Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
-rasm. Buxgalteriya hisobining funksiyalari
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
1.4-rasm. Buxgalteriya hisobining funksiyalari
1. Axborot (boshqaruv tizimini axborot bilan ta'minlash) funksiyasi. Buxgalteriya hisobining boshqaruv tizimi va bozor munosabatlarini rivojlantirishdagi asosiy funksiyalaridan biri axborot bilan ta'minlash funksiyasi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning hozirgi bosqichida o‘z vaqtida olinadigan haqqoniy iqtisodiy axborotlarning roli va ahamiyati kuchaymoqda. Buxgalteriya hisobi tizimi har xil boshqaruv obektlariga – korxona xizmatlari, uning bo‘linmalari menejyerlariga haqiqiy axborotlarni yetkazib beruvchi muhim manba bo‘lib, ular ushbu axborotlardan foydalangan holda tegishli boshqaruv qarorlarini ishlab chiqadilar va qabul qiladilar. Hisob-kitoblar ko‘rsatishicha, iqtisodiy axborotlar umumiy hajmining 70% idan oshig‘i buxgalteriya axborotlari ulushiga to‘g‘ri keladi. Aynan buxgalteriya hisobi tizimi korxona mablag‘lari va ular manbalarining ahvoli va harakati, xo‘jalik jarayonlari to‘g‘risida korxona moliyaviy natijalari to‘g‘risida umumlashgan (sintetik) va batafsil 1 O ‘ zbekiston Respublikasi qonuni “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida ”, 2-modda. 2 Shu erda Axborot funksiyasi Uzviy aloqa funksiyasi Nazorat funksiyasi Tahliliy funksiyasi Mulkning saqlanishini ta`minlash Buxgalteriya hisobining funksiyalari (analitik) axborotlarni aks ettiradi va to‘playdi. Buxgalteriya axborotlari opyerativ va statistik hisobda, rejalashtirishda, istiqbolni belgilash (prognozlash) da, korxona faoliyati taktikasi va strategiyasini ishlab chiqishda va boshqalarda keng qo‘llaniladi. Buxgalteriya hisobining axborot sig‘imi eng katta bo‘lgan uchastkalariga xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblar, tovar-moddiy zaxiralarini hisobga olish, ishlab chiqarish xarajatlari hisobi, tayyor mahsulotlar va ularni sotishni hisobga olish kabilar misol bo‘ladi. Masalan, xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblarni hisobga olishga doir axborotlar jami hisob axborotlarining 25-30 foizini tashkil etadi. Shu tufayli hisob-kitoblar, mehnat va ish haqini tahlil qilish hamda mehnat resurslarini boshqarish uchun yetarli axborot bazasi yaratilgan. Quyilgan maqsad, hal etiladigan vazifalar doirasi axborotdan foydalanuvchi bo‘linmalar, boshqariladigan obekt darajasiga ko‘ra hisob va tahliliy axborotlarni ularning eng yuqori va eng past qismlarga bo‘lish zarur. Har bir axborot turini boshqaruv obektlari va berish muddatlari bo‘yicha tabaqalashtirish kyerak. Axborotlar davriyligi ham turlicha bo‘lishi mumkin: smena, sutka, hafta, dekada, oy, chorak va boshqalar. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling