21.3. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xati
Moliyaviy hisobotga tushuntirishlar O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida»gi qonunining 16-moddasiga muvofiq yoziladi.
Moliyaviy hisobotga tushuntirishlarning asosiy maqsadi korxonaning moliyaviy ahvoli va
uning mahsulot, tovar, ish va xizmatlar bozoridagi o‘rni to‘g‘risida to‘liqroq axborotlar olish uchun
hisobot shakllarining mazmunini to‘ldirishdan iborat.
Ushbu vazifani amalga oshirish uchun hisobot davridagi va o‘tgan shu davrdagi ko‘rsatkichlar
taqqoslanuvchanligi, buxgalteriya balansi (1-shakl) va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot(2-
shakl)da umumiy summa bilan keltirilgan ayrim, eng muhim mulklar va majburiyatlarni turlarining
baholash uslublarini qo‘llashda yagonalikni ta'minlashdan iborat.
Buxgalteriya hisobini yuritishda u yoki bu qoidalar qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan vaqtdagi
faktlarni ko‘rsatish va tegishli asoslashlarni tushuntirish xatida keltirish zarur. Aks holda bunday
qoidalarni qo‘llash ushbu vaziyatni mazkur qoidalarni qo‘llashdan bosh tortish deb qaraladi va
korxona tomonidan buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi amal qilayotgan qonunchilikni buzish deb tan
olinadi.
Tushuntirish xatining mazmuni korxonaning joriy investision va moliyaviy faoliyatining
asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, jumladan korxona ixtiyorida qoladigan foydaning
taqsimlanishi yoki taqsimlanmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Hisob siyosatining
tovar-moddiy zaxiralarni baholash, ularning tayyorlanishi va ishlatilishi, asosiy vositalar va
nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash hamda ular faol qismidan foydalanishning
samaradorligini tahlil qilish, mahsulot (ish, xizmat) realizatsiya sidan olinadigan tushumlarni
hisoblash variantlari, yangi mahsulotlarni ishlab chiqishga doir turli investision loyihalarning
rejalashtirilish va amalga oshirilishi, uning sifatini yaxshilash va hokazolar bo‘yicha batafsil
ma’lumot beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |