Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar va davr xarajatlari hisobi


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

20.3. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar va davr xarajatlari hisobi 
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi: 
- undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to‘lanmagan qarzlar 
va xo‘jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek 


yetkazilgan zararlarni undirish bo‘yicha daromadlar; 
- hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi foyda; 
- ishlab chiqarish va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan 
operatsiyalardan renta daromadi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar huzuridagi oshxonalardan tushumlar, 
yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi kirim qilingan boshqa daromadlar; 
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy fondlarini va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan 
daromadlar;
- da’vo muddati o‘tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan 
daromadlar; 
- tovar-moddiy boyliklarni qayta baholash;
- davlat subsidiyalaridan daromadlar;
- xolisona moliyaviy yordam;
- boshqa muomala daromadlari. 
Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 
9310-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda» 
9320-«Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda» 
9330-«Undirilgan jarima, boqimanda va burdsizliklar» 
9340-«O‘tgan yil foydasi» 
9350-«Operativ lizingdan olingan daromad» 
9360-«Kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar» 
9370-«Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning daromadlari» 
9380-«Qaytarilmaydigan moliyaviy yordam» 
9390-«Boshqa operatsion daromadlar». 
Ushbu schyotlar tranzit hisoblanadi. Yuqoridagi schyotlarning kredit oboroti foyda 
(daromad)ning ko‘payishini, debet oboroti esa ularning hisobdan chiqarilishini ko‘rsatadi. 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling