) quyidagilardan iborat: 
hujjatlashtirish va inventarizatsiya; baholash va kalkulyatsiya (mahsulotlar, bajarilgan ish va xizmatlar 
tannarxini aniqlash); schotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv; balans va hisobot. 
Buxgalteriya hisobi sodir bo‘layotgan xo‘jalik muomalalarini hujjatlarda uzluksiz va yoppasiga aks 
ettirishdan boshlanadi. Hujjatlashtirish – bu sodir bo‘lgan muomalani dastlabki ro‘yxatga olish usulidir. 
Hujjatlarda xo‘jalik muomalalarining mazmuni, ularning miqdori va sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks 
ettiriladi. Hujjatlarda aks ettirilgan xo‘jalik muomalalarining to‘g‘riligi uchun mas'ul shaxslar imzolari 
bilan tasdiqlanib, ularning dalillovchi kuchi ta'minlanadi.
Hujjatlashtirish – buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining aniqligi va ishonchliligini ta'minlay turib, 
mulklarning saqlanishini qat'iy nazorat qilish, tejamkorlikka rioya qilish va xo‘jalik faoliyati jarayonida 
Demak, buxgalteriya hisobining metodi mazkur fan predmetini o‘rganish uchun 
qo‘llaniladigan usullar (element) ning ilmiy asoslangan tizimiga aytiladi.  


mablag‘lardan maqsadli foydalanishning muhim shartidir. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari mavjud 
mablag‘lar bilan bir xil bo‘lmog‘i kyerak. Bunday bir xillikni ta'minlash uchun vaqti-vaqti bilan 
inventarizatsiya o‘tkazib turish kyerak. 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling